Xusinova Shahodat Xo‘sin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida laqablarning lingvomadaniy xususiyatlari, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Fil5829.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Zoxid Otaboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12. Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Xurshida Marselovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi laqablarning lingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma asosda tizimli tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi laqablarning kelib chiqish manbalari va tarqalish omillari qiyosiy asosda tasniflanib, hududiy, ijtimoiy-madaniy, tarixiy omillarning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda laqablarni yakka va jamoaviy turlarga ajratish mezonlari dalillangan;
laqablarning struktur-morfologik va semantik xususiyatlari qiyosiy asosda aniqlanib, ularning shakllanishida onomastik konversiya, affiksatsiya, kompozisiya va abbrevatsiya kabi usullarning qo‘llanish xususiyatlari hamda laqablarning semantik mazmunida ijobiy va salbiy konnotatsiya, ramziy ma’no kabi qatlamlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari asoslangan;
laqablarning sport, siyosiy va badiiy diskurslarda qo‘llanilishining funksional-diskursiv xususiyatlari aniqlanib, ularning atash, farqlash, baholash, timsol yaratish, satira va yumor kabi funksiyalari hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatlari isbotlangan;
laqablarning metaforik qo‘llanilishida predmet, somatik, fitomorf va zoomorf kabi kodlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda laqablarda gender, zamon, makon va yoshga oid omillarning aks etishi aniqlanib, ularning milliy-madaniy qadriyatlar, tarixiy xotira, ijtimoiy tajriba va shaxsga nisbatan baholovchi munosabatni ifodalash xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida laqablarning lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish yuzasidan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi laqablarning kelib chiqish manbalari va tarqalish omillari qiyosiy asosda tasniflanib, hududiy, ijtimoiy-madaniy, tarixiy omillarning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda laqablarni yakka va jamoaviy turlarga ajratish mezonlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023 – 2025-yillarda bajarilgan IL-27- 4722022413-son “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 27-oktabrdagi 04-04-1/6273-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron platformaning mazmuniy bazasi qiyosiy tilshunoslikka oid yangi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
laqablarning struktur-morfologik va semantik xususiyatlari qiyosiy asosda aniqlanib, ularning shakllanishida onomastik konversiya, affiksatsiya, kompozisiya va abbrevatsiya kabi usullarning qo‘llanish xususiyatlari hamda laqablarning semantik mazmunida ijobiy va salbiy konnotatsiya, ramziy ma’no kabi qatlamlarning namoyon bo‘lish xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021–2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzulishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 21-oktabrdagi 640/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi ilmiy tadqiqotlar laqablarning struktur-morfologik va semantik xususiyatlarini yorituvchi yangi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
laqablarning sport, siyosiy va badiiy diskurslarda qo‘llanilishining funksional-diskursiv xususiyatlari aniqlanib, ularning atash, farqlash, baholash, timsol yaratish, satira va yumor kabi funksiyalari hamda kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan 2025-yil 15 aprel kuni efirga uzatilgan “Najot-Bilimda” eshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 22-apreldagi 256-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish mazmuni yangi ilmiy materiallar va asoslangan dalillar bilan boyitilib, tinglovchilarning mavzu yuzasidan bilimlarini oshirishga erishilgan;
laqablarning metaforik qo‘llanilishida predmet, somatik, fitomorf va zoomorf kabi kodlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda laqablarda gender, zamon, makon va yoshga oid omillarning aks etishi aniqlanib, ularning milliy-madaniy qadriyatlar, tarixiy xotira, ijtimoiy tajriba va shaxsga nisbatan baholovchi munosabatni ifodalash xususiyatlariga oid xulosalardan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxonasi tomonidan ishlab chiqilgan 2020-2025-yillarda kitobxonlik va madaniyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi asosida amalga oshirilgan “Til va tafakkur” loyihasi doirasida foydalanilgan (01-02/70-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar laqablarning xalq madaniy tafakkuridagi o‘rni va milliy-madaniy mazmunini yorituvchi ilmiy xulosalar bilan boyitilib, kitobxonlarning mavzuga oid bilim va tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.