Barnoev Orifjon Dilshod o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va ingliz tillarida bir bosh bo‘lakli gaplarning qiyosiy-tipologik tadqiqi: strukturaviy-semantik va funksional-stilistik aspektlar”, 10.00.13. – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6780.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ruzieva Zilola Mustafaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va ingliz tillaridagi bir bosh bo‘lakli gaplarning strukturaviy, semantik hamda funksional-stilistik xususiyatlarini ochib beruvchi qiyosiy-tipologik tadqiqni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili lingvistik an’anasida bir bosh bo‘laklik kategoriyasi talqinining o‘ziga xosligi rus tilshunosligi maktabi bilan qiyoslagan holda aniqlandi va nazariy jihatdan asoslangan, bu esa ushbu hodisa talqinidagi terminologik tafovutlarni bartaraf etish imkonini bergan;    
tillararo qiyoslashga moslashtirilgan hamda ularning strukturaviy-grammatik xususiyatlarini hisobga oluvchi bir bosh bo‘lakli gaplar tasnifi ishlab chiqilgan va “ruscha-inglizcha” juftligida tillararo transformatsiyalar modeli shakllantirilgan;    
rus va ingliz tillaridagi bir bosh bo‘lakli gaplarning grammatik tuzilishidagi izomorf va allomorf munosabatlarni aks ettiruvchi tipologik jihatdan ahamiyatli strukturaviy-semantik xarakteristikalari aniqlangan;
turli diskurs tiplarida bir bosh bo‘lakli gaplarning faoliyat yuritish  qonuniyatlari belgilandi, bu esa ularning diskursiv distribusiyasi, kommunikativ funksiyalari va ekspressiv xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va ingliz tillarida bir bosh bo‘lakli gaplarning qiyosiy-tipologik tadqiqi: strukturaviy-semantik va funksional-stilistik xususiyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
bir bosh bo‘lakli gaplarning og‘zaki, publisistik va badiiy nutqdagi vazifalari tahlil qilinib, ularning rus va ingliz til madaniyatlarida qo‘llanish chastotasi (qisman) aniqlash borasidagi nazariy fikr va xulosalaridan PF-201912258-raqamli “O’zbek adabiyotining ko‘p tilli (o’zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzsidagi innovatsion loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-dekabrdagi №04/1-4960-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotimizdagi bir qator ilmiy-uslubiy qoidalar mazkur loyihaning ilmiy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan;
rus va ingliz tilshunosligi an’analarida bir bosh bo‘lakli gaplarning o‘rganish bosqichlari, asosiy ilmiy yondashuvlar, tillararo qiyoslashga moslashtirilgan bir bosh bo‘lakli gaplar tasnifi va ularninig turli vazifaviy uslublarda qo‘llanish qonuniyatlariga doir ilmiy-nazariy tahlillar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi Navoiy viloyati “Durdona” ayollar va bolalar psixologik markazining 46-09/64-son “Mustahkam farovon oiladan gullab-yashnayotgan davlat sari” nomli loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Navoiy viloyati “Durdona” ayollar va bolalar psixologik markazining 2025-yil 11-dekabrdagi №27-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh bo‘lakli gaplarning ma’no yuklamasi va uslubiy vazifalarini qiyosiy o‘rganish orqali turli til va madaniyatlarda fikr ifodalashning o‘xshash va farqli jihatlarini anglash, bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga nazariy asos yaratilgan;
ikki tilda bir bosh bo‘lakli gaplarning o‘rganish tarixi, rus va ingliz tillaridagi tipologik jihatdan muhim strukturaviy-semantik xususiyatlar, turli vazifaviy uslublarda bir bosh bo‘lakli gaplardan foydalanishning kommunikativ vazifalari va ekspressiv o‘ziga xosliklariga doir xulosalardan Navoiy teleradiokompaniyasining “Ta’lim islohoti”, “Diyor – 24” maxsus ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 12.11.2025 yildagi 109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarda rus va ingliz tillaridagi bir bosh bo‘lakli gaplarni qiyosiy-tipologik tadqiq etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va metodologik tavsiyalar ilgari surilib, ko‘rsatuv ssenariylarning mazmuni va ularning ta’limiy salohiyati boyitishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish