Xujanazarova Nozima Omonjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida talabalarning tarjima malakasini rivojlantirish metodikasi (Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped9536
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Yakubbaev Murodilla Marufovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Umurzakova Dilfuza Ilxomovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim muhitida talabalarning yozma tarjima malakasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim muhitida talabalarning yozma tarjima malakasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari konstruktivistik va kompetensiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirildi; bunda tarjima malakasining lingvistik, tarjimashunoslik, texnologik, pedagogik-psixologik va sotsiomadaniy komponentlari hamda kasbga yo‘naltirilgan terminologik kompetensiyaning havaskorlik, o‘rta professional, etuk professional va ekspert bosqichlaridagi rivojlanish mezonlari va xususiyatlari ochib berilgan;
bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlashda an’anaviy “mahsulotga yo‘naltirilgan” yondashuvdan farqli ravishda, talabaning kognitiv tajribasi va tarjima qarorlarini tahlil qilishi va dalillashiga asoslangan “jarayonga yo‘naltirilgan” yondashuvning konseptual asosi umumdidaktik, maxsus metodik va raqamli-didaktik tamoyillar integratsiyasi asosida xatolarni vizual tasniflash, ularning sabablarini metakognitiv tahlil qilish va muqobil tarjima echimini asoslash mexanizmlari bilan boyitilib takomillashtirilgan;
zamonaviy tarjima va ta’lim vositalari (CAT-dasturlar, korpus menejerlari, onlayn konkordanserlar, Padlet, Quizlet)ni auditoriya va mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash modeli ularning didaktik funksiyalari, metodik imkoniyatlari va texnologik cheklovlarini hisobga olish, mashina tarjimasini post-tahrir qilish kompetensiyasini shakllantirish hamda auditoriya, mustaqil ta’lim va jamoaviy loyiha faoliyatining o‘zaro integratsiyasi asosida diagnostik, nazariy-konseptual, amaliy-kommunikativ va natijaviy bosqichlardan iborat tizimli tuzilma sifatida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida talabalarning kasbga yo‘naltirilgan terminologik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yaxlit metodik tizim diagnostik, nazariy-konseptual, tashkiliy-mazmunli va natijaviy bosqichlarning integratsiyasi asosida, ko‘p tilli va ko‘p manbali “Sohaviy tarjima platformasi” elektron bazasi, mualliflik “Integrativ tarjima” metodi hamda terminologik aniqlik, uslubiy moslik, kontekstual adekvatlik va raqamli tarjima vositalaridan foydalanish kompetensiyasini baholash mezonlarini o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. raqamli ta’lim muhitida talabalarning tarjima malakasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
raqamli ta’lim muhitida talabalarning yozma tarjima malakasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslarini konstruktivistik va kompetensiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida takomillashtirish, tarjima malakasining lingvistik, tarjimashunoslik, texnologik, pedagogik-psixologik va sotsiomadaniy komponentlarini hamda kasbga yo‘naltirilgan terminologik kompetensiyaning havaskorlik, o‘rta professional, etuk professional va ekspert bosqichlaridagi rivojlanish mezonlari va xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha ilmiy-metodik taklif va tavsiyalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi - o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihaning 2023-2024-yillardagi bosqichida loyihaning dasturiy vositasiga kiritiladigan sohaviy terminologik birliklarni tanlash va ularni foydalanuvchining tayyorgarlik darajasiga muvofiq tizimlashtirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 13-maydagi 01/4-2563-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni raqamli ta’lim muhitida sohaviy matnlarni yozma tarjima qilishga o‘rgatish jarayonida qo‘llashga mo‘ljallangan aniq metodik tavsiyalar to‘plami ishlab chiqilgan hamda o‘quv mazmunini tarjima malakasining rivojlanish bosqichlariga muvofiq differensial loyihalashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlashda an’anaviy “mahsulotga yo‘naltirilgan” yondashuvdan farqli ravishda, talabaning kognitiv tajribasi va tarjima qarorlarini tahlil qilishi va dalillashiga asoslangan “jarayonga yo‘naltirilgan” yondashuvning konseptual asosini umumdidaktik, maxsus metodik va raqamli-didaktik tamoyillar integratsiyasi asosida xatolarni vizual tasniflash, ularning sabablarini metakognitiv tahlil qilish va muqobil tarjima echimini asoslash mexanizmlari bilan boyitib takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida 2024–2025-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ mobility project “Project n. 2024-1-EL01-KA171-HED-000225947 between Hellenic Mediterranean University in Crete, Greece and Namangan State Institute of Foreign Languages”” loyihasi materiallarini ishlab chiqish va boyitishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining Erasmus+ 2024-1-EL01-KA171-HED-000225947 loyihasi koordinatori tomonidan berilgan 2026-yil 12-maydagi KA171-1EL01 HMU/NamSIFL-0001/1-son ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak tarjimonlarning tarjima jarayonini ongli tahlil qilish, o‘z tarjima qarorlarini dalillash va xatolarini mustaqil aniqlab tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik materiallar yaratilgan;
zamonaviy tarjima va ta’lim vositalari (CAT-dasturlar, korpus menejerlari, onlayn konkordanserlar, Padlet, Quizlet)ni o‘quv jarayoniga integratsiyalash modeli ularning mazmuni, vazifalari, imkoniyatlari va cheklovlarini ochib berish, mashina tarjimasini post-tahrir qilishni o‘qitishning tarkibiy qismiga aylantirish hamda auditoriya, mustaqil ta’lim va jamoaviy loyiha shakllarini qamrab olish asosida to‘rt (diagnostik, nazariy-konseptual, amaliy-kommunikativ va natijaviy) bosqichli tuzilmada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-26 yillarda “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Virtual dunyo” dastur va ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” 2026-yil 23-yanvardagi 05-09-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, matnlarni tarjima qilishda eng ko‘p uchraydigan va dolzarb bo‘lgan fundamental terminlardan iborat, ko‘p tilli va ko‘p manbali “Sohaviy tarjima platformasi” elektron bazasi ishlab chiqildi;
raqamli ta’lim muhitida sohaviy matnlarni yozma tarjima qilishni o‘rgatishga mo‘ljallangan yaxlit metodik tizimni diagnostik, nazariy-konseptual, tashkiliy-mazmunli va natijaviy bosqichlar uyg‘unligida, ko‘p tilli va ko‘p manbali “Sohaviy tarjima platformasi” elektron bazasi, mualliflik “Integrativ tarjima” metodi hamda terminologik aniqlik, uslubiy moslik, kontekstual idrok va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mezonlariga asoslangan diagnostik vositalarni birlashtirish hisobiga ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan 2025–2026-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ mobility project “Project n. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa University and Namangan State Institute of Foreign Languages”” loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining Erasmus+ KA171-HED-000209878 loyihasi koordinatori tomonidan berilgan 2026-yil 6-apreldagi KA171-UNIPI/NamSIFL-0022-son ma’lumotnoma). Natijada, tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabalarining sohaviy matnlar tarjimasida terminologik aniqlik, uslubiy moslik, kontekstual idrok va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish