Matkarimov Davronbek Matyakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy hisob va hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish”, 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt116.
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moliyaviy hisob va hisobotning tarkibiy tuzilishini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilishni kiritish asosida aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatining takomillashtirilgan shakli ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida foydalanilayotgan, to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy qiymati bo‘yicha qayta baholanib, foydali xizmat muddati aniqlanib, kelgusida foydalanilishini buxgalteriya hisobida aks ettirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida tovar moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadigan aktivlar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy qiymati va balans qiymatining eng pasti bo‘yicha baholash taklif qilingan;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl)ning “operatsion faoliyat”, “investision faoliyat” va “moliyaviy faoliyat” nomli bo‘limlarining tarkibi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisob va hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga transformatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan hisob siyosati “Minora qurish ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyati, “Neft va gaz quduqlarini sinash” aksiyadorlik jamiyati va “Qashqadaryo Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Minora qurish ekspeditsiyasi” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 03/BK-165-son, “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 275/5-son va “Qashqadaryo Dori-darmon” AJning 2018 yil 7 fevraldagi 03-01/63-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyadan foydalanish natijasida buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga transformatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatilarida foydalanilayotgan, eskirish summasi to‘liq hisoblangan asosiy vositalarni (asosan, burg‘ulash minoralari) haqqoniy qiymati bo‘yicha qayta baholab, foydali xizmat muddati aniqlanib, buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi bo‘yicha takliflari “Minora qurish ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyati va “Neft va gaz quduqlarini sinash” aksiyadorlik jamiyati amaliyotida joriy qilingan (“Minora qurish ekspeditsiyasi” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 03/BK-165-son va “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 275/5-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy hisobotlarida aks ettirilayotgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati “Minora qurish ekspeditsiyasi” AJda 14 898 720,8 ming so‘mga va “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJda 22 553 681,9 ming so‘mga oshirishga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatilarida tovar moddiy zaxiralar sifatida tasniflanadigan aktivlar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy qiymati va balans qiymatining eng pasti bo‘yicha baholash bo‘yicha takliflari “Minora qurish ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyati va “Neft va gaz quduqlarini sinash” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Minora qurish ekspeditsiyasi” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 03/BK-165-son va “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJning 2018 yil 8 fevraldagi 275/5-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy hisobotlarida aks ettirilayotgan tovar moddiy zaxiralar qiymati “Minora qurish ekspeditsiyasi” AJda 37 923,85 ming so‘mga va “Neft va gaz quduqlarini sinash” AJda 1 138 884,87 ming so‘mga kamayishiga erishilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar talabidan kelib chiqib, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl)ning “operatsion faoliyat”, “investision faoliyat” va “moliyaviy faoliyat” nomli bo‘limlarining tarkibi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirilgan tarkibiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirishda foydalanilgan (Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasining 2012 yil 6 iyundagi 12/12-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning har bir faoliyat turi bo‘yicha (operatsion, investision va moliyaviy faoliyat) aniq ifoda etish imkonini bergan.