Karimova Gavhar Qudratilla qizining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tarkibi va mazmunini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped106.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaeva El`zara Reshatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Vaxobov Ma’ruf Malikovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tarkibi va mazmunini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining pedagogik monitoringi mazmuni o‘quvchining sub’ektiv rivojlanish traektoriyasini va faoliyatini loyihalash hamda bashoratlash asosida aniqlashtirilgan;
an’anaviy va innovatsion baholash tizimining optimalligini ta’minlashda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini pedagogik monitoring qilish modeli ishlab chiqilgan hamda diagnostik komponentlari takomillashtirilgan;
pedagogik monitoring texnologiyasi o‘qitish sifatini baholashning edukologik komponentini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti bilan  qayta aloqasining intensiv tashkil etilishi  asosida takomillashtirilgan;
pedagogik monitoringning tashkiliy shart-sharoitlari asosida kvalimetrik tadbirlarni tashkil etish, axborotlarni tizimlashtirish jarayonida praksiologik munosabatning konstruktivligi bilan bevosita aloqadorligini abstrakt dalillash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tarkibi va mazmunini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring modeli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoringni amalga oshirish tizimi va texnologiyalarni takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 martdagi 01-02/2-2-81-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tarkibi va mazmunini takomillashtirishda ishlab chiqilgan texnologiyalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 16 sentyabrdagi “2017–¬2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 martdagi 01-02/2-2-81-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoringni tatbiq etish sifati va samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish