Axmedov Javoxir Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorijiy investisiyalarni jalb etishning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi (O‘zbekiston farmatsevtika sanoati misolida)», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Iqt416.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Egamqul Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston farmatsevtika sanoatiga xorijiy investisiyalarni jalb etishning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy investisiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslubi farmatsevtika sanoatiga investisiyalarni jalb etish jarayonida boy berilgan imkoniyatlarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
farmatsevtika sanoatiga jalb etilgan xorijiy investisiyalarning texnologik jihatdan optimal va amaldagi tarkibiy tuzilmalari o‘rtasidagi muvofiqlik darajasini baholash usuli taklif etilgan;
farmatsevtika sanoatiga xorijiy investisiyalarni jalb etish xorijiy investisiyalarni kiritishning «milliy iqtisodiyot – tarmoq» formatidan ustuvorlikni «milliy iqtisodiyot – tarmoq – hudud» formatiga kengaytirish asosida takomillash-tirilgan;
milliy va xorijiy banklar hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan kredit liniyalarining o‘zlashtirilmay qolgan qoldig‘i asosida investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorijiy investisiyalarni jalb etishning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
farmatsevtika sanoatiga xorijiy investisiyalarni jalb etish iqtisodiy samaradorligini baholashning dastlabki, tashkiliy-amaliy, uslubiy hisob-kitob va yakuniy bosqich chora-tadbirlaridan iborat algoritmidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 1 martdagi 25-11/597-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika tarmog‘iga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini aniq tizimli baholash imkonini bergan;
farmatsevtika sanoatiga xorijiy investisiyalarni jalb etish iqtisodiy samaradorligini baholashning maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi asosiy tamoyillaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 1 martdagi 25-11/597-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika tarmog‘iga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashning asosiy jihatlarni inobatga olish hamda maqsadga muvofiqligini ta’minlash imkonini bergan;
farmatsevtika sanoati kesimida o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan xorijiy investisiyalarni jalb etish dasturlarni ishlab chiqishda eng muhim prinsiplarga asoslangan xorijiy investisiyalarni maqsadli jalb etish mexanizmidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 1 martdagi 25-11/597-son ma’lumotnomasi). Natijada farmatsevtika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish sezilarli darajada oshib, ko‘zlagan maqsadlar bilan uni jalb etuvchilar maqsadlari ustuvorligining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkonini bergan;
milliy va xorijiy banklar hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb etilgan kredit liniyalari to‘g‘risida muntazam axborot berib turilishini ta’minlash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 1 martdagi 25-11/597-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga xorijiy investisiyalarni jalb etish jarayonlarini yanada kengaytirish imkonini bergan.