Sirojiddinova Xiromon Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anamnezida homila ichi infeksiyalanishiga chalingan tez-tez kasallanuvchi bolalar respirator kasalliklarining immunokorreksiyali terapiyasi», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib428.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Muxiba Nigmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anamnezida homila ichi infeksiyalanishiga chalingan tez-tez kasallanuvchi bolalar respirator kasalliklarining immunokorreksiyali terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qon zardobida IgG va AIK miqdorlari ortishiga bog‘liq holda komplement miqdorining keskin kamayishi homila ichi infeksiyalanishining dalolati ekanligi isbotlangan;
ilk bor tez-tez kasallanuvchi bolalar zardob bakteriostatik faolligi (FF, FI, FT) ko‘rsatkichlari miqdorlarining proporsional kamayishi qon zardobining eng past darajali eritmalari aniqlangan;
tez-tez kasallanuvchi bolalar respirator kasalliklarida spesifik (IgA, IgM), nospesifik (FF darajasi) va antitoksik (stafilokokkli antitoksin) immunitet ko‘rsatkichlarining ishonarli kamayishi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor homila ichi infeksiyalanishida chaqaloqlar hamda ularning onalaridan ajratilgan Staphylococcus aureusni I (29, 52A, 79, 80) va III (6,75, 42E, 85, 83A) guruhli fagotiplarining o‘zaro mos kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anamnezida homila ichi infeksiyalanishiga chalingan, tez-tez kasallanuvchi bolalar respirator kasalliklarining immunokorreksiyali terapiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda nafas yo‘llari kasalliklarini davolash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (№IAP 05601, 04.05.2018y.) olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-z/74-son ma’lumotnomasi). Mazkur ixtiroga patentda taklif qilingan usulda davolash respirator kasalliklar bilan xastalanuvchi bolalarni o‘z vaqtida davolashga va kasallik asoratlarining oldini olishga xizmat qilgan;
tez-tez respirator kasalliklar bilan xastalangan bolalarni immunkorreksiyali terapiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-z/74-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar respirator kasalliklar bilan bemor bolalarda tashxislash va yangi immunokorregirlovchi davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ularni tibbiy yordamga murojaatlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish