Lim Maksim Vyacheslavovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarda bronxoobstruktiv sindromini davolash taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib395.
Ilmiy rahbar: Shavazi Nurali Muxammad o‘gli, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta yoshdagi bolalarda bronxoobstruktiv sindromning diagnostikasini takomillashtirish orqali davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davolangan bolalarning nozologik strukturasida pnevmokokkga qarshi vaksinatsiya o‘tkazish xisobiga virusli o‘tkir obstruktiv bronxit va o‘tkir bronxiolit kasalliklarining uchrash maromida o‘sish aniqlangan;
o‘tkir bronxiolit va o‘tkir obstruktiv bronxit rivojlanishida yetakchi etiologik omil sifatida respirator-sintisial virusli infeksiya ishtiroki isbotlangan;
bolalarda bronxial obstruksiya darajasini aniqlashda nafas chiqarish vaqtining nafas olish davomiyligiga bo‘lgan nisbat ko‘rsatkichining diagnostik ahamiyati aniqlangan;
bronxial obstruksiya darajasini tashxislash usulini takomillashtirish natijasida bolalarda bronxoobstruktiv sindrom oqibatlarni prognostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxoobstruktiv sindrom bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarni diagnostikalash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Erta yoshdagi bolalarda bronxial obstruksiya sindromini davolashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 avgustdagi 8n-r/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta yoshdagi bolalarda o‘tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitlarni davolashni takomillashtirishga imkon yaratgan;
«Erta yoshdagi bolalarda bronxial obstruksiya sindromining diagnostikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 avgustdagi 8n-r/114-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif etilgan tavsiyanoma o‘tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda diagnostik usullarni takomillashtirishga imkon bergan;
erta yoshdagi bolalarda bronxoobstruktiv sindromini davolash taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali va Samarqand viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 8n-d/28-son ma’lumotnomasi). Sog‘liqni saqlash amaliyotiga natijalarning joriy qilinishi yutal ko‘rsatqichlarini 0,83 va 0,77 ballga, balg‘am ko‘rsatgichlarini 0,63 va 0,67 ballga yaxshilagan, oksigenoterapiya davomiyligini 1,3 va 1,4 kunga, hamda o‘tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit bilan og‘rigan bemorlarda statsionarda davolanish muddatlarini 1,6 va 1,7 yotoq kungacha kamaytirgan.