Raxmatova Sanobar Nizamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebrovaskulyar kasalliklar kechishida uchraydigan kognitiv buzilishlarni jinsga va yoshga bog‘liqligining o‘ziga xosligi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib400.
Ilmiy rahbar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchehra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinsiy dimorfizm aspektida surunkali miya ishemiyasi bor bemorlarda kognitiv buzilishlarning kliniko-nevrologik va neyropsixologik xususiyatlarini, kasallik kechishi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jinsiy dimorfizm va genderni hisobga olgan holda DEda kognitiv buzilishlarning sifat-miqdoriy farqi aniqlangan;
DE bilan kasallangan erkak va ayollarda nevrologik, kognitiv, psixoemotsional buzilishlarning kliniko-nevrologik va neyrofiziologik xususiyatlarining nomutanosibligi aniqlangan;
serebrovaskulyar kasalliklari bor bemorlarda gender farqni hisobga olgan holda miya to‘qimasidagi o‘zgarishlar kognitiv buzilishlar hamda statiko-lokomotor buzilishlar bilan mutanosibligi isbotlangan;
DEsi bor erkak va ayollardagi kognitiv hamda psixomotor buzilishlarni davolash va profilaktikasiga differensial yondashuv nevrologik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Serebrovaskulyar kasalliklarda uchraydigan kognitiv buzilishlar kechishining jinsga va yoshga bog‘liqligini aniqlash va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Serebrovaskulyar kasalliklarni jinsga bog‘liqligini aniqlashda va optimallashtirilgan davoni qo‘llashda moslashtirilgan psixologik test» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 maydagi 8n-d/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erkak va ayollarda dissirkulyator ensefalopatiyada kognitiv buzilishlarni erta aniqlash, neyropsixologik testlar o‘tkazish va profilaktik chora-tadbirlarni mukammallashtirish imkonini yaratgan;
dissirkulyator ensefalopatiyada kognitiv buzilishlarning erkak va ayollarda klinik-patogenetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika kasalxonasi va Buxoro viloyati Kogon shahri tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/131-son ma’lumotnomasi). Natijada dissirkulyator ensefalopatiyada kognitiv buzilishlarni erta tashxislash, kognitiv buzilishlarni demensiya holatiga o‘tib ketmasligining oldini olish, davolash samaradorligini 25% ga oshirish, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.