Azizova Dilzoda Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental ateroskleroz rivojlanishining molekulyar mexanizmlariga Biomaysaning ta’siri», 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib603.
Ilmiy rahbar: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribadagi ateroskleroz rivojlanishiga Biomaysa ta’sirining molekulyar mexanizmlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy giperxolesterinemiya rivojlanishida lipoproteinlar xolesterini va atorogen apolipoproteinlar miqdorining me’yoriy darajaga pasayishiga Biomaysaning korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;
tajribaviy giperxolesterinemiya rivojlanishining dinamikasida qonning to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining tarkibiy o‘zgarishiga Biomaysaning ta’sir mexanizmi isbotlangan;
tajribaviy giperxolesterinemiya va Biomaysa bilan korreksiyalashda V apoprotein va trigliseridlar miqdori orasidagi nisbat ko‘rsatkichning tizimli bog‘liqligi asoslangan;
tajribaviy giperxolesterinemiya rivojlanishida Biomaysa biologik faol qo‘shimchasining gepatoprotektorlik ta’sir mexanizmining morfologik o‘zgarishlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy giperxolesterinemiya rivojlanishining mexanizmlariga Biomaysaning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yog‘ kislotlar miqdori o‘zgarishini hisobga olgan holda giperlipidemiyani korreksiya qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma giperlipidemiyada yog‘ kislotalarining miqdor o‘zgarishlar ahamiyatini hisobga olgan holda kasallikni tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
eksperimental ateroskleroz rivojlanishining molekulyar mexanizmlariga Biomaysaning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent farmatsevtika institutlari markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining fundamental tadqiqotlarni rejalashtirish amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyundagi 8n-z/115-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi ateroskleroz bilan xastalangan bemorlar hayot sifatini yaxshilash va samarali  davolash usullarini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish