Xoliqov Abduvali Jonizoqovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p komponentli metallar korroziyasi ingibitorlari va antikorrozion qoplamalarning fizik-kimyoviy xossalari» 02.00.04–fizik kimyo (kimyo fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.K62
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07.2013.K.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sharipov Xasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori; Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Po‘lat korroziyasiga N-, P- tutgan ko‘p komponentli ingibitorlar va antikorrozion qoplamalar ta’sirining fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ko‘p komponentli ingibitorlar va korroziyaga bardoshli qoplamalar yangi avlodining himoyalash mexanizmi hamda ularni o‘z-o‘zicha tartiblanuvchan sirt qavatlari hosil qilishi aniqlangan;
komponentli ingibitorlarning xususiyatlari ularning metall yuzasida yuqori adsorbsiyalanish qobiliyatiga ega ekani natijasida po‘lat vodorodlanishining sezilarli darajada sekinlashishiga olib kelishi bilan asoslangan;
aralash ingibitorlarda elektrod sirtining to‘lish darajasi, erish tezligi, adsorbsion muvozanat konstantasi va komponentlarning o‘zaro ta’sirlashuv koeffisientlari aniqlangan;
sinergizm hodisasi yuqori molekulali birikmalar ishtirokida quyi molekulali alifatik aminlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan, bu esa turli kimyoviy tabiatli ingibitorlarning ta’sir mexanizmlari farqi bilan tushuntirilgan;
zanglagan sirtlarni gossipol smolasi asosidagi qoplamalar bilan ishlash natijasida hosil bo‘lgan korroziya mahsulotlari metallar parchalanishi jarayonini sekinlashtiruvchi qiyin eriydigan barqaror birikmalarga aylanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan ko‘p komponentli ingibitorlar va gossipol asosidagi korroziyaga bardoshli qoplamalar «Navoiyazot» AJ ning aylanma suv sistemalarida metallar korroziyasiga qarshi joriy etilgan («Navoiyazot» AJ ning 2015 yil 1 maydagi 749- son va 2015 yil 4 iyundagi joriy etish to‘g‘risida 03/4303-son ma’lumotnomalari). Bunda ko‘p komponentli ingibitorlarning himoyalash samarasi import ingibitorlariga nisbatan 5% yuqori bo‘lishiga hamda metallar korroziyasini 97,63% gacha kamaytirishga erishilgan.