Axtamov Jushqin Shodmon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nikel, kobalt, marganes asosidagi sulfidli va oksidli minerallarning yuqori temperaturadagi magnit va elektr xossalari”, 01.04.09 – Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1425
Ilmiy rahbar: Shodiev Zokir Mirtozaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.FM.09.05.M
Rasmiy opponentlar: Sharipov Mirzo Zokirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshqulov Abdug‘ani Abaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nikel, kobalt va marganes asosidagi sulfidli hamda oksidli minerallarning magnit va elektr xossalarining yuqori temperaturalarda o‘zgarish mexanizmlarini kompleks eksperimental tadqiqotlar hamda ularning elektron tuzilmasini kvant-mexanik modellashtirish asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ni, Co va Mn asosidagi sulfidli hamda oksidli minerallarning yuqori temperaturadagi magnit qabul qiluvchanligi, elektr va termoelektrik xossalari hamda elektron strukturasi kompleks tarzda eksperimental va nazariy usullar asosida tadqiq qilinib, ularning xossalarini belgilovchi asosiy omillar —3d-metall ionlarining elektron holati, almashinuv o‘zaro ta’sirlari va temperatura ta’sirida yuzaga keladigan strukturaviy hamda termik o‘zgarishlar ekanligi aniqlangan;
ilk bor kobaltodolomitning 650–790 K temperatura oralig‘ida termik dissotsiatsiya jarayonlari bilan bog‘liq magnit qabul qiluvchanlik anomaliyalari tajribada aniqlanib, batafsil tavsiflandi. Mazkur anomaliyalar antiferromagnit tartiblanishni namoyon etuvchi oksid fazasining hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
gausmannit (Mn₃O₄) mineralining yuqori termoelektrik xossasi nazariy hisoblashda aniqlandi. Zeebek koeffitsientini o‘lchash natijalari asosida ushbu mineral birikmadan o‘rta temperatura diapazonida ishlaydigan termoelektrik sistemalarning asosiy komponenti sifatida foydalanish istiqbollari ko‘rsatilgan;
Ni, Co va Mn asosidagi sulfidli hamda oksidli minerallarning yuqori temperaturadagi magnit qabul qiluvchanligi χ(T) bo‘yicha bazaviy ma’lumotlar shakllantirilib, ulardan metall rudalarini qidirishga mo‘ljallangan geofizik qurilmalarning o‘lchash diapazoni va aniqlik darajasini oshirishda foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan;
elektr o‘tkazuvchanlikning σ(T) bog‘lanishini eksperimental o‘rganish va DFT+U doirasidagi kvant-mexanik hisoblashlarni birlashtirgan kompleks yondashuv asosida pentlanditning metallik o‘tkazuvchanligi tasdiqlandi. Tajribaviy elektr o‘tkazuvchanlik σ(T) va hisoblangan σ/τ(T) kattaligining temperaturaga bog‘liqligi sifat jihatdan yaxshi mos kelishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gausmannit (Mn₃O₄), pentlandit ((Fe,Ni)₉S₈) va alabandit (MnS) minerallarining elektron va termoelektrik xossalarini Quantum ESPRESSO va BoltzTraP2 dasturlarida hisoblash natijalari IL-4821091667-sonli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti, 2026-yil 3-iyundagi №04/11-13117-son ma’lumotnoma). Natijalar oksid betartib materiallarning elektr va termoelektrik xossalarini hamda dielektrik–metall o‘tish mexanizmlarini tahlil qilishda qo‘llanilgan.
Kobaltodolomit, gausmannit va pentlandit minerallarining magnit va elektr xossalarini eksperimental hamda DFT+U usullarida aniqlash natijalari AL-202102215-sonli O‘zbekiston–Turkiya qo‘shma amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universiteti, 2026-yil 1-iyundagi №04-22-1070-son ma’lumotnoma). Natijalar magnit nanoklasterlarning xossalarini modellashtirish va optimal parametrlarini aniqlashda qo‘llanilgan.