Urinov Farrux Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlardagi tizimli yallig‘lanish reaksiya sindromida taloqning morfologik va morfometrik xususiyatlari», 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib281.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nishonov Doniyor Anorboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromi va neonatal sepsis kasalliklaridan nobud bo‘lgan chaqaloqlar talog‘ining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazorat guruhi sifatida bosh miya jarohati bilan tug‘ilib nobud bo‘lgan chaqaloqlar talog‘ining me’yoriy morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari, arteriyalarning asosiy tarmog‘i trabekulalar orqali qizil pul`pa va marginal maydonda bir tolasi periarterial maydonga ikkinchisi sinusoidlarga tarqalishi asoslangan;
chaqaloqlar neonatal davrida rivojlangan tizimli yallig‘lanishning javob sindromi paytida taloqning immunopoezga javobgar oq pul`pasining barcha morfofunksional sohalarida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlar isbotlangan;
neonatal sepsisda taloqning stroma-tomir, immunopoetik tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari kasallikning turli shakllarida patomorfologik o‘zgarishlar hamda neonatal sepsisning formalari bo‘yicha taloqning barcha struktur tuzilmalarida yuz beradigan o‘zgarishlarining morfometrik ko‘rsatkichlari asoslangan;
tizimli yallig‘lanishning javob sindromi va neonatal sepsis jarayonida taloqning ham immunopoetik, ham gemoregulyator a’zo sifatida faoliyat ko‘rsatishini asoslaydigan morfologik va morfometrik mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqaloqlardagi tizimli yallig‘lanish reaksiya sindromida taloqning morfologik va morfometrik xususiyatlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sepsisning patologoanatomik tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-d/139-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada neonatal davrda sepsisdan nobud bo‘lganlar talog‘idagi patomorfologik o‘zgarishlarni baholash, ularning oldini olish hamda o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
«Septik taloqning patologoanatomik tavsifi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-d/139-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomadan septik taloqdan nobud bo‘lganda nobud bo‘lgan chaqoloqlar talog‘idagi patomorfologik o‘zgarishlar asosida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni tashxislash imkonini bergan;
chaqoloqlardagi tizimli yallig‘lanish reaksiya sindromida taloqning morfologik va morfometrik o‘ziga xos xususiyatlarini patologoanatomik tashxislsh va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyasi, Respublika patologik anatomiya markazi va Andijon viloyati patologoanatomik byurosining tashxislash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8n-z/116-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kasallikni erta tashxislash, bashoratlash va samarali davolash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.