Yakubjanova Muxayyo Qodirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (O‘lkashunoslik materiallari asosida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7213.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Davronova Fotima Pirnazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning rus tilidan nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning rus tilidan nutqiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan inklyuziv-kommunikativ yondashuv xorijiy va mahalliy tadqiqotlarning qiyosiy-tizimli tahlili asosida shakllantirilib, alohida ta’lim ehtiyojlarini diagnostik aniqlash, kommunikativ imkoniyatlarni hisobga olish va nutqiy faoliyatni individuallashtirishni uyg‘unlashtiruvchi lingvodidaktik-konseptual platforma sifatida asoslangan;
o‘lkashunoslik materiallarini inklyuziv guruh o‘quvchilarining individual imkoniyatlariga moslashtirishning etnolingvodidaktik adaptatsiya mexanizmi ishlab chiqilib, materiallarni tanlash va qayta tashkil etish jarayoni o‘quvchilarning til tayyorgarligi, kommunikativ-perseptiv imkoniyatlari, kognitiv yuklamasi hamda yaqin ijtimoiy-madaniy tajribasiga muvofiq kontent-graduatsiya asosida darajalashtirilgan;
o‘quvchilarning rus tilidan nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning adaptiv-integrativ tarkibiy-funksional modeli maqsadli, mazmuniy, texnologik, pedagogik va natijaviy-diagnostik bloklarning o‘zaro funksional bog‘liqligi asosida ishlab chiqilib, o‘quvchining individual rivojlanish traektoriyasiga ko‘ra ta’lim mazmuni, topshiriqlar murakkabligi va kommunikativ faoliyat turini dinamik qayta sozlash imkonini beruvchi pedagogik adaptatsiya konturi bilan takomillashtirilgan;
o‘lkashunoslik materiallari asosida nutqiy mashqlar va kommunikativ-vaziyatli topshiriqlarning kommunikativ-progression tipologiyasi ishlab chiqilib, tayyorlovchi, reproduktiv, produktiv va ijodiy bosqichlar o‘rtasidagi uzviylik nutqiy skaffolding tamoyili asosida ta’minlangan hamda tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish faoliyatlarini yagona integrativ nutqiy siklga birlashtirish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning rus tilidan nutqiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan inklyuziv-kommunikativ yondashuv xorijiy va mahalliy tadqiqotlarning qiyosiy-tizimli tahlili asosida shakllantirilib, alohida ta’lim ehtiyojlarini diagnostik aniqlash, kommunikativ imkoniyatlarni hisobga olish va nutqiy faoliyatni individuallashtirishni uyg‘unlashtiruvchi lingvodidaktik-konseptual platforma sifatida asoslanganligi haqidagi xulosalardan 2022-2024-yillarda Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Westwrn Research” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 17-iyundagi 06/3865-son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim jarayonidagi o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
o‘lkashunoslik materiallarini inklyuziv guruh o‘quvchilarining individual imkoniyatlariga moslashtirishning etnolingvodidaktik adaptatsiya mexanizmi ishlab chiqilib, materiallarni tanlash va qayta tashkil etish jarayoni o‘quvchilarning til tayyorgarligi, kommunikativ-perseptiv imkoniyatlari, kognitiv yuklamasi hamda yaqin ijtimoiy-madaniy tajribasiga muvofiq kontent-graduatsiya asosida darajalashtirilganligi haqidagi xulosalardan A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rus tili fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining o‘quv reja va dasturini ishlab chiqishda, hamda 3.2. “Razvitie navikov i kompetensiy XXI veka na urokax russkogo yazika”, 3.4. “Sovremennie texnologii raboti nad tekstom”, 3.6. “Modul` po viboru” modullari bo‘yicha kontentlar (videodarslar, ma’ruza matnlari, taqdimot materiallari, test savollari)ni tayyorlashda foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining 2026-yil 5-martdagi 01/09-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutqiy ko‘nikmalarida kamchiliklari bor o‘quvchilarning rus tilida gapirish imkoniyati rivojlanishiga erishilgan;
o‘quvchilarning rus tilidan nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning adaptiv-integrativ tarkibiy-funksional modeli maqsadli, mazmuniy, texnologik, pedagogik va natijaviy-diagnostik bloklarning o‘zaro funksional bog‘liqligi asosida ishlab chiqilib, o‘quvchining individual rivojlanish traektoriyasiga ko‘ra ta’lim mazmuni, topshiriqlar murakkabligi va kommunikativ faoliyat turini dinamik qayta sozlash imkonini beruvchi pedagogik adaptatsiya konturi bilan takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan “Mashg‘ulotlarda interfaol usullar” metodik qo‘llanmasi, “Inklyuziv ta’lim” qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yil 4-dekabrdagi 01/11-1-837-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim jarayonidagi o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlanishiga erishilgan;
o‘lkashunoslik materiallari asosida nutqiy mashqlar va kommunikativ-vaziyatli topshiriqlarning kommunikativ-progression tipologiyasi ishlab chiqilib, tayyorlovchi, reproduktiv, produktiv va ijodiy bosqichlar o‘rtasidagi uzviylik nutqiy skaffolding tamoyili asosida ta’minlangan hamda tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish faoliyatlarini yagona integrativ nutqiy siklga birlashtirish imkoniyatlari ochib berilganligi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2025-yil yanvar-dekabr oylari davomida efirga uzatilgan “Jarayon” informatsion dasturi, “Hayot va hayol yollari”, “Yonma-yon”, “Maxsus reportaj” va “Oila vaqti” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2026-yil 16-martdagi 05-09-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘lkashunoslik materiallari asosida nutqiy mashqlar va kommunikativ-vaziyatli topshiriqlar qiziqarli tarzda ommaga namoyish etilgan.