Ellamonov Suxrobjon Nu’mon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda arterial gipertenziyaning avj olishining klinik-genetik omillari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Tib2403.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat tibbiyot instituti, DSc 06/2025.27.12.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda klinik-metabolik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlar asosida arterial gipertenziya progressiyasi omillarini tashxislashni optimallashtirish hamda yurak-qon tomir xavflarining personallashtirilgan profilaktikasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston ilmiy-amaliyotida ilk bor AG va 2-tip QD bilan og‘rigan bemorlarda AGTR1 A1166C va AGT M235T gen polimorfizmlari, endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlari (ET-1, NO), metabolik markerlar (gomotsistein, HbA1c, HOMA-IR) hamda koronar ateroskleroz o‘rtasidagi kompleks bog‘liqlik aniqlangan;
AGTR1 A1166C genining C-allelini tashuvchi bemorlarda ET-1 miqdorining ortishi, NO darajasining pasayishi va chap qorincha gipertrofiyasining shakllanishi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqlik isbotlangan;
AGTR1 va AGT genlari “xavfli” allellar kombinatsiyasini (C va T) tashuvchi bemorlarda endotelial disfunksiya og‘irligi, chap qorincha massasi o‘sishi va “non-dipper” qon bosimi profili o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilib, yuqori kardiometabolik xavfga ega bo‘lgan bemorlarni genetik model asosida xavf guruhlariga taqsimlash mumkinligi asoslangan; 
tadqiqot natijasida yaratilgan genetik-endotelial diagnostika algoritmi yordamida shaxsiy kardiometabolik xavfni erta aniqlash, miokardning remodellanishini dastlabki bosqichda baholash, endotelial disfunksiyani oldindan prognozlash hamda aterosklerotik asoratlarning oldini olish bo‘yicha amaliy echimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arterial gipertenziya va 2-tip diabet bilan og‘rigan bemorlarda AGTR1 (A1166C) va AGT (M235T) gen polimorfizmlarining endotelial disfunksiya, metabolik kasalliklar va koronar aterosklerozning og‘irligi bilan bog‘liqligi klinik-laborator va molekulyar-getetik tekshiruvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. 
Birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston ilmiy-amaliyotida ilk bor AG va 2-tip QD bilan og‘rigan bemorlarda AGTR1 A1166C va AGT M235T gen polimorfizmlari, endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlari (ET-1, NO), metabolik markerlar (gomotsistein, HbA1c, HOMA-IR) hamda koronar ateroskleroz o‘rtasidagi kompleks bog‘liqlik aniqlanganligi asosida olingan natijalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasi (28.01.2025 yil № 6 buyruq) va Samarqand viloyati Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi (31.01.2025 yil №615-7-95-TB/2025-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Arterial gipertenziya (AG) va 2-tip qandli diabet (QD2) birgalikda kechuvchi bemorlarda chap qorincha massasining indeksi (ChQMI) izolyasiyalangan AG bilan og‘riganlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori (125 ± 15 g/m² ga nisbatan 102 ± 12 g/m², p < 0,01) ekani, shuningdek diastolik funksiyaning yanada kuchliroq buzilishi (E/A = 0,85 ± 0,12 ga nisbatan 1,05 ± 0,10, p < 0,05) kuzatilgani aniqlangan. NO darajasining pasayishi va ET-1 miqdorining oshishi chuqur endotelial disfunksiya mavjudligini tasdiqlaydi. Ijtimoiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar AG va QD2 kombinatsiyasiga ega bemorlarni yuqori kardiometabolik xavf guruhi sifatida ajratish va yurak-qon tomir asoratlarining erta profilaktikasini o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa surunkali yurak etishmovchiligi va ishemik yurak kasalligi sababli gospitalizatsiya holatlarini kamaytiradi, hayot sifatini yaxshilaydi va bemorlarning mehnat faoliyati davomiyligini 3–5 yilga oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: endotelial disfunksiya va miokard remodellanishini erta aniqlash dekompensatsiyalangan yurak etishmovchiligi hamda aterosklerotik asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytiradi. NO, ET-1 va exokardiografik (ExoKG) skriningni kompleks joriy etish gospitalizatsiya va dori vositalariga sarflanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 12–15 % ga kamaytiradi. Har 1000 bemor hisobida yillik potensial tejamkorlik 400–700 million so‘mni tashkil etadi. Xulosa: AG va QD2 bilan og‘rigan bemorlarda yurakning strukturaviy va funksional xususiyatlarini aniqlash, kardiometabolik xavfni erta diagnostika qilish dasturlarini joriy etish zarurligini asoslaydi. 
Ikkinchi ilmiy yangilik: AGTR1 A1166C genining C-allelini tashuvchi bemorlarda ET-1 miqdorining ortishi, NO darajasining pasayishi va chap qorincha gipertrofiyasining shakllanishi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqlik isbotlanganligi  asosida olingan natijalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasi (28.01.2025 yil № 6 buyruq) va Samarqand viloyati Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi (31.01.2025 yil №615-7-95-TB/2025-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. Birinchi marotaba AGTR1 genining C-alleli va AGT genining T-alleli tashuvchilik holati chap qorincha massasi ortishi, giper-gomotsisteinemiya va aniq endotelial disfunksiya bilan ishonchli tarzda bog‘liqligi aniqlandi. AGTR1 CC va AGT TT genotiplarining kombinatsiyasi ET-1 darajasining eng yuqori ko'tarilishi (r = +0,34, p = 0,002), NO darajasining sekin pasayishi (r = −0,28, p = 0,01) hamda koronar arteriyalarning kup tomirli zararlanishi bilan bir vaqtda kuzatildi. Mazkur genotiplar yuqori kardiometabolik xavfning genetik prediktorlari deb tasniflanadi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuv arterial gipertenziya va 2-tip qandli diabetning og‘ir kechishini bashorat qiluvchi genetik markerlarni aniqlash orqali shaxsga yo‘naltirilgan maslahat berish hamda irsiy moyillikka ega oilalarda genetik skriningni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Natijada erta infarkt va insultlarning oldini olish, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish orqali mehnatga layoqatli aholining salomatligini saqlashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik testlarni kardiologik va endokrinologik dispanser amaliyotiga kiritish bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish, shu bilan birga RAAS ingibitorlari, statinlar va antiagregantlar kabi qimmat dorivor vositalardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Buning natijasida davolash xarajatlari 10–20 % gacha qisqarishi kutilmoqda — har 1 000 bemor uchun yillik tejamkorlik 500–900 million so‘mni tashkil etadi. Xulosa: AGTR1 va AGT gen polimorfizmlarini aniqlash yurak-qon tomir kasalliklarining shaxsga yo‘naltirilgan profilaktikasi uchun iqtisodiy jihatdan samarali vosita bo‘lib, aholi o‘lim darajasini kamaytirishga qaratilgan milliy dasturlarga integratsiya etilishi mumkin.
Uchinchi ilmiy yangilik: AGTR1 va AGT genlari “xavfli” allellar kombinatsiyasini (C va T) tashuvchi bemorlarda endotelial disfunksiya og‘irligi, chap qorincha massasi o‘sishi va “non-dipper” qon bosimi profili o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilib, yuqori kardiometabolik xavfga ega bo‘lgan bemorlarni genetik model asosida xavf guruhlariga taqsimlash mumkinligi asoslanganligi asosida olingan natijalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasi (28.01.2025 yil № 6 buyruq) va Samarqand viloyati Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi (31.01.2025 yil №615-7-95-TB/2025-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. ET-1 darajasi chap qorincha massasi bilan ijobiy (r = +0,34, p = 0,002), NO darajasi esa devor qalinligi bilan salbiy (r = −0,29, p = 0,01) korrelyasiyada ekanligi ko‘rsatildi. Gipergomotsisteinemiya (>15 mkmol/l) holatining chap qorincha massasining ortishi va koronar arteriyalarning ko‘p tomirli zararlanishi bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalari ET-1, NO va gomotsistein darajalarini miokard hamda qon tomir remodellanishining laborator biomarkerlari sifatida qo'llash imkonini ochib beradi. Bunday yondashuv kardiologik va endokrinologik klinikalarda profilaktik tekshiruvlar doirasini kengaytirish, erta diagnostika sifatini oshirish hamda infarkt va insult oqibatidagi o‘lim holatlarini 8–10 % gacha pasaytirish uchun amaliy asos yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: ET-1, NO va gomotsisteinni o‘z ichiga olgan standart biokimyoviy panelni qimmat baho vizualizatsion usullar o‘rniga erta diagnostika bosqichida qo‘llash har bir bemor uchun tekshiruv xarajatlarini 20–25 % gacha qisqartiradi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimida asoratlar va takroriy gospitalizatsiyalarning kamayishi hisobiga har 1000 bemor uchun yillik 1 milliard so‘mgacha tejamkorlik yuzaga keladi. Xulosa: endotelial disfunksiyaning biokimyoviy markerlaridan foydalanish xavfni stratifikatsiya qilish aniqligini oshiradi, shu bilan birga yurak-qon tomir asoratlarining profilaktikasini iqtisodiy jihatdan samaraliroq va klinik jihatdan qulayroq tarzda tashkil etish imkonini beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijasida yaratilgan genetik-endotelial diagnostika algoritmi yordamida shaxsiy kardiometabolik xavfni erta aniqlash, miokardning remodellanishini dastlabki bosqichda baholash, endotelial disfunksiyani oldindan prognozlash hamda aterosklerotik asoratlarning oldini olish bo‘yicha amaliy echimlar ishlab chiqilganligi asosida olingan natijalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasi (28.01.2025 yil № 6 buyruq) va Samarqand viloyati Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi (31.01.2025 yil №615-7-95-TB/2025-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan. AGTR1 va AGT genlari genotiplari, NO, ET-1, gomotsistein darajalari va miokardning strukturaviy ko‘rsatkichlarini birgalikda tahlil qilish asosida bemorlarni past, o‘rta va yuqori kardiometabolik xavf guruhlariga ajratish algoritmi ishlab chiqilgan. Ushbu algoritm yordamida remodellanish darajasini va aterosklerotik asoratlarni oldindan bashorat qilish hamda shaxsga yo‘naltirilgan davolash choralarini belgilash imkoniyati yaratilgan. Ijtimoiy samaradorlik: algoritmni klinik amaliyotda qo‘llash yuqori xavfdagi bemorlarni  erta  aniqlash,  profilaktik  tadbirlarni  individuallashtirish,  hayot davomiyligini uzaytirish va nogironlik hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: algoritmni dispanser kuzatuv hamda skrining dasturlariga integratsiya qilish orqali kech diagnostika qilingan asoratlar ulushi 20–25 % gacha, gospitalizatsiya holatlari esa 15–18 % gacha qisqardi. Shuning natijasida sog‘liqni saqlash tizimida har 1000 bemor hisobida yillik 600–900 million so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik yaratildi. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm kliniko-genetik asosdagi shaxsga yo‘naltirilgan tibbiyot vositasi bo‘lib, u profilaktika samaradorligini oshirish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini oqilona rejalashtirish imkonini beradi hamda yurak-qon tomir asoratlarini erta aniqlash va oldini olish orqali sog‘lom umr davomiyligini uzaytiradi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 2 – dekabrdagi 30-sonli qaror xulosasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish uchun tavsiya etilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish