Adambaev Zufar Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa kanalining ikkilamchi stenozida nevrologik buzilishlar (klinikasi, diagnostikasi va davosi)», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib307.
Ilmiy rahbar: Qilichev Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shotursunov Shoxaydar Shoalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: C.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa kanalining ikkilamchi nisbiy stenozi og‘irlik darajasining klinik va neyrofiziologik tashxisiy ko‘rsatkichlarini va davolash oqibatining prognostik mezonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor UKSning etiologik tuzilishida yumshoq to‘qimalarning (umurtqalar disklararo churralari va protruziyalari, sariq boylam yoki o‘tkir o‘siqlararo boylamning gipertrofiyasi) ishtirok etishi aniqlangan;
ilk bor UKSning kompleks har tomonlama o‘rab olingan shkalalar asosida (vizual analog shkalasi, Liids shkalasi (LANSS), mushak sindromi indeksi, Vertebro-nevrologik simptomlarning ballar bo‘yicha klinik yig‘indisi shkalasi, Shveysariya va Bek shkalalari) vertebronevrologik klinik ko‘rinishlari aniqlangan;
ilk bor UKSning neyrofiziologik manzarasi elektroneyromiografiya va somato-sensor chaqirilgan potensiallarda (orqa miya, harakatlantiruvchi va sezgi ildizchalarda o‘tkazuvchanlikning kamayishi), teri-gal`vanik chaqirilgan potensiallarda (simpatikotoniya ustunligi), po‘stlog‘i chaqirilgan potensiallarda (fikrlash jarayonlarning sekinlashishi) aniqlangan;
ilk bor umurtqa kanalining stenozida medikamentoz va umurtqa traksiyasi, papayya preparatini elektroforezi va massaj aniq ketma-ketlikda qilingan muolajalar kompleks konservativ terapiya samaradorligi isbotlangan;
ilk bor asab tizimini funksional og‘irligi diagnostik belgilari va konservativ terapiya samaradorligini prognozlashga differensial yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umurtqa kanalining stenozida nevrologik jarayonini tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Umurtqa pog‘onasi degenerativ-distrofik kasalliklarida traksion terapiya» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n-d/218-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri foydalanilgan traksion terapiyaning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Umurtqa kanali degenerativ stenozi: nevrologik ko‘rinishlari, diagnostikasi, konservativ terapiyasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n-d/218-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma umurtqa kanali degenerativ stenozining diagnostikasini va tavsiya qilingan konservativ terapiyani optimallashtirishga imkon bergan;
umurtqa kanali ikkilamchi stenozini davolash samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, Xorazm viloyati va Toshkent shahri xususiy klinikalarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 maydagi 8n-z/69-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etish natijalari davolash samaradorligining sezilarli ortishiga olib keldgan va 70% bemorlarda jarrohlik amaliyotini qo‘llash zaruriyatining oldini olgan, bu esa ahamiyatli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish