Nurjanov Bahadir Berdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy va tabiiy ovqatlantirishda bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarini yoshga bog‘liq o‘ziga xosligi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3575.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Baxrom Sobirjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD 04/ 30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamdulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Sayyora Muhamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy va tabiiy oziqlantirilgan ko‘krak yoshidagi bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning yoshga oid xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari, ovqatlanish shakliga bog‘liq holda jismoniy rivojlanishi hamda tana tuzilishi ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili asosida yangi ma’lumotlar aniqlangan;
Urganch shahri va xazorasp tumanida yashovchi sun’iy, aralash va tabiiy oziqlantirilayotgan go‘daklik davrining II va III davridagi bolalar o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda go‘daklikning rivojlanish davrida turli xil oziqlanishda bo‘lgan bolalarning tayanch-harakat apparatining morfometrik ko‘rsatkichlari qiyosiy tavsiflandgan;
"Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda ko‘krak yoshidagi bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari" nomli kompyuter dasturi yaratildi va uning asosida sun’iy oziqlantirish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni prognozlash baholash imkoni yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli xil oziqlantirishda bo‘lgan bir yoshgacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarda antropometrik parametrlarni yoshga bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Birinchi ilmiy yangilik: Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari, ovqatlanish shakliga bog‘liq holda jismoniy rivojlanishi hamda tana tuzilishi ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili asosida yangi ma’lumotlar aniqlanganligi haqidagi natijalar “Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda bo‘lgan bir yoshgacha bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarni yoshga bog‘liq xususiyatlari” (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspertlar Kengashining 2023 yil 17 maydagi 32-sonli ma’lumotnomasi)nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.Mazkur takliflarSog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 06.12.2024 yildagi 04/8895-sonli xatiga asosida 2024 yil 7 dekabrdagi №209-1-sonli buyruq) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 12.12.2024 yildagi 04/9062-sonli xatiga asosida 2024 yil 12 dekabrdagi №96-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/47-sonxulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomada sun’iy va tabiiy oziqlantirish turini hisobga olgan holda bir yoshgacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi sog‘lom bolalarning normal o‘sishini ta’minlash uchun ularning o‘sishda biroz orqada qolgan bolalarda, ya’ni tayanch-harakat tizimi segmentlarining ayniqsa, umurtqa pog‘onalaridagi patologik o‘zgarishlarini va kelgusida mazkur ish orqali bolaning antropometrik xususiyatlari, tayanch-harakat tizimi morfometrik o‘lchamlari va xususiyatlarni aniqlashda hamda o‘rganish bo‘yicha bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishdan orqada qolgan yoki qolmaganini bilish va rivojlanishda nuqsonlarni erta aniqlash va natijalarini tashxislash imkonini bergan. Bolalarning ovqatlanish turlarini xisobga olib, ularning soglig‘ini muxofaza qilish bo‘yicha individuallashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu esa kasalliklarning oldini olish, jismoniy va aqliy rivojlanishni yaxshilash imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Sun’iy ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va erta davolash choralarini ko‘llash natijasida davolash xarajatlari kamaydi, bu esa tibbiyyot muassasalari va oilalar uchun iqtisodiy jihatdan foydalidir.
Ikkinchi ilmiy yangilik: Urganch shahri va xazorasp tumanida yashovchi sun’iy, aralash va tabiiy oziqlantirilayotgan go‘daklik davrining II va III davridagi bolalar o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari aniqlanganligi “Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda bo‘lgan bir yoshgacha bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarni yoshga bog‘liq xususiyatlari” (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspertlar Kengashining 2023 yil 17 maydagi 32-sonli ma’lumotnomasi)nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.Mazkur takliflarSog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 06.12.2024 yildagi 04/8895-sonli xatiga asosida 2024 yil 7 dekabrdagi №209-1-sonli buyruq) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 12.12.2024 yildagi 04/9062-sonli xatiga asosida 2024 yil 12 dekabrdagi №96-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/47-sonxulosasi).Ijtimoiy samaradorligi: Qishloq va shahar mintaqalaridagi bolalarning ovqatlanishdagi nutrientlar balansini ta’minlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi, bu esa aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Ovqatlanishdagi noaniqlikka oid kasalliklarning oldini olish va profilaktika choralarini qo‘llash natijasida davolashga sarflanadigan mablag‘lar kamaydi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda go‘daklikning rivojlanish davrida turli xil oziqlanishda bo‘lgan bolalarning tayanch-harakat apparatining morfometrik ko‘rsatkichlari qiyosiy tavsiflandganligi “Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda bo‘lgan bir yoshgacha bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarni yoshga bog‘liq xususiyatlari” (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspertlar Kengashining 2023 yil 17 maydagi 32-sonli ma’lumotnomasi)nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.Mazkur takliflarSog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 06.12.2024 yildagi 04/8895-sonli xatiga asosida 2024 yil 7 dekabrdagi №209-1-sonli buyruq) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 12.12.2024 yildagi 04/9062-sonli xatiga asosida 2024 yil 12 dekabrdagi №96-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/47-sonxulosasi).Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarning jismoniy rivojlanishini yaxshilash uchun ovqatlanish va fizik tarbiya bo‘yicha taktikalar ishlab chiqildi.Iqtisodiy samaradorligi:Jismoniy nuqsonlarning oldini olish orqali keyingi davolash xarajatlari kamaytirildi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: "Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda ko‘krak yoshidagi bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari" nomli kompyuter dasturi yaratildi va uning asosida sun’iy oziqlantirish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni prognozlash baholash imkoni yaratilgan. Bu ma’lumotlar “Sun’iy va tabiiy oziqlantirishda bo‘lgan bir yoshgacha bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarni yoshga bog‘liq xususiyatlari” (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspertlar Kengashining 2023 yil 17 maydagi 32-sonli ma’lumotnomasi)omli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 06.12.2024 yildagi 04/8895-sonli xatiga asosida 2024 yil 7 dekabrdagi №209-1-sonli buyruq) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 12.12.2024 yildagi 04/9062-sonli xatiga asosida 2024 yil 12 dekabrdagi №96-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarning jismoniy rivojlanishini yaxshilash uchun ovqatlanish va fizik tarbiya bo‘yicha taktikalar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi: Jismoniy nuqsonlarning oldini olish orqali keyingi davolash xarajatlari kamaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida» 2019 yil 23 oktyabrda O‘RQ 574 – sonli Qonununi qabul qilingan bo‘lib, aholi salomatligini mustahkamlash va go‘daklik davrida oziqlantirishga bog‘liq ravishda kuzatiladigan turli patologik holatlarda uchrashi mumkin bo‘lgan morfometrik hususiyatlarining buzilishiga olib keladigan sabablarni kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, Mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.