Baboxo‘jaev Abduqayum Srojiddin o‘glining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Odontogen yallig‘lanish kasalliklarini davolashni takomillashtirish. Uzoqda joylashgan organlar va tizimlarning shikastlanishi bilan bog‘liq asoratlarni bashorat qilish va oldini olish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4102.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Dusmuxamedov Maxmud Zakirovich tibbiyot fanlari doktori, professor. Shukparov Asilbek Bayadilovich tibbiyot fanlari doktori, professor. (Kozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov qozoq milliy universiteti (Kozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida, uzoqda joylashgan organlar va tizimlarning shikastlanishi bilan kechuvchi asoratlarni bashorat qilish va oldini olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Odontogen yallig‘lanish kasalliklarining asoratli kechishida uzoqda joylashgan organlar va tizimlar shikastlanishining shakllanishi klinik omillarning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq ekanligi, ular orasida SIRS belgilari soni, yiringli-nekrotik jarayonning hujayralararo bo‘shliqlari bo‘ylab tarqalishi va komorbidlik darajasi yetakchi o‘rin tutib, patologik jarayonning tizimli darajaga o‘tishi isbotlangan;
immunologik va yallig‘lanish reaksiyasi yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-6, TNF-α, IL-8 va prokalsitoninning ustun roli bilan tavsiflanib, ular gemostaz ko‘rsatkichlari (fibrinogen, D-dimer va protrombin indeksi) bilan birgalikda yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining tizimli mexanizmini shakllantirishi isbotlangan;
odontogen yallig‘lanish kasalliklarining asoratlangan kechishida yara jarayoni kokk infeksiyasi ustunligida kechishi, granulotsitlar soni o‘rtacha 2-3 martaga, limfotsitlar esa 1,5-2 martaga kamayishi fonida rivojlanishi aniqlangan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida "AIDOS" dasturiy majmuasidan foydalangan holda odontogen kasalliklarining yiringli-yallig‘lanishli asoratlarini prognozlash va oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan va klinik sinovdan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 6-dekabrdagi 11179-sonli xulosasiga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha:
Birinchi ilmiy yangilik: odontogen yallig‘lanish kasalliklarining asoratli kechishida uzoqda joylashgan organlar va tizimlar shikastlanishining shakllanishi klinik omillarning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq ekanligi, ular orasida SIRS belgilari soni, yiringli-nekrotik jarayonning hujayralararo bo‘shliqlari bo‘ylab tarqalishi va komorbidlik darajasi yetakchi o‘rin tutib, patologik jarayonning tizimli darajaga o‘tishi isbotlandi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam 7-klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/20-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan “Odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda uzoqda joylashgan organ va tizimlar zararlanishi bilan kechadigan asoratlarni prognoz qilish usullarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Ijtimoiy samaradorlik: bemorlarni infeksiya umumiy tarqalishi xavfi bo‘yicha erta taqsimlash imkoniyati yaratildi, bu esa og‘ir asoratlar uchrashini 30-40 foizga kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorlik: intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyoj kamaytirildi va statsionarda davolanish muddatlari 25-35 foizga qisqartirildi. Xulosa: klinik-laborator mezonlarning tatbiq etilishi bemor ahvolining og‘irligini baholash aniqligini va davolash taktikasining asosliligini oshirish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: immunologik va yallig‘lanish reaksiyasi yallig‘lanish oldi sitokinlari IL-6, TNF-b, IL-8 va prokalsitoninning ustun roli bilan tavsiflanib, ular gemostaz ko‘rsatkichlari (fibrinogen, D-dimer va protrombin indeksi) bilan birgalikda yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining tizimli mexanizmini shakllantirishi isbotlandi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam 7-klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/20-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan “Odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda uzoqda joylashgan organ va tizimlar zararlanishi bilan kechadigan asoratlarni prognoz qilish usullarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Ijtimoiy samaradorlik: tizimli yallig‘lanish reaksiyasi va organlar disfunksiyasi xavfini baholashning xolisligi oshirildi. Iqtisodiy samaradorlik: diagnostik xatolar chastotasi va takroriy tekshiruvlar uchun sarf-xarajatlar 20-25% ga kamaytirildi. Xulosa: immunologik va koagulologik ko‘rsatkichlar majmuasidan foydalanish asoratli kechish diagnostikasi aniqligini oshirdi;
uchinchi ilmiy yangilik: odontogen yallig‘lanish kasalliklarining asoratlangan kechishida yara jarayoni kokk infeksiyasi ustunligida kechishi, granulotsitlar soni o‘rtacha 2-3 martaga, limfotsitlar esa 1,5-2 martaga kamayishi fonida rivojlanishi aniqlangan. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam 7-klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/20-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan “Odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda uzoqda joylashgan organ va tizimlar zararlanishi bilan kechadigan asoratlarni prognoz qilish usullarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Ijtimoiy samaradorlik: jarohat jarayonining noxush kechishini erta aniqlash va uning rivojlanish holatlarini kamaytirish ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorlik: takroriy jarrohlik aralashuvlari soni 20–25% ga kamaytirildi va davolash muddatlari qisqartirildi. Xulosa: jarohat jarayonini kompleks baholashni joriy etish infeksiyaning mahalliy nazorati samaradorligini oshirdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida "AIDOS" dasturiy majmuasidan foydalangan holda odontogen kasalliklarining yiringli-yallig‘lanishli asoratlarini prognozlash va oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan va klinik sinovdan o‘tkazildi. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam 7-klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/20-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan “Odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda uzoqda joylashgan organ va tizimlar zararlanishi bilan kechadigan asoratlarni prognoz qilish usullarini ishlab chiqish va samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Ijtimoiy samaradorlik: ishlab chiqilgan algoritmning joriy etilishi odontogen yallig‘lanish kasalliklarining yiringli-yallig‘lanishli asoratlari chastotasini kamaytirish, tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshirish, davolash muddatini qisqartirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: "AIDOS" dasturiy majmuasidan foydalangan holda prognozlash va oldini olish algoritmini qo‘llash asoratlar sonini kamaytirish, kasalxonada yotish muddatini qisqartirish va dori-darmon va statsionar resurslardan oqilona foydalanish orqali davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: "AIDOS" dasturiy majmuasidan foydalangan holda odontogen yallig‘lanish kasalliklarining yiringli-yallig‘lanishli asoratlarini bashorat qilish va oldini olish uchun ishlab chiqilgan va klinik jihatdan tasdiqlangan algoritmni joriy etish natijasida yiringli-yallig‘lanishli asoratlar chastotasi 1,5 baravarga (33,3% ga) kamaydi, davolash muddatlari o‘rtacha 20-25% ga qisqardi va profilaktika choralari samaradorligi 30% ga oshdi.