Kozimjonov Abrorbekning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘inomi): «Moliyaviy hisobot tuzish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiyamavzusiro‘yxatgaolinganraqam:B2024.2.DSc/Iqt712.
Ilmiymaslahatchi: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Astakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy hisobot tuzish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul oqimlari harakatini taqqoslanadigan tarzda aks ettirish bilan birga vaqt omili orqali aniqlashtiriladigan, guruhning iqtisodiy birlik darajasida ko‘riladigan, turli iqtisodiy sharoitda va turli xil valyuta o‘lchov birligida ishonchli taqdim etilishi nuqtai nazardan takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobotni funksional valyutadan taqdim etish valyutasiga o‘tkazish metodologiyasi daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlarini operatsiyalar davriyligi hamda hajmiga mutanosib ravishda alohida vaznli o‘rtacha kurs asosida qayta hisoblash orqali takomillashtirilgan; 
asosiy faoliyatdan olingan daromadni moliyaviy hisobotda tan olish tartibi xaridorlar bilan shartnomalardagi bajarish majburiyatlarini ajratish, shartnoma narxini ular o‘rtasida taqsimlash, bajarilish muddati va darajasiga qarab daromadni e’tirof etish hamda shartnoma bo‘yicha aktiv va majburiyatlarni alohida aks ettirish asosida takomillashtirilgan; 
pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni bilvosita usulda tuzish uslubiyoti foyda ko‘rsatkichini aylanma kapitaldagi o‘zgarishlar, pul oqimiga ta’sir ko‘rsatmaydigan moddalar va uzoq muddatli aktivlar harakati bo‘yicha bosqichma-bosqich tuzatish orqali takomillashtirilib, hisobot ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligi, ishonchliligi va tahliliy foydaliligini oshirish asoslangan; 
moliyaviy hisobot izoh va ilovalarini taqdim etishning integratsiyalashgan uslubiy yondashuvi asosiy hisobot shakllaridagi umumlashtirilgan moddalarni iqtisodiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi, baholash asosi, taqqoslama ma’lumotlari va risk darajasi bo‘yicha agregatlash hamda deagregatlash tamoyillari asosida ochib berish orqali ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisobot tuzish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy hisobot” tushunchasining iqtisodiy mazmunini moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul oqimlari harakatini taqqoslanadigan tarzda aks ettirish bilan birga vaqt omili orqali aniqlashtiriladigan, guruhning iqtisodiy birlik darajasida ko‘riladigan va qaysi iqtisodiy sharoitda va qanday o‘lchov birligida ishonchli taqdim etilishi nuqtai nazardan takomillashtirilgan nazariy va uslubiy ishlanmalar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 21 fevraldagi  4474-9769-997a-1c4a-db66-1351-5038-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga jorish etilishi natijasida talabalarda “moliyaviy hisobot” ta’rifi orqali “umumiy moliyaviy hisobot”, “oraliq moliyaviy hisobot”, “alohida moliyaviy hisobot”, “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” va “giperinflyasiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot” kabi tushunchalar bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy hisobotni funksional valyutadan taqdim etish valyutasiga o‘tkazishda daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlarini operatsiyalar davriyligi va hajmiga mos ravishda vaznli o‘rtacha kursni qo‘llash metodologiyasi “O‘zsuvta’minot” AJning 2026-yil 5 yanvardagi 1-son buyruq bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tuzilgan hisob siyosatida qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 2/20-54 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur metodologiyani amaliyotga joriy etilishi natijasida daromad va xarajatlarni qayta hisoblashda kurs tafovutlarining ta’sirini kamaytirish, hisobot ma’lumotlarining aniqligi va taqqoslanuvchanligini oshirish hamda xorijiy investorlar uchun moliyaviy axborotning ishonchliligini, shaffofliligni oshirishga hizmat qilib, ilmiy yangilikdagi formulalardan foydalanish natijasida, funksional valyutadan taqdim etish valyutasiga o‘tkazishda daromad bo‘yicha tafovut soliq to‘langunga qadar foydani 2,8 foizni tashkil etgan, xarajatlar bo‘yicha esa 1,7 foizni tashkil etgan;
asosiy faoliyatdan olingan daromadni shartnomadagi bajarish majburiyatlari bo‘yicha shartnoma narxi asosida taqsimlash, ularning bajarilish muddati va darajasidan kelib chiqib foyda yoki zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olish, shuningdek ushbu jarayonda yuzaga keladigan shartnoma bo‘yicha aktiv va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi “O‘zsuvta’minot” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 2/20-54 sonli, “Hududgaz ta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 05-23-65 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida asosiy faoliyatdan olingan daromadni bajarish majburiyatlari bo‘yicha asosli taqsimlash, ularni bajarilish muddati va darajasiga muvofiq ravishda foyda yoki zararlar to‘g‘risidagi hisobotda ishonchli tan olish, shuningdek shartnoma bo‘yicha aktiv va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni moliyaviy hisobotda aniq aks ettirish ta’minlanib, daromadni davrlar bo‘yicha e’tirof etish sifati oshgan, hisobot ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligi ortgan hamda moliyaviy natijalar haqidagi axborotning tahliliy foydaliligi ta’minlangan;
pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni bilvosita usulda foydani aylanma kapitaldagi o‘zgarishlar, pul oqimiga ta’sir ko‘rsatmaydigan moddalar hamda uzoq muddatli aktivlar harakati asosida bosqichma-bosqich tuzatishga tayangan uslubiy yondashuvi “O‘zsuvta’minot” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 2/20-54 sonli, “Hududgaz ta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 05-23-65 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy yondashuvni amaliyotga joriy etish natijasida pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni bilvosita usulda tuzishda foyda ko‘rsatkichini tuzatish tartibi aniq shakllangan, aylanma kapitaldagi o‘zgarishlar va pul oqimiga ta’sir etmaydigan moddalarning to‘g‘ri tasniflanishi va uzoq muddatli aktivlar harakati bilan bog‘liq axborotlarning uyg‘unligi ta’minlangan, hamda hisobotning ishonchliligi, shaffofligi va tahliliy ahamiyati ortgan;
moliyaviy hisobot foydalanuvchilarining qaror qabul qilishiga xizmat qiluvchi muhim axborotni taqdim etish maqsadida izoh va ilovalarni agregatsiya va deagregatsiya tamoyili asosida integratsiyalashgan ilovalar “O‘zsuvta’minot” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 2/20-54 sonli, “Hududgazta’minot” AJning 2026-yil 29-apreldagi 05-23-65 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy yondashuv ko‘ra taklif etilgan izoh va ilovalarni moliyaviy hisobot tarkibiga qo‘shib taqdim etish natijasda, moliyaviy hisobot foydalanuvchilari uchun zarur axborot muhiti va manbasi shakllanib, xalqaro darajadagi 1-son BHXS, 18-son MHXS kabi standart talabalari qanoatlantirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish