Eshboev Ulug‘bek Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt2137
Ilmiy rahbar: Babaxalov Narbuta Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalari samaradorligini baholashning integral indeksi operatsion, moliyaviy va ijtimoiy indekslarni geometrik agregatlash hamda “qoniqarsiz” (0,00–0,59), “chegaraviy” (0,60–0,79), “qoniqarli” (0,80–0,89) va “yuqori” (0,90–1,00) miqdoriy chegaralarini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
temir yo‘l yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini amaldagi bandlikning ikki chegaraga nisbati va ijtimoiy vazn ko‘rsatkichining “yuqori ta’minlanganlik” (W < 0,35), “o‘rtacha” (0,35 ≤ W < 0,65), “past ta’minlanganlik” (W ≥ 0,65) qiymatlari bo‘yicha tijorat, potensial tijorat, ijtimoiy va samarasiz segmentlarga ajratish matritsasi ishlab chiqilgan;
temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalarida samaradorlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqariladigan xarajatni vagon-kilometr, poezd-kilometr va o‘rindiq-kilometr drayverlari hamda poezd turi koeffitsienti (0,5–1,0) bo‘yicha normativlashtirish va infratuzilma to‘lovi bazasini tonna-kilometr brutto hamda poezd-kilometr tashkil etuvchilariga ajratish asosida takomillashtirilgan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchi aylanmasi, vagon-kilometr, daromad va xarajat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar inersion, bazaviy va maqsadli ssenariylar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalari samaradorligini baholashning integral indeksini uch daraja bo‘yicha geometrik agregatlash va “qoniqarsiz” (0,00–0,59), “chegaraviy” (0,60–0,79), “qoniqarli” (0,80–0,89), “yuqori” (0,90–1,00) miqdoriy chegaralarini belgilash bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 21-sentabrdagi 02/4625-26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning integral samaradorlik bahosi 2023-yildagi 1,000 dan 2025-yilda 0,757 ga tushgani, ya’ni “chegaraviy” holatda ekanligi aniqlangan;
temir yo‘l yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini amaldagi bandlikning ikki chegaraga nisbati va ijtimoiy vazn ko‘rsatkichining “yuqori ta’minlanganlik” (W < 0,35), “o‘rtacha” (0,35 ≤ W < 0,65), “past ta’minlanganlik” (W ≥ 0,65) qiymatlari bo‘yicha tijorat, potensial tijorat, ijtimoiy va samarasiz segmentlarga ajratish matritsasi bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 21-sentabrdagi 02/4625-26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 32 ta yo‘nalishning 8 tasi tijorat, 9 tasi potensial tijorat va 15 tasi ijtimoiy segmentga kiritilib, davlat buyurtmasi predmeti bo‘lgan ijtimoiy qiymatni 539,6 mlrd so‘mdan 30,3 mlrd so‘mga aniqlashtirish imkonini bergan;
temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalarida samaradorlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqariladigan xarajatni vagon-kilometr, poezd-kilometr va o‘rindiq-kilometr drayverlari hamda poezd turi koeffitsienti (0,5–1,0) bo‘yicha normativlashtirish va infratuzilma to‘lovi bazasini tonna-kilometr brutto hamda poezd-kilometr tashkil etuvchilariga ajratish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 21-sentabrdagi 02/4625-26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida boshqariladigan xarajatni bir vagon-kilometrga 6 115 so‘mdan 5 540 so‘mga, ya’ni 9,4 foizga kamaytirish, mahalliy yo‘nalishning to‘liq xarajat chegarasini 1,559 dan 0,861 ga tushirish va bir reysning moliyaviy natijasini minus 101,7 mln so‘mdan plus 60,8 mln so‘mga yaxshilash imkonini bergan;
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchi aylanmasi, vagon-kilometr, daromad va xarajat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar inersion, bazaviy va maqsadli ssenariylar bo‘yicha prognoz qiymatlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2026-yil 21-sentabrdagi 02/4625-26-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tashish faoliyatining moliyaviy natijasini 2028-yildan yiliga 56–65 mlrd so‘m ijobiy darajaga chiqarish, integral samaradorlik bahosini 0,757 dan 0,920–1,000 gacha ko‘tarish va 2026-2030-yillarda 3 030,2-4 949,3 mlrd so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.