Anvarov Jaxongir Abralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri leyshmaniozining tarqalganligi, klinik xususiyatlari va patogenetik davolashni takomillashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib900.
Ilmiy rahbar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri leyshmaniozining tarqalganligi, klinik xususiyatlari va patogenetik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teri leyshmaniozli bemorlarda lyamblioz, enterobioz, askaridoz, gimenolepidoz hamda mikst parazitozlarning tarkibi baholangan;
teri leyshmaniozi bilan kasallangan bemorlarda ichak parazitozlari sababli yallig‘lanishga xos sitokin IL-4 miqdorining ishonarli ortishi fonida INF-γ miqdorining kamayishi aniqlangan;
teri leyshmaniozli bemorlarda kasallikning kechishi va oqibatlariga yondosh ichak parazitozlari ta’siri isbotlangan;
teri leyshmaniozining patogenetik davosida reparativ dori vositasi ta’sirida IL-4 miqdorining pasayishi hamda INF-γ miqdorining ortishi sababli yaralar bitishi davrining qisqarganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri leyshmaniozining tarqalganligi, klinik xususiyatlari va patogenetik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Teri leyshmaniozini kompleks davolashda «Ekdisten» dori vositasini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 yanvardagi 8 n-r/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma teri leyshmaniozi bilan xastalangan bemorlarni patogenetik davolashni takomillashtirishda ekdisten dori vositasidan samarali foydalanish, kasallik davomiyligini qisqartirish, yaralarning mayin bitib, oxirgi qo‘pol chandiq hosil bo‘lishini kamaytirish, yallig‘lanishga xos sitokin IL-4 va INF-γ miqdori qo‘rsatkichlarini me’yorlashtirish imkonini bergan;
teri leyshmaniozining tarqalganligi, klinik xususiyatlari va patogenetik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Samarqand viloyati Urgut tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ekdisten bilan davolangan bemorlarda nazorat guruhidagi bemorlarga nisbatan yaralarning bitish muddati qisqarganligi, bemorlarda IL-4 qiymati 3,6 pg/mlgacha pasayishi, standart davo olganlarda esa ushbu qiymat 6,2 pg/ml, INF-γ muvofiq ravishda 23,3 va 19,8 pg/mlgacha oshishi va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.