Turemuratova Ulzada Timur qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘iston sinantrop qushlari parazitlarining ekologo-faunistik va taksonomik tavsifi”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1707.
Ilmiy rahbar: Arepbaev Islambek Muratbaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Zafarbek Sharipovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Koshanov Dauletbay Erejepovich biologiya fanlari bo‘yicha filosofiya doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Qoraqalpog‘istonning urbanizatsiyalashgan hududlaridagi sinantrop qushlar parazitofaunasining zamonaviy tur tarkibini aniqlash, faunistik shakllanish qonuniyatlarini baholash va epizootologik ahamiyatga ega bo‘lgan parazitoz qo‘zg‘atuvchilari miqdorini nazorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘istonning 14 ta turga mansub sinantrop qushlarini kompleks o‘rganish natijasida 47 ta gelmint turi, jumladan, sestodalarning - 12 turi, trematodalarning - 8 turi, akantosefalalarning - 2 turi va nematodalarning - 25 turi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston sinantrop qushlarida aniqlangan 47 ta gelmint turidan 17 tasi tadqiqot hududidagi qushlarning gelmintofaunasi uchun ilk bor qayd etilgan;
o‘rganilgan sinantrop qushlarda ektoparazitlardan kanalar va patxo‘rlarning 20 ta turi qayd etilgan, shulardan, Acari vakillari 9 tur, Mallophaga vakillari 11 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
tekshirilgan qushlarning ektoparazitlar bilan zararlanishi kanalar bo‘yicha 4,0–33,3%, patxo‘rlar bo‘yicha 1,3–35,2% ni tashkil etgan, invaziya intensivligi bittadan o‘nlab namunalargacha bo‘lishi qayd etilgan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida parazitlar faunasining shakllanishiga hissa qo‘shgan parazitlarning sinantrop qushlar bilan ekologik va trofik aloqalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sinantrop qushlari parazitlarining ekologik-faunistik va taksonomik tavsifi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida tarqalgan sinantrop qushlarning parazitlar xilma-xilligi, taksonomiyasi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari hamda epizootologik ahamiayti asosida olingan ilmiy natijalar va sinantrop qushlarning asosiy parazitozlarini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2026-yil 11-iyundagi 33/02-15-572-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sinantrop qushlarni parazitar kasalliklardan oldini olish, sanitariya-epidemiologik monitoringini olib boorish, shuningdek, parazitar kasalliklarga qarhi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va Respublika hududida epizootologik vaziyatni baholash imkonini bergan.
Qoraqalpog‘istonning urbanizatsiyalashgan hududlarida 14 ta turdagi sinantrop qushlar parazitologik jihatdan tekshirildi. Tadqiqotlar natijasida turli guruhlarga mansub parazit organizmlar aniqlanib, ularning tarqalishi, zararlanish darajasi hamda ekologik xususiyatlari o‘rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida sinantrop qushlar parazitlarining bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bo‘limlari amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining 2026-yil 15-iyundagi 02-01/18-1-2676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududdidagi sinantrop qushlar parazitofaunasi haqidagi ma’lumotlarni boyitish, ekologik monitoring ishlarini olib borish va ornitofaunani muhofaza qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish