Abduraxmonova Mashxura Javdatovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pestitsidlarning antenatal davrdagi toksik ta’siri natijasida embrion jigaridagi metabolik buzilishlar va flavonoidlarning himoya xususiyatlari”, 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/B316
Ilmiy maslahatchi: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axadovich, biologiya fanlari doktori, professor; Farmanova Nodira Taxirovna, farmasevtika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti Andijon filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Homiladorlikning 3-, 13- va 17-kunlarida galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari bilan zaharlantirilgan kalamushlar va ularning embrionlari turli to‘qimalarida pestitsidlarning qoldiq sifatida to‘planishini, ularning keltirib chiqaradigan gistomorfologik o‘zgarishlarini aniqlash va mitoxondrial buzilishlarini soforoflavonozid va narsissin flavonoidlari yordamida korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlarining jigar to‘qimasidagi qoldiq miqdori dinamikaga bog‘liq holda (5, 10, 20, 30 va 40 kunlik) aniqlangan;
homiladorlikning 3-, 13- va 17-kunlarida galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari bilan zaharlantirilgan kalamushlar va ularning embrionlari turli to‘qimalarida pestitsidlarning qoldiq miqdori aniqlangan;
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari bilan homiladorlikning 3-, 13- va 17-kunlarida zaharlantirilgan kalamushlar va ularning embrionlari jigar to‘qimasining gistomorfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
SFL va narsissin flavonoidlarining antiradikal faolliklari hamda galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari intoksikatsiyasida ularning antioksidant xossalari aniqlangan;
galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari bilan homiladorlikning 3-, 13- va 17-kunlarida zaharlantirilgan kalamushlar va ularning embrionlari jigar mitoxondriyasining LPO ni SFL va narsissin flavonoidlari yordamida ingibirlanishi hamda antioksidant fermentlar faolligini oshirishi aniqlangan;
homilador kalamushlarning galoksifop-R-metil va indoksakarb bilan zaharlanishi OFning engil ajralishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida homilador kalamush jigar mitoxondriyalarida energiya konversiyasining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar toksik ta’sir yuqori bo‘lganligi sababli homiladorlikning 13- va 17-kunlarida pestitsidlar bilan zaharlangan guruhlarda eng ko‘p namoyon bo‘lganligi aniqlangan.
in vivo tajribalarda SFL va narsissin flavonoidlari pestitsidlar bilan zaharlangan sharoitida homilador kalamush va uning embrioni jigar mitoxondriyasining NN va ADF/O qiymatlariga samarali ta’sir etib, ularning disfunksiyasini qayta tiklanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Galoksifop-R-metil va indoksakarb pestitsidlari bilan intoksikatsiya qilingan kalamushlarning jigar mitoxondriyalarining disfunksiyasini SFL va narsissin flavonoidlari bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
flavonoidlarining antiradikal faolligi va pestitsidlar keltirib chiqargan intoksikatsiya davrida ularning antioksidant xususiyatlari bo‘yicha natijalardan Xitoy fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika institutining Xalqaro fan va texnologiya markazi va Markaziy Osiyoda dori vositalarini kashf etish va rivojlantirish markazining № 2022VBA0051-sonli qo‘shma loyihalar doirasida antitoksik xususiyatga ega bo‘lgan o‘simlik polifenol birikmalarini aniqlashda foydalanilgan (Xitoy fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika institutining 2026 yil 8 sentabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, yangi avlod flavonoid birikmalari pestitsidlar keltirib chiqargan hujayra funksional buzilishlarini farmakologik korreksiyalash imkonini bergan;
indoksakarb pestitsidi bilan zaharlangan kalamush jigar mitoxondriyalarida soforoflavonozid va narsissin flavonoidlarining lipid peroksidlanishi mahsuloti bo‘lgan malondialdegid miqdoriga va sitoxrom c oksidaza fermentining faolligiga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar yuqori impakt faktorli xorijiy ilmiy jurnallarda biologik ta’sirlarni tavsiflash uchun (indoxacarb kalamushlarda apoptoz orqali gepatotoksiklikni keltirib chiqarishi, F. gummosa ekstraktining potensial terapevtik ta’sirini aniqlash, (P. juliflora) o‘simligining turli qismlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiyot sohasida foydalanish) foydlanilgan (Toxicology Research 2025, 14(6) Scopus CiteScore-3,7; Heliyon 2025, 11(10) Scopus CiteScore-7,8; Bioresource Technology Reports 2023 (V.24 101678) Scopus CiteScore-9,3). Natijada, indokasakarb jiddiy zarar yetkazishi, oksidlovchi stressni kuchaytirishi va F. gummosa ekstrakti sichqonlarda autizmga o‘xshash simptomlarni kamaytirish potensialiga ega ekanligi aniqlangan hamda P. juliflora o‘simligining potentsial qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish imkonini bergan;
pestitsidlar bilan zaharlangan homilador kalamushlar va ularning embrioni jigar mitoxondriyasining disfunksiyasini soforoflavonozid va narsissin flavonoidlari yordamida korreksiya qilishi natijalaridan Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra «Surgut davlat universiteti» ning 2023-2025 yillarda bajarilgan «Neyrodegenerativ va yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarda ichak mikrobiomasining metagenom tahlili, o‘simlik polifenollari ekstraktlari bilan ta’sir ko‘rsatishning zamonaviy strategiyalari» mavzusidagi № 2020-146-11 amaliy loyihasida flavonoidlarni toksik intoksikatsiyalarda va undan kelib chiqadigan metabolik kasalliklarda yangi himoya vositasi (gepatoprotektor) sifatida qo‘llashda foydalanilgan (Rossiya federatsiyasi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra Surgut davlat universitetining 2026 yil 15-sentabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, metabolik kasalliklar va disbakteriozni oldini olish imkonini bergan;
kimyoviy moddalarning prenatal rivojlanishga ko‘rsatadigan bevosita embriotoksik ta’siri bo‘yicha natijalardan Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra «Surgut davlat universiteti» ning 2023-2025 yillarda bajarilgan «Neyrodegenerativ va yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarda ichak mikrobiomasining metagenom tahlili, o‘simlik polifenollari ekstraktlari bilan ta’sir ko‘rsatishning zamonaviy strategiyalari» mavzusidagi № 2020-146-11 amaliy loyihasida ekologik toksikantlar ta’sirida tug‘ilgan avlodda keyinchalik neyrodegenerativ va yurak-qon tomir kasalliklariga moyillikni keltirib chiqaruvchi tug‘ma omillarni aniqlashda foydalanilgan (Rossiya federatsiyasi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra Surgut davlat universitetining 2026 yil 15-sentabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, perinatal toksikologik modellarni yaratish hamda tug‘ma neyrodegenerativ va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini oluvchi o‘simlik polifenollari ekstraktlarining maqsadli terapevtik strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish