Sayt test rejimida ishlamoqda

Xudaykulov Atabek Tillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonining O‘zbekistondagi epidemiologik xususiyatlari», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib279.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Baxrom, tibbiyot fanlari doktori; Xasanov Shavkat Rizaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.N.Bloxin nomidagi onkologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» FDBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ayollar orasida sut bezi saratonini erta tashxislashning kompleks tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratoni bilan xastalangan ayollar soch tolalaridagi temir, rux, kabal`t va xlor mikroelementlari miqdorining o‘zgarishlari kasallik rivojlanishining biomarkerlari bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
onkologik xabardorlikka ega ayollar orasida ginekologik anamnez, yashash muhiti va ijtimoiy holatiga oid mul`tiomillarni umumlashtiruvchi skrining dasturi asosida sut bezi saratonini baholash imkoni ochib berilgan;
Janubi-sharqiy Orolbo‘yi hududi aholisi orasida SBS bilan kasallanish, ekzogen omillar co‘ng endogen omillar bilan bog‘liqligi biokimyoviy tekshiruvlar hamda anamnestik tahlillar asosida isbotlangan;
mikroelement statusi va ayollar somatik holatini umumlashtiruvchi personal bashoratlash hamda sut bezi sartoni rivojlanishi yuqori xavf guruhlarini shakllantiruvchi mul`tiomilli yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonining O‘zbekistonda epidemiologik xususiyatlarini takomillashtirishni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sut bezi saratonining muammolari, erta tashxisoti va profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 martdagi 8n-d/154-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sut bezi saratonining, muammolari, erta tashxislash va oldini olishning strategik chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
sut bezi saratonining O‘zbekistonda epidemiologik xususiyatlarini takomillashtirish sifatini yaxshilashning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm, Buxoro va Qoraqolpog‘iston Respublikasi filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 8n-z/125-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sut bezi sarotoni erta epidemilogik tahlili masalalarini echish, kasallikni erta tashxislash va davolash starategiyasini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish