Kirgizova Gulnaz Mamadalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqbol Mirzoning poetik mahorati”, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1PhD/Fil7000.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar Gofurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc 03/2026.10.06.Fil.10.09 raqamli Ilmiy kengash.
    Rasmiy opponentlar: X.Hamraqulova, filologiya fanlari doktori, professor, Sh.Hasanov, filologiya fanlari doktori, professo.
    Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqbol Mirzo poetik mahoratining shakllanishida ijodiy ta’sir manbalarining o‘rni va ahamiyatini yoritish, she’r tuzilishi, badiiyati tadqiqi vositasida shoir uslubiga xos jihatlarni ko‘rsatish, XX asr oxiri – XXI asr boshlari o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga shoirning qo‘shgan hissasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek xalq qo‘shiqlari, dostonlariga xos fikrning aniq, lo‘nda, ravon ifodasi, o‘ynoqi ohangdorlik, Sharq mumtoz adabiyotiga xos chuqur falsafa, yuksak badiiyat, jahon she’riyatiga xos ijtimoiy-siyosiy masalalarga faol munosabatning ijodiy ta’siri Iqbol Mirzo poetik mahoratining yuksalishida muhim o‘rin tutganligi, davrning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan asarlarning yaratilishida ta’sir manba vazifasini bajarganligi ochib berilgan;
shakliy va evfonik vositalar: refren, naqorat, izosillabizm, parallelizm, anafora, so‘z takrori, alliteratsiya va assonansning she’r musiqiyligi hamda ohangdorligini ta’minlashdagi poetik usullardan samarali foydalanish Iqbol Mirzo mahoratining asosiy jihatlaridan ekanligi, shuningdek, ular mavzu va g‘oya salmoqdorligi, obraz va obrazli ifodadagi ta’sirchanlikni, tuyg‘u va kechinmalardagi hayotiy ifoda hamda lirik qahramonning voqelikka munosabatini yoritishga xizmat qilishi dalillangan;
shoirning o‘zi mansub xalqning vakili sifatida qalam tebratishi, sharqona milliy manzara(yoki tasvir) va tabiat manzaralari, urf-odat va qadriyatlar tasvirida milliylikning namoyon bo‘lishi, she’riy san’atlardan foydalanish orqali fikr va tuyg‘u uyg‘unligidagi ta’sirchanlik, obraz va obrazlilikdagi hayotiylik ta’minlanishi asoslangan;
Iqbol Mirzo she’rlarida qofiya shakliga ko‘ra kesma, aralash, ma’nosiga ko‘ra omonimik va paronimik turlaridan ko‘proq foydalanib, kechinmalardagi g‘alayonli fikrlarni ohang bilan uyg‘unlikdagi ifodasini, barmoq va erkin vaznning vertikal joylashuviga ko‘ra etti bo‘g‘indan to o‘n ikki bo‘g‘inli turoqlanishlargacha, gorizontal joylashuvga ko‘ra izometrik va erkin turoqlanishlardan foydalanib, lirik “men”ning qarama-qarshi, tug‘yonli kechinmalari ifodasini, bandlanishning astrofik va getrometrik ko‘rinishlaridan uyg‘unlikda, ikkilikdan to o‘n ikkilik bandlanish turlariga murojaat etib, davr muammolarini bir chizgi vositasida yoki batafsil yoritishga erishganligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqbol Mirzoning poetik mahoratini tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
Iqbol Mirzo she’riyatining leksik-semantik va uslubiy xususiyatlariga oid xulosalaridan hamda shoirning o‘zi mansub bo‘lgan xalq vakili sifatida ijod qilishi, sharqona manzaralar va tabiat tasvirlari, urf-odat hamda qadriyatlar ifodasida milliylikning namoyon bo‘lishi, she’riy san’atlardan foydalanish orqali fikr va tuyg‘u uyg‘unligidagi ta’sirchanlik, obraz va obrazlilikdagi hayotiylikning ta’minlanishi asoslab berilganligiga doir tahlillardan Farg‘ona davlat universitetining 2022–2023 yillarga mo‘ljallangan AL-FDU-2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazining “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026 yil 2 iyundagi 04/6380-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot xulosalari loyihaning ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
shoirning o‘zi mansub bo‘lgan xalq vakili sifatida qalam tebratishi, sharqona manzaralar va tabiat tasvirlari, urf-odat hamda qadriyatlar ifodasida milliylikning namoyon bo‘lishi, she’riy san’atlardan foydalanish orqali fikr va tuyg‘u uyg‘unligidagi ta’sirchanlik, obraz va obrazlilikdagi hayotiylikning ta’minlanishi asoslab berilganligiga doir ilmiy natijalardan Qo‘qon universitetining AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qo‘qon universitetining 2026 yil 14 iyuldagi 01/03-860-son ma’lumotnomasi). Natijada platformadan foydalanuvchilar yana bir ijodkor haqida yangi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
shakliy va evfonik vositalar: refren, naqorat, izosillabizm, parallelizm, anafora, so‘z takrori, alliteratsiya va assonansning she’r musiqiyligi hamda ohangdorligini ta’minlashdagi muhim o‘rnidan samarali foydalanish Iqbol Mirzo mahoratining asosiy jihatlaridan ekanligi, shuningdek, ular mavzu va g‘oya salmoqdorligini, obraz va obrazli ifodadagi ta’sirchanlikni, tuyg‘u va kechinmalardagi hayotiy ifodani, lirik qahramonning voqelikka munosabatini yoritishga xizmat qilishi yuzasidan chiqarilgan xulosa va tahlil natijalaridan Qo‘qon universitetining AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qo‘qon universitetining 2026 yil 14 iyuldagi 01/03-860-son ma’lumotnomasi). Natijada platformadan foydalanuvchilarning badiiy-estetik va adabiy bilimlari oshirilishiga erishilgan;
o‘zbek xalq qo‘shiqlari va dostonlariga xos fikrning aniq, lo‘nda, ravon ifodasi, o‘ynoqi ohangdorlik, sharq mumtoz adabiyotiga xos chuqur falsafa, yuksak badiiyat, jahon she’riyatiga xos ijtimoiy-siyosiy masalalarga faol munosabatning ijodiy ta’siri Iqbol Mirzo poetik mahoratining yuksalishida muhim o‘rin tutganligi, davrning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan asarlarning yaratilishida ta’sir manbai vazifasini bajarganligi haqidagi yaxlit nazariy umumlashmalari, ilmiy qarashlari va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-2026-yillardagi “Ona tilim”, “Assalom, Farg‘ona!” ko‘rsatuvlari, “Kun mavzusi”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2026 yil 6 iyuldagi 01-12/127-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlarning mazmuni ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, dasturlarda berilgan ilmiy natijalar tinglovchilarning muloqot madaniyati, badiiy tafakkur va falsafiy qarashlari borasidagi bilimlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish