Saidova Nigorabonu Amon qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1172.
Ilmiy rahbar: Ganjiev Feruz Furqatovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassalar) nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Atadjanov Mamirjon Yusupovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishi muloqotchanlikning kommunikativ va tashkilotchilik mayllari bilan, emotsional barqarorlik hamda empatiyaning esa kommunikativ faollik bilan uyg‘unlashuvi orqali suhbatni samarali boshqarish, shaxslararo vaziyatlarga moslashish, hissiy muvozanatni saqlash va pedagogik o‘zaro ta’sirni maqsadli tashkil etishga xizmat qiluvchi kommunikativ-emotsional mexanizmlarning integrativ namoyon bo‘lishi isbotlangan;
pedagogik muloqotni ongli boshqarishga xizmat qiluvchi o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlari vaziyatni tahlil qilish va rejalashtirishning kommunikativ faollik bilan, rejalashtirish hamda o‘z-o‘zini tashkil etish darajasining tashkilotchilik mayllari bilan o‘zaro aloqadorligi natijasida muloqot strategiyasini oldindan belgilash, faoliyat ketma-ketligini tartibga solish va guruhiy jarayonlarni izchil boshqarish imkonini beruvchi kognitiv-regulyativ resurslar sifatida ilmiy jihatdan asoslangan;
kasbiy o‘zini anglash jarayonida kasbga qiziqish va ichki motivatsiyaning kommunikativ faollikni kuchaytirishi, kasbiy maqsadlarni belgilash hamda o‘z kasbiy o‘rni va rolini anglashning tashkilotchilik salohiyati bilan uyg‘unlashuvi orqali pedagogik muloqotga ongli kirishish, kasbiy vazifalarni maqsadli rejalashtirish va jamoaviy faoliyatni boshqarishga xizmat qiluvchi motivatsion-identifikatsion mexanizmlarning shakllanishi dalillangan;
kommunikativ-tashkiliy kompetensiyalarning psixologik mazmuni ifodali nutq, muloqotga ijobiy munosabat, hamkorlik ko‘nikmalari va qulay kommunikativ shartlarning kommunikativ faollik bilan, ijtimoiy-perseptiv sezgirlik hamda hamkorlikka tayyorlikning esa tashkilotchilik bilan birikishi natijasida suhbatni mazmunli olib borish, shaxslararo signallarni adekvat anglash, jamoaviy o‘zaro ta’sirni muvofiqlashtirish va vaziyatga mos kommunikativ strategiyalarni tanlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari»ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishi muloqotchanlikning kommunikativ va tashkilotchilik mayllari bilan, emotsional barqarorlik hamda empatiyaning esa kommunikativ faollik bilan uyg‘unlashuvi orqali suhbatni samarali boshqarish, shaxslararo vaziyatlarga moslashish, hissiy muvozanatni saqlash va pedagogik o‘zaro ta’sirni maqsadli tashkil etishga xizmat qiluvchi kommunikativ-emotsional mexanizmlarning integrativ namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (“Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlangan;
pedagogik muloqotni ongli boshqarishga xizmat qiluvchi o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlari vaziyatni tahlil qilish va rejalashtirishning kommunikativ faollik bilan, rejalashtirish hamda o‘z-o‘zini tashkil etish darajasining tashkilotchilik mayllari bilan o‘zaro aloqadorligi natijasida muloqot strategiyasini oldindan belgilash, faoliyat ketma-ketligini tartibga solish va guruhiy jarayonlarni izchil boshqarish imkonini beruvchi kognitiv-regulyativ resurslar sifatida ilmiy jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (“Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlanishida kommunikativ hamda tashkilotchilik omillarini ahamiyatini ochib berilgan;
kasbiy o‘zini anglash jarayonida kasbga qiziqish va ichki motivatsiyaning kommunikativ faollikni kuchaytirishi, kasbiy maqsadlarni belgilash hamda o‘z kasbiy o‘rni va rolini anglashning tashkilotchilik salohiyati bilan uyg‘unlashuvi orqali pedagogik muloqotga ongli kirishish, kasbiy vazifalarni maqsadli rejalashtirish va jamoaviy faoliyatni boshqarishga xizmat qiluvchi motivatsion-identifikatsion mexanizmlarning shakllanishi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (“Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatining muloqotchanlik, emotsional barqarorlik va empatiyaga bog‘liq jihatlarini ochib berilgan;
kommunikativ-tashkiliy kompetensiyalarning psixologik mazmuni ifodali nutq, muloqotga ijobiy munosabat, hamkorlik ko‘nikmalari va qulay kommunikativ shartlarning kommunikativ faollik bilan, ijtimoiy-perseptiv sezgirlik hamda hamkorlikka tayyorlikning esa tashkilotchilik bilan birikishi natijasida suhbatni mazmunli olib borish, shaxslararo signallarni adekvat anglash, jamoaviy o‘zaro ta’sirni muvofiqlashtirish va vaziyatga mos kommunikativ strategiyalarni tanlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan tasdiqlanganligiga oid yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (“Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi” ning 2026-yil 21-apreldagi PM-81 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan psixokorreksion modelini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish