Shomurodova Dil`noza Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollardagi preeklampsiyalarda asab tizimi zararlanishining klinik xususiyatlari va davo usullarini takomillashtirish yo‘llari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib650.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarda asab tizimining klinik-nevrologik xususiyatlari va prognozlarini aniqlash hamda serebrovaskulyar patologiyaning oldini olishga qaratilgan kompleks davo ketma-ketligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarda homiladorlikning uchinchi trimestrida endotelial disfunksiya belgilari asimmetrik dimetilarginin (ADMA) hamda Villebrand omili (FV) orasidagi bog‘liqlik orqali aniqlangan;
endotelial disfunksiya markerlari bilan birgalikda funksional tekshirish usullari (UZDG BSS, TKDG, EEG) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi preeklampsiyaning og‘irlik darajasiga qarab, asab tizimi buzilishlari o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya aloqasi aniqlangan;
preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarda kech homiladorlikdagi davo kompleksiga tivortin va pantogam preparatlarini qo‘llash orqali terapevtik yondashuv takomilashtirilgan;
ilk bor preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarni kompleks boshqarishga hamda keyinchalik rivojlanishi mumkin bo‘lgan serebrovaskulyar patologiyaning oldini olishga qaratilgan homiladorlikning uchinchi trimestrida qo‘llaniladigan ketma-ketlik ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollardagi preeklampsiyalarda asab tizimi zararlanishining klinik xususiyatlari va davo usullarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarni homiladorlikning uchinchi trimestrida kompleks olib borish algoritmi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 maydagi 8n-d/97-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlar preeklampsiyasining klinikasi, patogenetik rivojlanish mexanizmlari, samarali davolashga qaratilgan yangicha yondashuvlar, ushbu toifadagi homilador ayollarda keyinchalik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar, preeklampsiya og‘ir darajalarining va ushbu toifadagi ayollarda serebrovaskulyar patologiya rivojlanish profilaktikasi va xavf guruhlarini nazoratga olish imkonini bergan.
tivortin va pantogam preparatlarini qo‘llagan holda homiladorlar preeklampsiyani davolash uchun ishlab chiqilgan yangicha yondashuvlar asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand shahrining viloyat perinatal markazida, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq majmuasida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 8n-z/108-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy kilinishi preeklampsiyasi bo‘lgan homilador ayollarni davolash samaradorligini oshirish, og‘ir asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish