Baxronova Shoira Yadgarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P954.
Ilmiy rahbar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassalar) nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar va ularning ta’sir xususiyatlari aniqlandi;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik natijalari ochib berildi;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir tashxis metodikalari tizimlashtirildi;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga mo‘ljallangan psixologik treninglar ishlab chiqildi va uning samaradorligi baholandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlari»ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar va ularning ta’sir xususiyatlari aniqlanganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy hunarmandchilik orqali uyushmagan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar va ularning ta’sir xususiyatlarini o‘rganishga oid nazariy bilimlarni boyitishga erishilgan;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik natijalari ochib berilganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostikasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushmagan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni ilmiy talqin qilishga oid bilimlarni takomillashtirishga erishilgan;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir tashxis metodikalari tizimlashtirilganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostikasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushmagan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini baholashga qaratilgan psixodiagnostik metodikalarni tanlash, qo‘llash va natijalarini sharhlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishilgan;
milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga mo‘ljallangan psixologik treninglar ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi baholanganligiga oid ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 15-sentyabrdagi PM-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy hunarmandchilik asosida uyushmagan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglarni tashkil etish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha amaliy tayyorgarlikni takomillashtirishga erishilgan.