Axmedova Maxira Sultanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uyushmagan yoshlar ijtimoiy moslashuvining psixologik determinantlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1135.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Muxtarov Otabek Shuxratjanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uyushmagan yoshlar ijtimoiy moslashuvining psixologik determinantlarini aniqlashtirish asosida ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushmagan yoshlarning oilaviy munosabatlaridagi differensial tafovutlarga ko‘ra ajrashgan yoshlar orasida o‘zlari voyaga etgan oila tipi (to‘liq, ajrashgan, beva)ga bog‘liq holda ijtimoiy nazoratning kuchli, fuqarolik nikohidagi yoshlar orasida esa sust ifodalanishi atrofdagilarni idrok qilish darajasiga ta’sir sababli ularning ijtimoiy moslashuvida tashqi nazorat, emotsional komfort, boshqalarni qabul qilish xususiyatlariga ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
uyushmagan yoshlarning nizoli vaziyatlardagi raqobat usuli tashqi nazoratga identiv kechishi, hamkorli usuli o‘zini qabul qilish darajasini kuchaytirib, shaxsning o‘ziga salbiy munosabatini pasaytirishi, kompromiss usuli moslashganlikni kamaytirishi, yon berish usuli adaptiv xususiyatlarni yaqqol namoyon bo‘lishiga olib kelishi, moslashish usuli esa ichki nazoratga teskari ta’sir etishi aniqlangan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashuvida oilaviy va shaxslararo munosabatlardagi internallikning eskapizm, boshqalarni qabul qilmaslik, ichki nazorat bilan teskari bog‘lanishlarga egaligi tufayli sub’ektiv lokus nazoratining usutvor xususiyatlari muhim psixologik determinant ekanligi dalillangan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashuvida pozitiv kechinmalar ustuvorlik va eskapizm bilan determinatsiyalashib, o‘ziga xos tarzda yoshlarning “passiv hayot tarzi”ni, negativ kechinmalar ergashuvchanlikni, xavotirli-depressiv kechinmalar dinamikasi esa o‘zini-o‘zi qabul qilmaslikni kuchaytirayotganligiga asoslanib differensial emotsiyalarning ustuvor jihatlari muhim psixologik determinant ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Uyushmagan yoshlar ijtimoiy moslashuvining psixologik determinantlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
uyushmagan yoshlarning oilaviy munosabatlaridagi differensial tafovutlarga ko‘ra ajrashgan yoshlar orasida o‘zlari voyaga etgan oila tipi (to‘liq, ajrashgan, beva)ga bog‘liq holda ijtimoiy nazoratning kuchli, fuqarolik nikohidagi yoshlar orasida esa sust ifodalanishi atrofdagilarni idrok qilish darajasiga ta’sir sababli ularning ijtimoiy moslashuvida tashqi nazorat, emotsional komfort, boshqalarni qabul qilish xususiyatlariga ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlarning oilaviy munosabatlarini ijtimoiy moslashuv darajasiga ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
uyushmagan yoshlarning nizoli vaziyatlardagi raqobat usuli tashqi nazoratga identiv kechishi, hamkorli usuli o‘zini qabul qilish darajasini kuchaytirib, shaxsning o‘ziga salbiy munosabatini pasaytirishi, kompromiss usuli moslashganlikni kamaytirishi, yon berish usuli adaptiv xususiyatlarni yaqqol namoyon bo‘lishiga olib kelishi, moslashish usuli esa ichki nazoratga teskri ta’sir etishi aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyasi va ijtimoiy moslashuv darajasi orasidagi bog‘liqlikning differensial farqlari soslab berilgan.
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashuvida oilaviy va shaxslararo munosabatlardagi internallikning eskapizm, boshqalarni qabul qilmaslik, ichki nazorat bilan teskari bog‘lanishlarga egaligi tufayli sub’ektiv lokus nazoratining usutvor xususiyatlari muhim psixologik determinant ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlar ijtimoiy moslashuviga sub’ektiv lokus nazoratining ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy moslashuvida pozitiv kechinmalar ustuvorlik va eskapizm bilan determinatsiyalashib, o‘ziga xos tarzda yoshlarning “passiv hayot tarzi”ni, negativ kechinmalar ergashuvchanlikni, xavotirli-depressiv kechinmalar dinamikasi esa o‘zini-o‘zi qabul qilmaslikni kuchaytirayotganligiga asoslanib differensial emotsiyalarning ustuvor jihatlari muhim psixologik determinant ekanligi isbotlanganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-iyundagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlar ijtimoiy moslashuvining differensial emotsiyalar bilan bog‘liq jihatlarini tadqiq etish asosida ularning ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.