Abdusalomov Ulug‘bek Sattarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishida talabalarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1066.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Zulfiya Mexmonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Zaymetov Husan Avasxonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumabaev Timur Jalgasbaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishida talabalarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda o‘quv mashg‘ulotlariga moslashish irodaviy zo‘r berish talab etganligi bois matonatlilikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli ta’lim bosqichiga bog‘liq indikatorlar muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi harbiy-taktik mashg‘ulotlarda o‘z zimmasiga javobgarlikni olish, maqsadda intiluvchanlik va tashabbuskorlik bilan integrativ rivojlanishiga asoslanib mas’uliyatlilik va qat’iyatlilikning namoyon bo‘lishi yoshga oid xususiyat ekanligi dalillangan, o‘smir yoshlarda internetdan foydalanishda zo‘riqish-bo‘shashish va hissiy beqarorlik oshishi natijasida, noto‘g‘ri ma’lumotlarga, zararli kontentga oson tushishi hamda eksternal lokus nazorat shakllanishi isbotlangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda shaxsdagi ekstroversiya qat’iyatlilik va bardoshlilikni, introversiya esa o‘zini boshqarish va mas’uliyatlilikni o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib individual-tipologik xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirish uchun maqsadga intilish, jasorat, matonat, tashabbuskorlik, chidamlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish muhimligi tufayli psixokorreksion faoliyatda integrativ modelni qo‘llash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishida talabalarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda o‘quv mashg‘ulotlariga moslashish irodaviy zo‘r berish talab etganligi bois matonatlilikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli ta’lim bosqichiga bog‘liq indikatorlar muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-413a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-413-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi harbiy-taktik mashg‘ulotlarda o‘z zimmasiga javobgarlikni olish, maqsadda intiluvchanlik va tashabbuskorlik bilan integrativ rivojlanishiga asoslanib mas’uliyatlilik va qat’iyatlilikning namoyon bo‘lishi yoshga oid xususiyat ekanligi dalillangan, o‘smir yoshlarda internetdan foydalanishda zo‘riqish-bo‘shashish va hissiy beqarorlik oshishi natijasida, noto‘g‘ri ma’lumotlarga, zararli kontentga oson tushishi hamda eksternal lokus nazorat shakllanishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-413a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-413-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida irodaviy sifatlarni shakllantirishga oid psixodiagnostik tekshiruvlarni amalga oshirish va tizimlashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirishda shaxsdagi ekstroversiya qat’iyatlilik va bardoshlilikni, introversiya esa o‘zini boshqarish va mas’uliyatlilikni o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib individual-tipologik xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-413a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-413-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida irodaviy sifatlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilingan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining irodaviy sifatlarini shakllantirish uchun maqsadga intilish, jasorat, matonat, tashabbuskorlik, chidamlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish muhimligi tufayli psixokorreksion faoliyatda integrativ modelni qo‘llash zarurati isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-413a-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-413-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida irodaviy sifatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturlari ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish