Mangitbaeva Zayfun Uzakbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hozirgi qoraqalpoq tilida ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning struktur-semantik tahlili, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4823.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.05/2025.27.12.Fil.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qarlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Seydullaeva Darigul Yuldashbaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilida ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash va ularning komponentlari o‘rtasidagi semantik-sintaktik aloqalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq tilidagi ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning ikki komponentli qo‘shma gaplardan farqli mustaqil struktur-semantik xususiyatlarga ega murakkab sintaktik qurilma ekanligi, predikativ birliklarning grammatik, semantik va kommunikativ munosabatlar asosida yaxlit mazmuniy butunlikni hosil qilishi asoslangan;
ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning uyushiq va uyushmagan turlari struktur-semantik hamda kommunikativ mezonlar asosida farqlanib, komponentlarning grammatik tengligi har doim ham ularning semantik tengligini anglatmasligi dalillangan;
qoraqalpoq tilidagi ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili, bog‘lovchisiz va aralash bog‘lanish xususiyatlari aniqlanib, da/de, biraq, al bog‘lovchilari, -p ravishdosh shakli va ohangning komponentlararo munosabatlarni ifodalashdagi funksional-semantik vazifalari ochib berilgan;
uyushiq va uyushmagan ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarda predikativ birliklarning struktur-semantik bloklarga birlashishi, ikki komponentning yagona mazmuniy birlik sifatida uchinchi komponent bilan munosabatga kirishishi natijasida binar strukturaning shakllanishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilidagi ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning ikki komponentli qo‘shma gaplardan farqli mustaqil struktur-semantik xususiyatlarga ega murakkab sintaktik qurilma ekanligi, predikativ birliklarning grammatik, semantik va kommunikativ munosabatlar asosida yaxlit mazmuniy butunlikni hosil qilishi asoslanganligiga doir nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik manzarasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 22-sentyabrdagi № 564/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folklori matnlaridagi ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning struktur-semantik xususiyatlari va etnomadaniy konseptlarni ifodalashdagi o‘rnini yoritish imkoniyatlari kengayib, loyihaning ilmiy-nazariy mazmuni yangi sintaktik tahlillar bilan boyitilgan.
ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning uyushiq va uyushmagan turlari struktur-semantik hamda kommunikativ mezonlar asosida farqlanib, komponentlarning grammatik tengligi har doim ham ularning semantik tengligini anglatmasligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 22-sentyabrdagi № 563/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq folklori va badiiy adabiyot namunalaridagi ko‘p komponentli qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilishi, uyushiq va uyushmagan komponentlarning grammatik-semantik munosabatlari hamda matnlarning mazmuniy yaxlitligini izohlash imkoniyatlari kengayib, loyihaning ilmiy mazmuni yangi lingvistik tahlillar bilan boyitilgan.
qoraqalpoq tilidagi ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili, bog‘lovchisiz va aralash bog‘lanish xususiyatlari aniqlanib, da/de, biraq, al bog‘lovchilari, -p ravishdosh shakli va ohangning komponentlararo munosabatlarni ifodalashdagi funksional-semantik vazifalari ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 22-sentyabrdagi № 378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi murakkab sintaktik qurilmalarni o‘rgatish, bog‘lovchi vositalarning grammatik-semantik vazifalarini tushuntirishga oid metodik yondashuvlar yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilib, ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
uyushiq va uyushmagan ko‘p komponentli bog‘langan qo‘shma gaplarda predikativ birliklarning struktur-semantik bloklarga birlashishi, ikki komponentning yagona mazmuniy birlik sifatida uchinchi komponent bilan munosabatga kirishishi natijasida binar strukturaning shakllanishi isbotlanganligi xususidagi qarashlardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Xabar”, “Ona tilim” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida zarur manba sifatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 26-dekabrdagi 05-22.768-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilining murakkab fikrlarni izchil va mazmunan yaxlit ifodalash imkoniyatlarini yoritish orqali ona tiliga hurmat, milliy o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarga ehtiromni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish