Seytmuratova Arıwxan Ajiniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hozirgi qoraqalpoq tilida tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik tahlili , 10.00.03. – Qoraqalpaoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7020.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.05/25.27.12.Fil.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Biybisanam Turdibaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, dotsent; Tolıbaev Xojaaxmed Elbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
terminologiyani o‘rganishning nazariy masalalari umumiy tilshunoslik, rus va turkiy tilshunoslik materiallari asosida tahlil qilinib, qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari aniqlangan;
qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining shakllanish manbalari aniqlanib, ularning turkiy tillarga umumiy qatlamlari, arab-fors hamda Evropa tillaridan o‘zlashgan terminlarning tarixiy-lingvistik xususiyatlari tizimlashtirilgan;
tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik xususiyatlari hamda strukturaviy tuzilishi tahlil qilinib, ularning til tizimidagi o‘rni, ma’noviy munosabatlari va qo‘llanish xususiyatlari aniqlangan;
tasviriy san’at terminlari leksik-tematik tamoyil asosida tasniflanib, rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikka oid terminlarning lingvistik xususiyatlari tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
terminologiyani o‘rganishning nazariy masalalari umumiy tilshunoslik, rus va turkiy tilshunoslik materiallari asosida tahlil qilinib, qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslarini aniqlashga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi tomonidan umumta’lim maktablarining 8-sinf ona tili darsligini yaratish va takomillashtirish jarayonida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 30-martdagi 116-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining nazariy mazmunini o‘quvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazishga yo‘naltirilgan izohlar takomillashtirilib, ularni til hodisalari bilan bog‘liq holda anglash, taqqoslash hamda nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining shakllanish manbalari aniqlanib, ularning turkiy tillarga umumiy qatlamlari, arab-fors hamda Evropa tillaridan o‘zlashgan terminlarning tarixiy-lingvistik xususiyatlarini tizimlashtirishga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan ilmiy seminarlar, madaniy tadbirlar hamda muzey fondlarini ilmiy jihatdan boyitish ishlarida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligigining 2026-yil 1-apreldagi 02-04/725 son ma’lumotnomasi).Natijada, muzey fondlaridagi tasviriy san’atga oid materiallarni tavsiflash va izohlash jarayonida terminlarning kelib chiqishi hamda tarixiy shakllanish xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati kengaytirilib, tasviriy san’at terminlarining tarixiy-lingvistik xususiyatlarini ilmiy asosda yoritish hamda tashrif buyuruvchilarga mazkur terminlarning mazmun-mohiyatini aniq va izchil tushuntirishga erishildi.
tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik xususiyatlari hamda strukturaviy tuzilishini tahlil qilish, ularning til tizimidagi o‘rni, ma’noviy munosabatlari va qo‘llanish xususiyatlarini aniqlashga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining qoraqalpoq tilida olib borilgan “Yoshlar va biznes” ko‘rsatuvida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” hamda “Xayrli tong” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2026-yil 12-iyundagi 05-22/288-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at terminlarining ma’noviy tuzilishi, semantik munosabatlari va strukturaviy xususiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlardan ommaviy axborot vositalarida tayyorlangan ko‘rsatuv va eshittirishlarning mazmunini ilmiy jihatdan boyitish, terminlarning qo‘llanish doirasi va nutqiy imkoniyatlarini keng jamoatchilikka tushunarli shaklda yoritish hamda qoraqalpoq tiliga oid ilmiy-lingvistik bilimlarni ommalashtirishda foydalanildi.
tasviriy san’at terminlarini leksik-tematik tamoyil asosida tasniflash, rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikka oid terminlarning lingvistik xususiyatlarini tizimlashtirishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” nomli fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 8-iyundagi 265/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi tasviriy san’at terminlarining leksik-tematik guruhlari, xususan, rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikka oid terminlar tizimlashtirilib, ularning lingvistik xususiyatlarini qiyosiy va tizimli o‘rganish imkoniyati kengaytirildi hamda mazkur terminologik qatlamning qoraqalpoq tilining leksik va terminologik fondidagi o‘rnini belgilashga xizmat qiluvchi ilmiy materiallar shakllantirildi.