Berdimuratova Gulnur Amudillaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpoq folklorida “Oila” konsepti, 10.00.03. – Qoraqalpaoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2485.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.05/2025.27.12.Fil.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Biybisanem Turdibaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Matjanova Ayjamal Jarılkapovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilshunosligida “oila” konseptini ifodalovchi leksik, kognitiv va stilistik vositalarning qo‘llanilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda konsept tushunchasining o‘rganilish tarixi ilmiy-nazariy manbalar bilan dalillanib, lingvokognitiv va lingvomadaniy yo‘nalishda tizimli o‘rganildi hamda uning konseptual tuzilishi, semantik ko‘lami, tarkibi va chegarasi nazariy jihatdan asoslab berilgan;
“oila” tushunchasi qoraqalpoq tilining leksik-semantik maydoni paremiologik materiallari asosida modellashtirilib, uning milliy dunyoqarashdagi o‘rni va madaniy-axborot vazifasi isbotlangan;
qoraqalpoq maqol-matallari asosida “oila” konseptining an’anaga oid tarkibiy qismlari, ota, ona va farzand obrazlarining konseptuallashuv xususiyatlari aniqlanib, ularning semantik va aksiologik belgilari tizimlashtirilgan;
“oila” konsepti tarkibidagi umuminsoniy va milliy-madaniy belgilar ajratilib, uning lingvomadaniy xususiyatlari stilistik vositalar orqali tahlil qilindi hamda kognitiv jihati ilk bor kompleks tarzda tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi “Oila” konseptini lingvokulturologik tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
tilshunoslikda konsept tushunchasining o‘rganilish tarixi ilmiy-nazariy manbalar bilan dalillanib, lingvokognitiv va lingvomadaniy yo‘nalishda tizimli o‘rganildi hamda uning konseptual tuzilishi, semantik ko‘lami, tarkibi va chegarasi nazariy jihatdan asoslashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” nomli fundamental loyihada foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 13-iyuldagi 347/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda yangicha yondashuvlar asosida qarindoshlik atamalarining leksik-semantik belgilarini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi;
“oila” tushunchasi qoraqalpoq tilining leksik-semantik maydoni paremiologik materiallari asosida modellashtirilib, uning milliy dunyoqarashdagi o‘rni va madaniy-axborot vazifasiga oid ma’lumotlar sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali tomonidan “Davr nafasi”, “Xabar” axborot dasturlari orqali “Qoraqalpoq folklorida oila konsepti” maqolasidan foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2026-yil 30-yanvardagi 05-22/55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalqining oila bilan bog‘liq milliy-madaniy qadriyatlari haqidagi ma’lumotlar radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minladi va tinglovchilar qiziqishini oshirdi;
qoraqalpoq maqol-matallari asosida “oila” konseptining an’anaga oid tarkibiy qismlari, ota, ona va farzand obrazlarining konseptuallashuv xususiyatlari aniqlanib, ularning semantik va aksiologik belgilari tizimlashtirish. “oila” konsepti tarkibidagi umuminsoniy va milliy-madaniy belgilar ajratilib, uning lingvomadaniy xususiyatlari stilistik vositalar orqali tahlil qilindi hamda kognitiv jihati ilk bor kompleks tarzda tavsiflashga oid xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari va an’analari bo‘yicha ko‘rgazma hamda ekskursiya jarayonlarida, muzeyga kelgan mehmonlarga milliy xususiyatini ochib berishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2025-yil 18-dekabrdagi №4-03/27/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga kelgan mehmonlarni qoraqalpoq xalqiga xos oilaviy an’analar bilan yaqindan tanishtirishda hamda milliy urf-odatlar aks etgan ko‘rgazmalar ssenariylarini tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish