Yuldasheva Gulnora Saparbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10631.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Mahzuna Tursunovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha 6–7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari xorijiy tadqiqotlar tendensiyalari va zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlili asosida bolaning o‘zini anglashi, o‘ziga munosabati va ijtimoiy muhitda faol namoyon bo‘lishining o‘zaro aloqadorligi nuqtayi nazaridan aniqlashtirilgan;
maktabgacha 6–7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish metodikasining mazmuni bolaning shaxsiy rivojlanishi, o‘zini baholash va ijtimoiy tajribani egallash xususiyatlarini hisobga olgan holda kognitiv, emotsional, faoliyatli va refleksiv komponentlar asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish modeli rivojlanish markazlari va ta’limiy-o‘yin faoliyatlarini Ijtimoiy- “Men” Lab, SELF hamda AVEN texnologiyalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha 6–7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari, indikatorlari va diagnostik vositalari takomillashtirilib, metodika samaradorligi matematik-statistik tahlil asosida aniqlangan hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha 6–7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari xorijiy tadqiqotlar tendensiyalari va zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlili asosida bolaning o‘zini anglashi, o‘ziga munosabati va ijtimoiy muhitda faol namoyon bo‘lishining o‘zaro aloqadorligi nuqtayi nazaridan tavsiyalar 5111800 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirishga oid nazariy bilimlari va pedagogik faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish metodikasining mazmuni bolaning shaxsiy rivojlanishi, o‘zini anglashi va ijtimoiy tajribani egallash xususiyatlarini hisobga olgan holda kognitiv, emotsional, faoliyatli va refleksiv komponentlar asosida aniqlashtirilib, 5111800 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i nashr ruxsatnomasi) Natijada, 6-7 yoshli bolalarda o‘zini anglash, o‘ziga munosabat bildirish, mustaqil faoliyat yuritish va o‘z xatti-harakatlarini baholash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish modeli rivojlanish markazlari va ta’limiy-o‘yin faoliyatlarini Ijtimoiy- “Men” Lab, SELF hamda AVEN texnologiyalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilib, taklif va tavsiyalari 5111800 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i nashr ruxsatnomasi). Natijada, 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish jarayonida rivojlanish markazlari, ta’limiy-o‘yin faoliyatlari va integratsiyalashgan texnologiyalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari kengaytirilgan;
maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning “Men” konsepsiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezonlari, indikatorlari va diagnostik vositalari takomillashtirilib, metodika samaradorligi matematik-statistik tahlil asosida aniqlangan hamda ilmiy-metodik tavsiyalari amaliyotga tatbiq etilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti 2026-yil
14-iyuldagi 11-05-4326/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarning “Men” konsepsiyasini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.