Mamutov Ravshan Aminaddinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatidagi yirik magistral kollektorlardagi suv resurslarini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish”05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumaboevich – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori (05.09.07); Sayidov Malikjon Temirovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti “Daryo, kanal va inshootlar gidravlikasi” laboratoriyasi mudiri, PhD katta ilmiy xodim (05.09.07).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Yirik magistral kollektorlardagi suv resurslarini boshqarish hamda ulardagi suv oqimining gidravlik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryoliq magistral kollektorida to‘planadigan suv resurslarining miqdoriy parametrlarini hamda Divanko‘l kollektorida shakllanadigan o‘rtacha ko‘p yillik suv oqimining prognoz parametrlari baholangan.
Farkash lemmasi asosida Meliorativ tizimda suv resurslarini samarali boshqarish va taqsimotining matematik modeli takomillashtirilgan.
diffuzion nazariyaning A.A.Samarskiy usuli asosida irrigatsiya kanallarida kollektor suvlarini diffuzion aralashish dinamikasini xisoblash usuli takomillashtirilgan.
ochiq gorizntal kollektor-drenaj tarmoqlarida gidravlik qarshilik koeffisientini aniqlashning yarim empirik ifodasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik magistral kollektorlardagi suv resurslarini boshqarish hamda ulardagi suv oqimining gidravlik parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Divanko‘l kollektorida shakllanadigan o‘rtacha ko‘p yillik suv oqimining aniqlangan prognoz parametrlari hamda o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi taqsimotining 1, 5, 10, 50, 75, 96 suv ta’minotida kollektordagi suv resurslarini shakllanishining baholangan parametrlari, Divanko‘l magistral kollektorining irrigatsiya kanallariga suv tashlash uchastkalarida o‘rnatiladigan nasos qurilmalarining bosimli quvurlarining eksperimental aniqlangan gidravlik parametrlari, Divanko‘l kollektori uchastkalarida eksperimental aniqlangan gidravlik qarshilik koeffisienti, meliorativ tizimda suv resurslarini samarali boshqarish va taqsimotining ishlab chiqilgan gidravlik hisoblash usuli, irrigatsiya kanallarida kollektor suvlarini diffuzion aralashish dinamikasining takomillashtirilgan xisoblashning usuli, ochiq gorizontal kollektor-drenaj tarmoqlarida gidravlik qarshilik koeffisientini hisoblashning ishlab chiqilgan yarim empirik usuli Chapqirg‘oq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 15 iyundagi 02/20-947-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Divanko‘l kollektorining Gurlan va Yangibozor tumanlaridan o‘tuvchi uchastkasidan qo‘shimcha 32 m3/s ga qadar kollektor suvlarini irrigatsiya kanallariga olish imkoniyati yaratilgan.
Divanko‘l kollektorida shakllanadigan o‘rtacha ko‘p yillik suv oqimining baholangan prognoz parametrlari, optimallik nazariyasining dekompozisiya tamoyili asosida meliorativ tizimda suv resurslarini samarali boshqarish va taqsimotining gidravlik hisoblash usuli, irrigatsiya kanallarida kollektor suvlarini diffuzion aralashish dinamikasining xisoblashning takomillashtirilgan usuli, Karmanning fenomenalogik nazariyasi usullari asosida ochiq gorizontal kollektor-drenaj tarmoqlarida gidravlik qarshilik koeffisientini hisoblashning yarimempirik usuli Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB huzuridagi meliorativ ekspedisiya faoliyatiga tadbiq etildi etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 15 iyundagi 02/20-947-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyatdagi magistral kollektorlarida shakllanadigan suv resurslarining o‘rtacha 1,2 mlrd.m3 xajmdagisini irrigatsiya kanallariga tashlashning ilmiy-texnologik asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish