Xodjaeva Nafosat Xabibulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillit kechishining klinik-biokimyoviy xususiyatlari” 14.00.04 - Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: № B2023.3.PhD/Tib3739.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Guseynov Nazim Mamed ugli, tibbiyot fanlar doktori, professor (Ozarbayjon), Voxidov Ulug‘bek Nuridinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tishlar kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillit kechishini klinik-biokimyoviy xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitning oddiy shakli 40,0%, toksiko-allergik shakli 1 daraja 42,9%, toksiko-allergik shakli 2 daraja 17,1% holatda uchrashi hamda tish kariesining tarqalish darajasiga ko‘ra surunkali tonzillitning kechimining og‘irlashuvi to‘g‘ri proporsional ekanligi aniqlangan;
mikrobiologik tekshiruv natijasida tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kasallikning qo‘shma kechishi natijasida S.pyogenes (69,6%), S.aureus (27,8%), S.viridans (13,1%), hamda mikroblar assotsiyalarining ko‘p uchrashi isbotlangan;
tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda tanglay murtaklari ajralmasida IL-10 22,6±1,67 pg\ml, IL-6 11,1±1,19 pg\ml, FNO-a 8,68±0,79 pg\ml ekanligi isbotlangan;
tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitni qaytalanishini bashorat qilish yordamida kasallikni erta davolash va qaytalanishlarni oldini olish imkonini bergan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/29-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2026 yil 12 yanvardagi №364-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitning oddiy shakli 40,0%, toksiko-allergik shakli 1 daraja 42,9%, toksiko-allergik shakli 2 daraja 17,1% holatda uchrashi hamda tish kariesining tarqalish darajasiga ko‘ra surunkali tonzillitning kechimining og‘irlashuvi to‘g‘ri proporsional ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi №10-25/700-t xulosasi bilan tasdiqlangan “Tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitni tashxislashni maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 1 noyabrdagi 67-sonli buyruq asosida) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 20 noyabrdagi 178-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kasallik tarqalganligi darajasini aniqlash va o‘zaro kechimini tahlil qilish kompleks tashxislash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kompleks tashxislash algoritmini qo‘llash takroriy va maqsadsiz tekshiruvlarni kamaytirish, mikrobiologik hamda klinik-biokimyoviy tahlillarni klinik ko‘rsatmalar asosida maqsadli buyurish imkonini berdi. Bu esa bir bemorga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni o‘rtacha 82 000 so‘mga kamaytirdi. Mazkur yondashuv bir yilda o‘rtacha 50 nafar bemorga tatbiq etilganda yillik iqtisodiy samara 4 100 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kasallikni tarqalishi va o‘ziga xos kechishini inobatga olish kompleks tashxislash samaradorligini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mikrobiologik tekshiruv natijasida tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kasallikning qo‘shma kechishi natijasida S.pyogenes (69,6%), S.aureus (27,8%), S.viridans (13,1%), hamda mikroblar assotsiyalarining ko‘p uchrashi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi №10-25/700-t xulosasi bilan tasdiqlangan “Tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitni tashxislashni maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 1 noyabrdagi 67-sonli buyruq asosida) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 20 noyabrdagi 178-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i va tanglay murtaklaridagi mikroflorani qiyosiy tahlil qilish davolash taktikasini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni o‘rtacha 115 000 so‘mga kamaytirdi. Mazkur yondashuv bir yilda o‘rtacha 50 nafar bemorga tatbiq etilganda yillik iqtisodiy samara 5750000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘i va tanglay murtaklaridagi mikroflorani qiyosiy tahlil qilish tashxislash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga imkon yaratadi.
uchinchi ilmiy yangilik: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda tanglay murtaklari ajralmasida IL-10 22,6±1,67 pg\ml, IL-6 11,1±1,19 pg\ml, FNO-a 8,68±0,79 pg\ml ekanligi isbotlangan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi №10-25/699-t xulosasi bilan tasdiqlangan “Tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillit kechimining klinik-biokimyoviy xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 1 noyabrdagi 67-sonli buyruq asosida) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 20 noyabrdagi 178-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarni og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik-biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘lishi isbotlangan, bu esa kasallikning kechishi hamda o‘zaro ta’sirini baholashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kompleks baholash o‘tkazilgan, shuning hisobiga, bir bemorga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni o‘rtacha 90 000 so‘mga kamaytirdi. Mazkur yondashuv bir yilda o‘rtacha 50 nafar bemorga tatbiq etilganda yillik iqtisodiy samara 4500000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda klinik-biokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash tashxislash samaradorligini oshirishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillitni qaytalanishini bashorat qilish yordamida kasallikni erta davolash va qaytalanishlarni oldini olish imkonini bergan, hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 2025 yil 27 oktyabrdagi №10-25/699-t xulosasi bilan tasdiqlangan “Tish kariesi bo‘lgan bemorlarda surunkali tonzillit kechimining klinik-biokimyoviy xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 1 noyabrdagi 67-sonli buyruq asosida) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 20 noyabrdagi 178-sonli buyruq asosida) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish kariesi fonida surukali tonzillitni kechishini bashoratlash kasalliq qaytalanishi kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorda o‘rtacha 95000 so‘mgacha qisqaradi. Bu nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni kamaytiradi, balki bemorlarning iqtisodiy yo‘qotishlarini ham qisqartiradi. Yiliga kamida 50 nafar bemorda joriy etilsa, muassasa darajasida yillik umumiy iqtisodiy samara 4750000 so‘m atrofida shakllanadi. Xulosa: tish kariesi fonida surunkali tonzillit bo‘lgan bemorlarda kasalliklar kechimini va klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri baholash imkonini bergan.