Nuraliev Abror Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gipotireoz hamda gipodinamiya ta’sirida yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasi shakllanishini morfologik baholash», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5334.
Ilmiy rahbar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Dsc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental gipotireoz sharoitida rivojlangan avlodda gipodinamiya ta’sirida yirik bo‘g‘imlar sinovial tuzilmalarining morfologik rivojlanish dinamikasini postnatal ontogenezning erta bosqichlarida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireoz va gipodinamiya holatida kalamushlarning bo‘g‘im haltasining tashqi va ichki qavatlaridagi biriktiruvchi to‘qima tolali tuzilmalarining destruktiv buzilishi, qon tomirlari devorida torayish, devorlari qalinlashishi bilan kechadigan gistologik o‘zgarishlar xosligi isbotlangan;
prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiya holatidagi hayvonlarlarning bo‘g‘im sinovial pardasining hujayralari orasida ko‘proq fibroblastlar kuzatilib, mitotik bog‘lanuvchi hujayralar mavjudligi hamda semiz hujayralarining qon tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab notekis joylashishi, nazorat hamda alohida gipotireoz holatidagi hayvonlaridan farqli ravishda gipodinamiya qo‘shilganda sinovial so‘rg‘ichlarlarning morfometrik farq qilishi asoslangan;
sinovial va fibroz qatlamlar orasidagi to‘qimalarining sklerozlanish o‘choqlari atrofida distrofik va metabolik kalsinoz o‘choqlarining shakllanishi gistokimyoviy asoslangan;
gipotireozga gipodinamiya qo‘shilishi kalamushlarda bo‘g‘im yordamchi elementlarida yog‘ qatlamlari zichligining pasayishi, bo‘g‘im kompleksining umumiy trofikasi izdan chiqishi, provard natijada sinovial qavat sathining silliqlanishi, gipoproduksiyasi va drenaj funksiyasining keskin pasayishi isbotlangan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipotireoz hamda gipodinamiya ta’sirida yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasi shakllanishini morfologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: gipotireoz va gipodinamiya holatida kalamushlarning bo‘g‘im haltasining tashqi va ichki qavatlaridagi biriktiruvchi to‘qima tolali tuzilmalarining destruktiv buzilishi, qon tomirlari devorida torayish, devorlari qalinlashishi bilan kechadigan gistologik o‘zgarishlar xosligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 4 iyunda 03/401-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitidagi gipodinamiyada yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasini morfologik baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 108-son hamda Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.07.2025 yildagi 187/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: gipotireoz sharoitidagi gipodinamiya ta’sirida postnatal ontogenezda tizza bo‘g‘imi deformatsiyalarining murakkab mexanizmini ochishda o‘suvchi organizmdagi tizza bo‘g‘im elementlari va uning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘rganish orqali avlodlarda kelib chiqadigan patologiyalarni oldini olib, gipotireoz va gipodinamiya ta’sirida yuzaga keladigan nogironliklarni oldini olish va davolash imkonini yaratib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiyani profilaktikasi orqali bolalar tayanch harakat tizimida uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 50-60 ming so‘m sarflansa, umumiy nazoratga olinganlar uchun 2320000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiya holatidagi hayvonlarlarning bo‘g‘im sinovial pardasining hujayralari orasida ko‘proq fibroblastlar kuzatilib, mitotik bog‘lanuvchi hujayralar mavjudligi hamda semiz hujayralarining qon tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab notekis joylashishi, nazorat hamda alohida gipotireoz holatidagi hayvonlaridan farqli ravishda gipodinamiya qo‘shilganda sinovial so‘rg‘ichlarlarning morfometrik farq qilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 4 iyunda 03/401-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitidagi gipodinamiyada yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasini morfologik baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 108-son hamda Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.07.2025 yildagi 187/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: gipotireozga gipodinamiya qo‘shilganda postnatal ontogenezda tizza bo‘g‘imi deformatsiyalarining shakllanishida o‘suvchi organizm tizza bo‘g‘imi elementlarining morfologik va morfometrik siljishlarini taxlili orqali avlodlarda kelib chiqadigan patologiyalarni oldini olib, gipotireoz va gipodinamiya ta’sirida yuzaga keladigan nogironliklarni oldini olish, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiyani profilaktikasi orqali bolalar tayanch harakat tizimida uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 50-60 ming so‘m sarflansa, umumiy nazoratga olinganlar uchun 2320000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sinovial va fibroz qatlamlar orasidagi to‘qimalarining sklerozlanish o‘choqlari atrofida distrofik va metabolik kalsinoz o‘choqlarining shakllanishi gistokimyoviy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 4 iyunda 03/401-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitidagi gipodinamiyada yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasini morfologik baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 108-son hamda Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.07.2025 yildagi 187/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: prenatal gipotireozni hamda unga qo‘shilgan gipodinamiyaning postnatal ontogenezda tizza bo‘g‘imi deformatsiyalari keltirib chiqarishi o‘rganish orqali kuzatiladigan patologiyalarni oldini olish, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiyani profilaktikasi orqali bolalar tayanch harakat tizimida uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 50-60 ming so‘m sarflansa, umumiy nazoratga olinganlar uchun 2320000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipotireozga gipodinamiya qo‘shilishi kalamushlarda bo‘g‘im yordamchi elementlarida yog‘ qatlamlari zichligining pasayishi, bo‘g‘im kompleksining umumiy trofikasi izdan chiqishi, provard natijada sinovial qavat sathining silliqlanishi, gipoproduksiyasi va drenaj funksiyasining keskin pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 4 iyunda 03/401-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitidagi gipodinamiyada yirik bo‘g‘imlar sinovial pardasini morfologik baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 08.07.2025 yildagi 108-son hamda Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 14.07.2025 yildagi 187/2-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: gipotireoz hamda gipodinamiya ta’sirida postnatal ontogenezda tizza bo‘g‘imi deformatsiyalarini morfogenezini o‘rganish orqali avlodlarda kelib chiqadigan patologiyalarni oldini olish va davolash tartini ishlab chiqish imkonini yaratib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashni ta’minlash bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal gipotireoz va postnatal gipodinamiyani profilaktikasi orqali bolalar tayanch harakat tizimida uchraydigan kasalliklarning oldini olish natijasida bir kunlik davolanish uchun kamida 50-60 ming so‘m sarflansa, umumiy nazoratga olinganlar uchun 2320000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.