Sabirov Djaxongir Ruzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach saratoni jarrohligida videoassistirlangan transxiatal ezofagektomiya», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib81.
Ilmiy rahbar: Krotov Nikolay Fedorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Mirjalol Dexqonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Tilla Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngachning ko‘krak sohasi saratonini gibridli videoassistirlangan transxiatal ezofagektomiya usulida xirurgik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizilo‘ngach saratoni bilan xastalangan yurak va o‘pka etishmovchiligi mavjud bemorlarda qizilo‘ngachning o‘rta-pastki ko‘krak qismida joylashgan o‘smalarni mobilizatsiyasi va mediastenal limfodisseksiya bosqichida gibridli transxiatal ekstirpatsiyasi asoslangan;
transxiatal ezofagektomiya operatsiyasida kuks oralig‘i tuzilmalari, qaytalanuvchi nerv yo‘nalishidagi paratraxeal hamda bifurkatsion limfokollektorlarni olib tashlash presizion texnikasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
qizilo‘ngach saratonida miniinvaziv gibridli transxiatal ekstirpatsiyasi mediastenal limfodisseksiyani 2F hajmda bajarishning radikallik xarakteri isbotlangan.
miniinvaziv gibridli transxiatal ekstripatsiyasida presizion texnikasini qo‘llash orqali intraoperatsion qon yo‘qotishni kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilo‘ngach saratoni jarrohligida videoassistirlangan transxiatal ezofagektomiyani takomillashtirishni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qizilo‘ngach saratonida transxiatal ezofagoektomiyaning moderinizatsiyalangan usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 martdagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qizilo‘ngach saratonini operatsiya qilish sifatini yaxshilash, jarrohlik amaliyotiga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, buning natijasida asosiy mobilizatsiya bosqichini kamaytirish, intraoperatsion qon yo‘qotish va gemotransfuziya hajmini kamaytirish imkonini bergan;
qizilo‘ngach saratoni jarrohligida videoassistirlangan transxiatal ezofagektomiyani takomillashtirish sifatini yaxshilash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining torakal onkoxirurgiya bo‘limi, Samarqand va Toshkent shahar filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 martdagi 8n-d/122-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qizilo‘ngach xavfli o‘smasi tashxislangan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi, shuningdek, davolash sifatini yaxshilash va jarrohlik amaliyotidan keyingi o‘pka asoratlari hamda kasalxonada bo‘lish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan.