Mavlonov Ulug‘bek Olimjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 ta’sirida yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlarida angiopatiyalarning patomorfologik xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya(tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib5534.
Ilmiy rahbar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Dsc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mahkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: kornavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlaridagi qon tomir tuzilmalarini morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus bilan xastalangan nazorat guruhidagi homilador ayollar yo‘ldoshidagi tayanch so‘rg‘ichlar vaskulyarizatsiyasi, perivilloz va subxorial fibrin o‘choqlari, ateroz va fibrinoid nekroz, mikrotrombozlar hamda etilmagan oraliq so‘rg‘ichlar ustun bo‘lib, nazorat guruhida subxorial bo‘shliqdagi yallig‘lanish infil`trati va desidual arteriopatiya ustunlik qilishi isbotlangan;
yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari qon tomirlari endoteliysida CD34 ekspressiyasining pasayishi (manfiy – 26%, past – 59%, o‘rtacha – 10%, kuchli – 5%) va VEGFR ekspressiyasining o‘rtacha va past darajasi (manfiy – 3%, past – 32%, o‘rtacha – 45%, kuchli – 20%) asosida endotelial disfunksiya, angiogenez pasayishi va mikrotsirkulyator o‘zan darajasidagi qon aylanishi buzilishi aniqlangan;
COVID-19 da tayanch so‘rg‘ichlar qon tomirlarining turli darajadagi obliteratsiyasi, angiomatoz belgilarining ortib borishi va CD34, VEGFR ekspressiyasining homiladorlik muddatiga bog‘liq emasligi, angiopatiyaning morfogenezi virusning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sitopatik ta’siri hamda immun javob tufayli shakllangan mikrovaskulit va trombozlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari trombozi chastotasi (tayanch so‘rg‘ichlarda – 65%, terminal so‘rg‘ichlarda – 35%) va angiopatik o‘zgarishlarning homila gipoksiyasi hamda perinatal asoratlar xavfini bashoratlashdagi prognostik ahamiyati asoslangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kornavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlaridagi qon tomir tuzilmalarini morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus bilan xastalangan nazorat guruhidagi homilador ayollar yo‘ldoshidagi tayanch so‘rg‘ichlar vaskulyarizatsiyasi, perivilloz va subxorial fibrin o‘choqlari, ateroz va fibrinoid nekroz, mikrotrombozlar hamda etilmagan oraliq so‘rg‘ichlar ustun bo‘lib, nazorat guruhida subxorial bo‘shliqdagi yallig‘lanish infil`trati va desidual arteriopatiya ustunlik qilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 23 aprelda 03/363-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 ta’sirida yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlarida angiopatiyalarning patomorfologik xususiyatlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 15-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 22/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/77-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: yo‘ldosh to‘qimasida koronavirus infeksiyasi ta’sirida yuzaga keluvchi distrofik, vaskulitik va trombogen o‘zgarishlarni aniqlash orqali perinatal asoratlarni, jumladan, homilaning rivojlanish bosqichlarini to‘xtashi, gipoksiya va vaqtidan oldin tug‘ruq xavfini erta prognozlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa xavf guruhidagi homiladorlarni barvaqt aniqlash, maqsadli monitoring va samarali akusherlik taktikasi orqali perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari destruksiyasi tufayli rivojlanadigan perinatal asoratlarni oldini olish, erta aniqlash, homila patologiyalari kamayishi natijasida homilaga havf tug‘diruvchi tekshiruv usullariga, homiladorlikni maxsus kuzatish, kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq va keyingi neonatal intensiv terapiyaga sarflanadigan harajatlarni 3-5 barobarga kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari qon tomirlari endoteliysida CD34 ekspressiyasining pasayishi (manfiy – 26%, past – 59%, o‘rtacha – 10%, kuchli – 5%) va VEGFR ekspressiyasining o‘rtacha va past darajasi (manfiy – 3%, past – 32%, o‘rtacha – 45%, kuchli – 20%) asosida endotelial disfunksiya, angiogenez pasayishi va mikrotsirkulyator o‘zan darajasidagi qon aylanishi buzilishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 23 aprelda 03/363-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 ta’sirida yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlarida angiopatiyalarning patomorfologik xususiyatlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 15-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 22/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/77-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: yo‘ldosh to‘qimasida koronavirus infeksiyasi ta’sirida yuzaga keluvchi distrofik, vaskulitik va trombogen o‘zgarishlarni aniqlash orqali perinatal asoratlarni, jumladan, homilaning rivojlanish bosqichlarini to‘xtashi, gipoksiya va vaqtidan oldin tug‘ruq xavfini erta prognozlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa xavf guruhidagi homiladorlarni barvaqt aniqlash, maqsadli monitoring va samarali akusherlik taktikasi orqali perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari destruksiyasi tufayli rivojlanadigan perinatal asoratlarni oldini olish, erta aniqlash, homila patologiyalari kamayishi natijasida homilaga havf tug‘diruvchi tekshiruv usullariga, homiladorlikni maxsus kuzatish, kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq va keyingi neonatal intensiv terapiyaga sarflanadigan harajatlarni 3-5 barobarga kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 da tayanch so‘rg‘ichlar qon tomirlarining turli darajadagi obliteratsiyasi, angiomatoz belgilarining ortib borishi va CD34, VEGFR ekspressiyasining homiladorlik muddatiga bog‘liq emasligi, angiopatiyaning morfogenezi virusning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sitopatik ta’siri hamda immun javob tufayli shakllangan mikrovaskulit va trombozlar bilan bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 23 aprelda 03/363-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 ta’sirida yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlarida angiopatiyalarning patomorfologik xususiyatlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 15-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 22/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/77-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: yo‘ldosh to‘qimasida koronavirus infeksiyasi ta’sirida yuzaga keluvchi distrofik, vaskulitik va trombogen o‘zgarishlarni aniqlash orqali perinatal asoratlarni, jumladan, homilaning rivojlanish bosqichlarini to‘xtashi, gipoksiya va vaqtidan oldin tug‘ruq xavfini erta prognozlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa xavf guruhidagi homiladorlarni barvaqt aniqlash, maqsadli monitoring va samarali akusherlik taktikasi orqali perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari destruksiyasi tufayli rivojlanadigan perinatal asoratlarni oldini olish, erta aniqlash, homila patologiyalari kamayishi natijasida homilaga havf tug‘diruvchi tekshiruv usullariga, homiladorlikni maxsus kuzatish, kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq va keyingi neonatal intensiv terapiyaga sarflanadigan harajatlarni 3-5 barobarga kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari trombozi chastotasi (tayanch so‘rg‘ichlarda – 65%, terminal so‘rg‘ichlarda – 35%) va angiopatik o‘zgarishlarning homila gipoksiyasi hamda perinatal asoratlar xavfini bashoratlashdagi prognostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2025 yil 23 aprelda 03/363-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 ta’sirida yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlarida angiopatiyalarning patomorfologik xususiyatlarini baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 28.05.2025 yildagi 15-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 27.05.2025 yildagi 22/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/77-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: yo‘ldosh to‘qimasida koronavirus infeksiyasi ta’sirida yuzaga keluvchi distrofik, vaskulitik va trombogen o‘zgarishlarni aniqlash orqali perinatal asoratlarni, jumladan, homilaning rivojlanish bosqichlarini to‘xtashi, gipoksiya va vaqtidan oldin tug‘ruq xavfini erta prognozlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa xavf guruhidagi homiladorlarni barvaqt aniqlash, maqsadli monitoring va samarali akusherlik taktikasi orqali perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘ldosh tayanch so‘rg‘ichlari tomirlari destruksiyasi tufayli rivojlanadigan perinatal asoratlarni oldini olish, erta aniqlash, homila patologiyalari kamayishi natijasida homilaga havf tug‘diruvchi tekshiruv usullariga, homiladorlikni maxsus kuzatish, kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq va keyingi neonatal intensiv terapiyaga sarflanadigan harajatlarni 3-5 barobarga kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish