Bozorov Ilxomjon Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Tajribada immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’sirida va korreksiyadan so‘ng taloqdagi morfofunksional o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot yo‘nalishi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5755.
Ilmiy rahbar: Radjabov Axtam Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va Ilmiy kengash raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi
Immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’sirida va korreksiyadan so‘ng taloqdagi morfofunksional o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribaviy immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlarining alohida ta’sirida titan dioksidi iste’mol qilgan guruhda limfoid follikulalar soni, follikulalar struktur funksional zonalarning ulushlari, PALM hujayralar zichligi, oq pulpa ulushi kamayganligi, aksincha qizil pul`pa ulushi oshganligi isbotlangan;
ilk bor alsian ko‘ki bo‘yog‘i yordamida immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’sirida va korreksiyadan so‘ng taloqning stromal va limfoid tuzilmalarining gistokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’siridan so‘ng anor danagi moyi qabul qilgan hayvonlar talog‘ida tajriba guruhiga nisbatan barcha morfometrik ko‘rsatgichlar nazorat guruhi parametrlariga yaqinlashganligi isbotlangan;
birinchi marta Bcl-2 va CD56 immunogistokimyoviy markerlar yordamida sog‘lom, ozuqa bo‘yoqlari ta’siri ostida va korreksiyadan so‘ng kalamushlar talog‘idagi antiapoptotik va sitotoksik (NK-xujayralar) xususiyatlarining qiyosiy taxlili berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tajribaviy immobilizatsion stress fonida ozuqa bo‘yoqlarining taloq to‘qimasiga ta’siri natijasida yuzaga keladigan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish hamda taloq parenximasining morfofunksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribaviy immobilizasion stress fonida ozuqa bo‘yoqlarining alohida ta’sirida titan dioksidi iste’mol qilgan guruhda limfoid follikulalar soni, follikulalar struktur funksional zonalarning ulushlari, PALM hujayralar zichligi, oq pulpa ulushi kamayganligi, aksincha qizil pul`pa ulushi oshganligi isbotlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 09.10.2023 yildagi 46-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 12.10.2023 yildagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immobilizatsion stress fonida titan va alyuminiy dioksidlarining alohida hamda birgalikdagi ta’siri natijasida taloqning oq va qizil pulpasi, limfoid follikulalari hamda periarterial limfoid tuzilmalarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning aniqlanishi oziq-ovqat tarkibidagi bo‘yoq va qo‘shimchalarning immun tizimiga salbiy ta’sirini baholash mezonlarini takomillashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ozuqa bo‘yoqlarining immun tizimi a’zolariga ta’sirini morfologik va morfometrik mezonlar asosida erta baholash patologik jarayonlarning chuqurlashishining oldini olish, qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar va uzoq muddatli davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: mazkur yondashuv orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 125 000 so‘m miqdorida tejash imkoniyati yaratiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Al`sian ko‘ki bo‘yog‘i yordamida tajribaviy immobilizatsion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’sirida hamda korreksiyadan so‘ng taloqning stromal va limfoid tuzilmalaridagi gistokimyoviy o‘zgarishlar aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 09.10.2023 yildagi 46-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 12.10.2023 yildagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Al`sian ko‘ki yordamida taloqning stromal va limfoid tuzilmalarida kislotali mukopolisaxaridlarning taqsimlanishini aniqlash ozuqa bo‘yoqlari va immobilizatsion stress ta’sirida hujayralararo matriks hamda stromal komponentlarda yuzaga keladigan metabolik va struktur o‘zgarishlarni erta aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Al`sian ko‘ki bilan gistokimyoviy tekshiruvni morfologik diagnostika majmuasiga kiritish to‘qimalardagi erta metabolik va stromal o‘zgarishlarni qo‘shimcha qimmat diagnostik usullarsiz aniqlash imkonini beradi. Xulosa: natijada diagnostika jarayonini optimallashtirish, takroriy tekshiruvlarni kamaytirish va tibbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 131 400 so‘m miqdorida tejash imkoniyati yaratiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor immobilizatsion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’siridan so‘ng anor danagi moyi bilan korreksiya qilingan hayvonlar talog‘ida morfometrik ko‘rsatkichlarning tajriba guruhiga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarishi va nazorat guruhi parametrlariga yaqinlashishi isbotlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 09.10.2023 yildagi 46-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 12.10.2023 yildagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi moyi ta’sirida taloqning morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat qiymatlariga yaqinlashishi uning immobilizatsion stress va ozuqa bo‘yoqlarining salbiy ta’sirini kamaytiruvchi korreksiyalovchi xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: ozuqa bo‘yoqlari va stressning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladigan morfofunksional buzilishlarni anor danagi moyi yordamida korreksiyalash imkoniyatidan foydalanish uzoq muddatli va ko‘p komponentli davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, asoratlarning oldini olish va qo‘shimcha tibbiy xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Natijada 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 105 000 so‘m miqdorida iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi. Xulosa: anor danagi moyining korreksiyalovchi ta’sirini morfometrik mezonlar asosida baholash natijalarining amaliyotga joriy etilishi ozuqa bo‘yoqlari va immobilizatsion stress ta’sirida yuzaga keladigan taloqdagi struktur-funksional o‘zgarishlarni kamaytirish, tiklanish jarayonlarini baholash va korreksion-profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta Bcl-2 va CD56 immunogistokimyoviy markerlari yordamida sog‘lom, immobilizatsion stress fonida ozuqa bo‘yoqlari ta’siriga uchragan hamda anor danagi moyi bilan korreksiya qilingan kalamushlar talog‘ida antiapoptotik faollik va sitotoksik immunitet, jumladan, NK-hujayralarning funksional holati qiyosiy tahlil qilinganligi. Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 09.10.2023 yildagi 46-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 12.10.2023 yildagi 9-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Bcl-2 va CD56 markerlari yordamida taloqdagi antiapoptotik va sitotoksik immun jarayonlarni kompleks baholash immobilizatsion stress va ozuqa bo‘yoqlarining hujayraviy immunitetga ta’sir qilish mexanizmlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bcl-2 ekspressiyasidagi o‘zgarishlar hujayralarning yashovchanligi va apoptozga moyilligini, CD56 ekspressiyasidagi o‘zgarishlar esa NK-hujayralar orqali amalga oshiriladigan tabiiy sitotoksik immun javobning holatini ob’ektiv baholash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Bcl-2 va CD56 immunogistokimyoviy markerlari asosida taloqdagi antiapoptotik va sitotoksik o‘zgarishlarni maqsadli baholash immun tizimidagi patologik siljishlarni erta aniqlash, diagnostik tekshiruvlar hajmini optimallashtirish hamda davolash va profilaktika taktikasini asosli tanlash imkonini beradi. Xulosa: natijada ortiqcha diagnostik va davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘m miqdorida tejash imkoniyati yaratiladi.
Olingan natijalar yuzasidan ishlab chiqilgan “Gipodinamiya holatida og‘ir metall tuzlari ta’sirida taloqda yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomani joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash tomonidan 2026 yil 2 iyun’ 09/18-sonli yagona xulosa tasdiqlangan.