Bekimbetov Qudrat Nazarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elka chigali nervlari blokadasini bajarishda kompleks ul`tratovush navigatsiyasi», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5187.
Ilmiy rahbar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ablyazov Otabek Vaxabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tilyakov Akbar Burievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘llarning turli patologiyalari bo‘lgan bemorlarda kompleks ul`tratovush navigatsiyasidan foydalangan holda elka chigali nervlari blokadasini o‘tkazishni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
V-rejimda nerv tuzilmalarini identifikatsiya qilish, yondosh qon tomirlarni rangli doppler xaritalash, punksiya urinishlari sonini 2,83±0,12dan 1,20±0,04gacha, anestetik hajmini 28,69±0,83mldan 14,35±0,29ml gacha kamaytirgan (p<0,001) bosqichma-bosqich kompleks ul`tratovush navigatsiyasi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
elka chigali nerv tuzilmalarining joylashish chuqurligi, diametri va eng yaqin qon tomirgacha bo‘lgan masofaning yosh hamda tana vazniga bog‘liq o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, tana vaznining nerv chuqurligi (ρ=0,547), diametri (ρ=0,544) va qon tomirgacha masofa (ρ=0,489) bilan musbat bog‘liqligi asoslangan (p Xolm <0,001);
elka chigali nerv tuzilmalarini kompleks ul`tratovush navigatsiyasida vizualizatsiya sifatining o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,81±0,07 ballni, qoniqarli va yuqori sifatli tasvirlar ulushi 66,3%ni tashkil etgan, real vaqt rejimida igna harakati va mahalliy anestetik tarqalishini dinamik nazorat qilish klinik-exografik mezonlari isbotlangan;
ilk bor nerv tuzilmalarining chuqurligi va diametri, yondosh qon tomirlarning joylashuvi hamda ignaning rejalashtirilgan traektoriyasini hisobga oluvchi blokada taktikasini tanlash dasturi ishlab chiqilib, kompleks navigatsiya to‘liq sensor blok chastotasini 58,7% dan 83,2% gacha, asoratlarsiz kechgan holatlar ulushini 63,0% dan 92,6% gacha oshirishi isbotlangan (p<0,001).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elka chigali nervlari blokadasini bajarishda kompleks ul`tratovush navigatsiyasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: V-rejim, rangli doppler xaritalash, igna harakatini uzluksiz nazorat qilish va mahalliy anestetik tarqalishini dinamik baholashni birlashtiruvchi bosqichma-bosqich kompleks ul`tratovush navigatsiyasi texnologiyasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi takliflar «Elka chigali nervlari blokadasini bajarishda zamonaviy ul`tratovush navigatsiya texnologiyalarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 03/402-son qarori). Mazkur tavsiyanoma Respublika bolalar ortopediya markazida (2026 yil 27 yanvardagi 15-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida (2025 yil 23 oktyabrdagi 01/106-son buyruq) klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: punksiya urinishlari sonining 2,83±0,12 dan 1,20±0,04 gacha kamayishi bemorga yetkaziladigan muolajaviy noqulaylikni pasaytirish, blokadani aniq va xavfsiz bajarish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 0,5% li 10 ml «Sofonest»ning bir ampulasi 30 000 so‘m bo‘lganda, anestetik sarfining 30 ml dan 15 ml gacha kamayishi hisobiga 2 850 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: elka chigali nerv tuzilmalarining joylashish chuqurligi, diametri va qon tomirgacha bo‘lgan masofaning yosh hamda tana vazniga bog‘liq o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanganligi va individual ul`tratovush rejalashtirish mezonlari asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 03/402-son qarori). Mazkur tavsiyanoma Respublika bolalar ortopediya markazida (2026 yil 27 yanvardagi 15-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida (2025 yil 23 oktyabrdagi 01/106-son buyruq) klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorning individual anatomik xususiyatlarini hisobga olib punksiya traektoriyasini rejalashtirish nerv va qon tomir tuzilmalarining shikastlanish xavfini kamaytirish hamda asoratlarsiz kechgan holatlar ulushini 92,6% gacha oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tana vazni yuqori bo‘lgan bemorlarda nerv tuzilmalarining joylashish chuqurligi, diametri va qon tomirlargacha bo‘lgan masofani oldindan ul`tratovush yordamida baholash mahalliy anestetik hajmini individual tanlash va preparatning ortiqcha sarflanishini cheklash imkonini bergan. Tana vaznining yuqori tertiliga kiritilgan 32 nafar bemorda preparat sarfini shartli ravishda 3 ampuladan 2 ampulaga kamaytirish hisobida, bir nafar bemor uchun 30 000 so‘mdan, jami 960 000 so‘mni mablag‘ iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik: nerv tuzilmalarini identifikatsiya qilish, igna uchi va harakat traektoriyasini kuzatish hamda mahalliy anestetik tarqalishini dinamik nazorat qilishda kompleks ul`tratovush navigatsiyasining diagnostik imkoniyatlari miqdoriy baholanganligi to‘g‘risidagi natijalar mazkur uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy kengashining 2025 yil 4 iyundagi 03/402-son qarori). Mazkur tavsiyanoma Respublika bolalar ortopediya markazida (2026 yil 27 yanvardagi 15-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida (2025 yil 23 oktyabrdagi 01/106-son buyruq) klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nerv tuzilmalarining 95 ta holatning barchasida (100%) identifikatsiya qilinishi, igna uchi va anestetik tarqalishining real vaqtda nazorat qilinishi blokadani bajarish aniqligi va xavfsizligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks ul`tratovush navigatsiyasida nerv tuzilmalari, igna uchi va mahalliy anestetik tarqalishining uzluksiz vizual nazorati to‘liq sensor blokka erishish chastotasini 58,7% dan 83,2% gacha oshirgan. Natijada kamida 23 nafar bemorda qo‘shimcha og‘riqsizlantirish zaruratining oldi olingan va jami 690 000 so‘m mablag‘ tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xavfsiz kirish yo‘li va igna traektoriyasini tanlashning klinik-exografik mezonlari hamda yuqori qo‘l patologiyalarida blokada taktikasini tanlash dasturi ishlab chiqilganligi haqidagi ma’lumotlar mazkur uslubiy tavsiyanoma va «Yuqori qo‘l shikastlanishlari va kasalliklarida elka chigali nervlari blokadasi uchun kompleks ul`tratovush navigatsiyasi va optimal taktikani tanlash dasturi»ga singdirilgan (DGU 61676, 2026 yil 26 mart). Mazkur takliflar Respublika bolalar ortopediya markazida (2026 yil 27 yanvardagi 15-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialida (2025 yil 23 oktyabrdagi 01/106-son buyruq) klinik amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik-exografik mezonlar va dasturni qo‘llash to‘liq sensor blok chastotasini 58,7% dan 83,2% gacha, asoratlarsiz kechgan holatlar ulushini 63,0% dan 92,6% gacha oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: dastur yordamida taktikani oldindan tanlash kompleks texnologiya tarkibida anestetik sarfini bir bemorga 30 000 so‘mga kamaytirib, 95 nafar bemor hisobiga 2 850 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish