Anvarova Shaxnoza Abdukayum kizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Endokrin genezli ayollar bepushtligini tashxislash va davolashda differensial yondashuv» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4381.
Ilmiy raxbar: Shukurov Farxad Ishkulovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Usman Yuldashevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Isanbaeva Landish Muxammedzakievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli endokrin genezli bepusht ayollarni kompleks klinik-diagnostik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlar asosida differensial tashxislash, fertillik tiklanishini prognozlash va differensial davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endokrin genezli bepushtlikning gipofizar, tireoid va ovulyator shakllarida hsa-miR-155-5p ekspressiyasining mos ravishda prolaktin, TTG va testosteron darajalari bilan musbat korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, ushbu markerning kompleks tashxislashdagi qo‘shimcha diagnostik ahamiyati asoslangan;
endokrin genezli bepushtlikning tireoid shaklida tuxumdonlar gipoperfuziyasi va qon tomirlar rezistentlik indeksining oshishi aniqlanib, RI ≥0,70 ko‘rsatkichining tuxumdonlar qon aylanishi buzilishini tashxislashdagi ahamiyati ROC-tahlil asosida (AUC=0,832) asoslangan;
endokrin genezli bepushtlikning ovulyator (2,64±0,14 marta), gipofizar (2,38±0,12 marta) va tireoid (1,86±0,09 marta) shakllarida hsa-miR-155-5p ekspressiyasining turlicha oshishi aniqlanib, klinik-gormonal va exodopplerometrik ko‘rsatkichlar asosida fertillik tiklanishini prognozlovchi matematik model` ishlab chiqilgan (AUC=0,912);
endokrin genezli bepushtlikning klinik-gormonal, exodopplerometrik va hsa-miR-155-5p ekspressiyasi ko‘rsatkichlari asosida individuallashtirilgan tashxislash va differensial davolash algoritmi takomillashtirilib, uni qo‘llash natijasida ovulyator funksiyaning tiklanishi va homiladorlik yuzaga kelishi bo‘yicha klinik samaradorlik baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli endokrin genezli reproduktiv yoshdagi bepusht ayollarda umumklinik, exodopplerometrik, molekulyar-genetik va gormonal tekshiruvlar o‘tkazish orqali reproduktiv funksiyaning o‘ziga xos klinik xususiyatlarini kompleks aniqlash hamda fertillikni individual baholash va optimallashtirishga qaratilgan innovatsion davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: endokrin genezli bepushtlikning gipofizar, tireoid va ovulyator shakllarida hsa-miR-155-5p ekspressiyasining mos ravishda prolaktin, TTG va testosteron darajalari bilan musbat korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, ushbu markerning kompleks tashxislashdagi qo‘shimcha diagnostik ahamiyati isbotlangan va ushbu natijalar asosida «Ayollarda endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda innovatsion usullar»  nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 25.10.2024 yildagi 10-24/392-t-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.05.2025 yildagi 183-son buyruq va Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 89-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: turli endokrin genezli bepusht ayollarda hsa-miR-155-5p ekspressiyasining klinik-gormonal ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligini kompleks baholash endokrin bepushtlikni erta aniqlash, xavf guruhlarini o‘z vaqtida ajratish va bemorlarga shaxsiylashtirilgan tibbiy yondashuvni qo‘llash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: hsa-miR-155-5p ekspressiyasiga asoslangan erta tashxislash va prognozlash usullarini amaliyotga joriy etish orqali takroriy va kam samarali tekshiruvlar, asossiz davolash kurslari hamda kech bosqichda qo‘llaniladigan qimmat yordamchi reproduktiv texnologiyalarga ehtiyojni kamaytirishga erishilgan. Bu har bir bemor uchun o‘rtacha 900000 so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan. Endokrin genezli bepusht ayollarda hsa-miR-155-5p ekspressiyasini klinik-gormonal ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq holda kompleks baholash endokrin bepushtlikni erta tashxislash, xavf guruhlarini ajratish va shaxsiylashtirilgan tibbiy yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: endokrin genezli bepushtlikning tireoid shaklida tuxumdonlar gipoperfuziyasi va qon tomirlar rezistentlik indeksining oshishi aniqlanib, RI ≥0,70 ko‘rsatkichining tuxumdonlar qon aylanishi buzilishini tashxislashdagi ahamiyati ROC-tahlil asosida (AUC=0,832)  isbotlangan va ushbu natijalar asosida «Ayollarda endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda innovatsion usullar»  nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib, Toshkent shahar 8-son va 3-son tug‘ruq komplekslari amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 25.10.2024 yildagi 10-24/392-t sonli ma’lumotnomasi), Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.05.2025 yildagi 183-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 89-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 17 iyul` 22/59-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: hsa-miR-155-5p ekspressiyasining endokrin bepushtlikning turli klinik shakllarida farqlanishi ushbu holatlarni fenotipik va patogenetik jihatdan aniqlash, xavf guruhlarini erta ajratish va bemorlarga shaxsiylashtirilgan yondashuvni qo‘llash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: turli klinik shakllarda hsa-miR-155-5p ekspressiyasini aniqlash asosida endokrin bepushtlikni differensial tashxislash imkoniyati kengaygan, takroriy va kam ma’lumotli tekshiruvlar hajmi qisqargan, bemorlarni erta bosqichda to‘g‘ri klinik yo‘naltirish imkoni yaratilgan. Asosiy klinik guruhlarga kiritilgan 90 nafar ayol misolida har bir bemor uchun o‘rtacha 700000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olish imkoni berilgan. Hsa-miR-155-5p ekspressiyasining klinik shakllarga xos xususiyatlarini aniqlash endokrin bepushtlikni differensial tashxislash, xavf guruhlarini erta ajratish va shaxsiylashtirilgan tibbiy yondashuvni qo‘llash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: endokrin genezli bepushtlikning ovulyator (2,64±0,14 marta), gipofizar (2,38±0,12 marta) va tireoid (1,86±0,09 marta) shakllarida hsa-miR-155-5p ekspressiyasining turlicha oshishi aniqlanib, klinik-gormonal va exodopplerometrik ko‘rsatkichlar asosida fertillik tiklanishini prognozlovchi matematik model` ishlab chiqilgan (AUC=0,912) va ushbu natijalar asosida «Ayollarda endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda innovatsion usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma yaratilib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 25.10.2024 yildagi 10-24/392-t sonli ma’lumotnomasi), Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.05.2025 yildagi 183-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 89-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 17 iyul` 22/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hsa-miR-155-5p ekspressiyasiga asoslangan prognostik modelning ishlab chiqilishi bemorlarni fertillik tiklanmaslik xavfi bo‘yicha erta stratifikatsiya qilish, yuqori xavfli guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash va shaxsiylashtirilgan davolash taktikasini belgilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik modelni klinik amaliyotga joriy etish bemorlarni erta bosqichda xavf guruhlariga ajratish, ortiqcha tekshiruvlar va kam samarali davolash kurslarini qisqartirish, reproduktiv taktikani maqsadli tanlash imkonini bergan. Bu asosiy klinik guruhlarga kiritilgan 90 nafar ayol misolida har bir bemor uchun o‘rtacha 1000000 so‘m iqtisodiy tejam, umumiy hisobda esa 72000000–90000000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olish imkonini bergan. Hsa-miR-155-5p ekspressiyasiga asoslangan fertillik tiklanishini prognozlash modeli bemorlarni erta stratifikatsiya qilish, davolash taktikasini shaxsiylashtirish va reproduktiv natijalarni yaxshilash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endokrin genezli bepushtlikning klinik-gormonal, exodopplerometrik va hsa-miR-155-5p ekspressiyasi ko‘rsatkichlari asosida individuallashtirilgan tashxislash va differensial davolash algoritmi takomillashtirilib, uni qo‘llash natijasida ovulyator funksiyaning tiklanishi va homiladorlik yuzaga kelishi bo‘yicha klinik samaradorlik baholangan. Ushbu natijalar asosida «Ayollarda endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda innovatsion usullar» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib, amaliyotga samarali joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 25.10.2024 yildagi 10-24/392-t sonli ma’lumotnomasi), Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 10.05.2025 yildagi 183-son buyrug‘i va Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 89-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 17 iyul` 22/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik-gormonal, exodopplerometrik va hsa-miR-155-5p ko‘rsatkichlariga asoslangan differensial davolash algoritmining ishlab chiqilishi bemorlarning klinik holati, endokrin buzilish turi va reproduktiv salohiyatini hisobga olgan holda shaxsiylashtirilgan yondashuvni qo‘llash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: differensial davolash algoritmini qo‘llash orqali uzoq davom etuvchi samarasiz davolash kurslarini qisqartirish, takroriy tekshiruvlar sonini kamaytirish, ortiqcha dori vositalari va kechiktirilgan yordamchi reproduktiv texnologiyalarga ehtiyojni kamaytirishga erishilgan. Bu asosiy klinik guruhlarga kiritilgan 90 nafar ayol misolida har bir bemor uchun o‘rtacha 1200000 so‘m iqtisodiy tejam, umumiy hisobda esa 81000000–108000000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olish imkonini bergan. Klinik-gormonal, exodopplerometrik va hsa-miR-155-5p ko‘rsatkichlariga asoslangan differensial davolash algoritmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish endokrin genezli bepusht ayollarda reproduktiv funksiyani tiklash, homiladorlikka erishish natijalarini yaxshilash, davolash taktikasini shaxsiylashtirish va klinik boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish