Shamsiddinova Al`fiya Sayfiddinovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir koronar sindromli bemorlarda katexolaminlar metabolizmining buzilishi va birlamchi mediatorlar yallig‘lanishining o‘zaro bog‘liqligi», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib36.
Ilmiy maslahatchi: Xujamberdiev Mamazoir Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Daniyar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori; Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir koronar sindromli bemorlarda simpato-adrenal tizim funksional holati, yallig‘lanishning birlamchi mediatorlari faolligining o‘ziga xos xususiyatini aniqlash asosida erta tashxis hamda differensirlangan taktikani optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘KSning shakllanishi va zo‘rayishida neyrogumoral, adrenergik, immun-yallig‘lanish tizimlari orasidagi o‘zaro potensirlovchi aloqaning mavjudligi va uning faolligining roli asoslangan;
O‘KSda simpatik-adrenal tizimi faolligining oshishi lipidlar oksidlanishining kuchayishiga sabab bo‘lib, MAO fermentining katalitik xususiyatlari modifikatsiyasiga olib kelishi aniqlangan;
O‘KSda protein plazma–A (PAPP-A) darajasining oshishi uni miokardning erta shikastlanishining prediktori sifatida kardiospesifik markerlar bilan bir qatorda O‘KS diagnostikasida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
O‘KSli bemorlarda kasallikning kechishini bashorat qilish uchun miya natriy-uretik peptidi NT–pro BNPning miqdorini aniqlash erta differensirlangan taktika olib borish uchun zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir koronar sindromli bemorlarda katexolaminlar metabolizmining buzilishi va birlamchi mediatorlar yallig‘lanishining o‘zaro bog‘liqligini erta aniqlashga yangicha yondashuvlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘tkir koronar sindromni erta tashxislashga yangicha yondashuv» usulubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyundagi 8n-z/111-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyanoma O‘KSli bemorlarda KA metabolizmi buzilishlari, yallig‘lanishning birlamchi mediatorlari hamda kasallikning noxush bashorati markerlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganish, O‘KSning erta rivojlanish bosqichida faol davolash-profilaktik choralarni optimallashtirish imkonini bergan;
O‘KSni neyrogumoral va immunologik tizimlarning faolligini o‘rganish asossida O‘KSni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish borasida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kardiologiya bo‘limi faoliyatiga, Andijon viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardiologiya bo‘limiga, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kardiologiya bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 iyundagi 8n-z/111-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar O‘KSni erta tashxislash ko‘rsatkichlarini oshirish, bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish muddatlarini qisqartirish, letal natijalar chastotasini kamaytirish imkonini bergan.