Axmadalieva Maftuna Abdumanon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’limda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini metodik takomillashtirish (pediatriya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9115.
Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02.bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fattaxov Nusratillo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Artikova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’limda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini pediatriya fanini o‘qitish misolida metodik takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’limda pediatriya fanini o‘qitishda dalillarni saralash bosqichlari PICO modeli, Haynes “5S” ierarxiyasi bo‘yicha yuqoridan pastga izlanish, metodologik qidiruv filtrlari va GRADE tizimini yagona o‘quv algoritmiga birlashtirish hamda unga dalilning pediatrik populyasiyaga tatbiq etilishini alohida baholash bosqichi aniqlashtirilgan;
pediatriya fanini o‘qitishda dalillar ierarxiyasining mahalliylashtirilgan «Summaries» qatlami sifatida qo‘llashga asoslangan olti bosqichli amaliy mashg‘ulot texnologiyasi klinik holat, PICO savoli, ilova orqali tezkor dalil, birlamchi bazalarda chuqurlashtirish va GRADE bo‘yicha baholash, klinik qaror va ota-ona bilan muloqot, refleksiya hamda klinik savollar yaratish metodik tizimini tadbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talalablarga pediatriya fanini o‘qitish orqali andragogika, tajribaviy va vaziyatli o‘rganish hamda to‘rt komponentli instruksion dizayn nazariyalariga tayangan, konstruktiv muvofiqlik tamoyili asosida qurilgan maqsadli-mo‘ljal, mazmuniy, jarayonli-texnologik, tashxis-baholash va natijaviy bloklardan iborat bosqichlari o‘quv modulining tarkibiy qismi sifatida asoslangan;
talabalarning dalillarga asoslangan tibbiyot kompetensiyalarini Miller piramidasi va CREATE ramkasiga muvofiqlashtirilgan olti mezon bilimlarni qo‘llash bemorni tashxislash va boshqarish ma’lumotlarni, talqin qilish pediatriyada dalillarga asoslangan tibbiyot bilimlariga egalik salohiyati, klinik yo‘riqnomalardan foydalanish ko‘nikmasi, dalillarga asoslangan tibbiyot elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga doir metodik ishlanmalar ishlab chiqilgan .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’limda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini pediatriya fanini o‘qitish misolida metodik takomillashtirishga qaratilgan natijalari:
tibbiy ta’limda pediatriya fanini o‘qitishda dalillarni saralash bosqichlari PICO modeli, Haynes “5S” ierarxiyasi bo‘yicha yuqoridan pastga izlanish, metodologik qidiruv filtrlari va GRADE tizimini yagona o‘quv algoritmiga birlashtirish hamda unga dalilning pediatrik populyasiyaga tatbiq etilishini alohida baholash bosqichini kiritishga doir takliflari “Pediatriyada dalillarga asoslangan tibbiyot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 115809-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalarning elektron ma’lumotlar bazalaridan asosli dalillarni izlab topish va saralash ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
pediatriya fanini o‘qitishda dalillar ierarxiyasining mahalliylashtirilgan «Summaries» qatlami sifatida qo‘llashga asoslangan olti bosqichli amaliy mashg‘ulot texnologiyasi klinik holat, PICO savoli, ilova orqali tezkor dalil, birlamchi bazalarda chuqurlashtirish va GRADE bo‘yicha baholash, klinik qaror va ota-ona bilan muloqot, refleksiya hamda klinik savollar yaratish metodik tizimini tadbiq etishga doir takliflari “Pediatriyada dalillarga asoslangan tibbiyot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 115809-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalarning klinik savol tuzish va klinik yo‘riqnomalardan foydalanish ko‘nikmalari rivojlangan;
talalablarga pediatriya fanini o‘qitish orqali andragogika, tajribaviy va vaziyatli o‘rganish hamda to‘rt komponentli instruksion dizayn nazariyalariga tayangan, konstruktiv muvofiqlik tamoyili asosida qurilgan maqsadli-mo‘ljal, mazmuniy, jarayonli-texnologik, tashxis-baholash va natijaviy bloklardan iborat tamoyillari o‘quv modulining tarkibiy qismi 2025-2026-yillarda Farg‘ona viloyati teleradiokanalining “Salomatlik soati”, “Assalom, Farg‘ona!” ko‘rsatuv senariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokanalining 2026-yil 20-oktyabrdagi 01-12/194-sonli ma’lumotnomasi) Natijada pediatriya fanini o‘qitishning maqsadi, mazmuni, texnologiyasi va baholash vositalari o‘rtasidagi uzviylik ta’minlangan;
talabalarning dalillarga asoslangan tibbiyot kompetensiyalarini Miller piramidasi va CREATE ramkasiga muvofiqlashtirilgan olti mezon bilimlarni qo‘llash bemorni tashxislash va boshqarish ma’lumotlarni, talqin qilish pediatriyada dalillarga asoslangan tibbiyot bilimlariga egalik salohiyati, klinik yo‘riqnomalardan foydalanish ko‘nikmasi, dalillarga asoslangan tibbiyot elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga doir takliflari “Salomatlik sirlari” eshittirishida tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan klinik keyslar keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokanalining 2026-yil 20-oktyabrdagi 01-12/194-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning dalillarga asoslangan tibbiyot kompetensiyalarini baholashning mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari aniqlashtirilgan.