Raxmanova Nozima Qaxramon qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarda jinsiy a’zolarning papillomavirus infeksiyasini erta tashxislash” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4324.
Ilmiy rahbar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Nurxon Xalimovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Nadjmitdinov Otabek Baxriddin o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson papilloma virusi infeksiyasi aniqlangan reproduktiv yoshdagi ayollarda pap-test natijalari va vaginal mikroflora spektrini kompleks tahlil qilish asosida integratsiyalangan erta tashxislash modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta reproduktiv yoshdagi IPV musbat ayollarda yuqori onkogen xavfli IPV 16 va IPV 18 genotiplarining bachadon bo‘yni sitologik o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi kompleks baholanib, IPV 16 — 60,0%, IPV 18 — 27,5% holatlarda, LSIL — 22,5% va HSIL — 8,8% holatlarda aniqlangan hamda genotiplar bilan displastik o‘zgarishlar og‘irligi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya (r=0,67; P<0,01) isbotlangan.
IPV musbat ayollarda vaginal mikrobiotsenoz o‘zgarishlari bilan bachadon bo‘yni sitologik shikastlanishlari og‘irligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanib, Lactobacillus spp. kamayishi yuqori onkogen xavfli IPV bilan (r=–0,64; P<0,01) va displaziya og‘irligi bilan (r=–0,71; P<0,001) teskari korrelyasiyada, Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ortishi esa o‘zaro kuchli musbat korrelyasiyada (r=+0,66; P<0,01) ekanligi aniqlangan;
IPV infeksiyasining persistensiyasi va bachadon bo‘yni displaziyasi xavfini baholovchi mikrobiologik fenotip aniqlanib, Lactobacillus spp. kamayishi hamda Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ortishi qo‘shimcha klinik-laborator xavf ko‘rsatkichlari sifatida asoslangan;
IPV genotipi, sitologiya va vaginal mikrobiotsenoz o‘zaro bog‘liqligi asosida «IPV–mikrobiom» modeli ishlab chiqilib, Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ko‘rsatkichlarining *Lactobacillus spp.*ga nisbatan vaginal disbioz indeksi (DI) taklif qilinib, DI>2,5 holatlarda yaqqol disbioz va patologik sitologik o‘zgarishlar xavfi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Reproduktiv yoshdagi ayollarda inson papilloma virusi infeksiyasini erta aniqlash, bachadon bo‘ynidagi sitologik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida baholash hamda vaginal mikrobiotsenoz holatini hisobga olgan holda tashxislash samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida:
Birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta reproduktiv yoshdagi IPV musbat ayollarda yuqori onkogen xavfli IPV 16 va IPV 18 genotiplarining bachadon bo‘yni sitologik o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi kompleks baholanib, IPV 16 — 60,0%, IPV 18 — 27,5% holatlarda, LSIL — 22,5% va HSIL — 8,8% holatlarda aniqlangan hamda genotiplar bilan displastik o‘zgarishlar og‘irligi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya (r=0,67; P<0,01) isbotlanganligi Toshkent viloyati Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi 13.11.2025 yildagi 4638-10-134-TB/2025 sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika «Ona va bola salomatligi» ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali 18.11.2025 yildagi 75-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 28 martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IPV 16 va IPV 18 yuqori onkogen genotiplari aniqlangan ayollarda Pap-test natijalarini kompleks baholash bachadon bo‘yni epiteliysidagi erta displastik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yuqori xavf guruhini shakllantirish va bemorlarni maqsadli dispanser kuzatuviga olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: IPV genotiplash va Pap-test natijalarini o‘zaro bog‘liq holda baholash yuqori xavf guruhidagi bemorlarni maqsadli ajratish imkonini berib, past xavfli bemorlarda asossiz takroriy laborator va invaziv tekshiruvlar sonini kamaytirishga xizmat qildi. Xulosa: IPV 16/18 genotiplarini PZR orqali aniqlash va Pap-test natijalari bilan birgalikda baholash bachadon bo‘ynidagi displastik jarayonlarni erta aniqlash va bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha saralashning ishonchli laborator mezoni ekanligi isbotlandi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: IPV musbat ayollarda vaginal mikrobiotsenoz o‘zgarishlari bilan bachadon bo‘yni sitologik shikastlanishlari og‘irligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanib, Lactobacillus spp. kamayishi yuqori onkogen xavfli IPV bilan (r=–0,64; P<0,01) va displaziya og‘irligi bilan (r=–0,71; P<0,001) teskari korrelyasiyada, Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ortishi esa o‘zaro kuchli musbat korrelyasiyada (r=+0,66; P<0,01) ekanligi aniqlanligi Ishlab chiqilgan integratsion yondashuv Toshkent viloyati Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi 13.11.2025 yildagi 4638-10-134-TB/2025 sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika «Ona va bola salomatligi» ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali 18.11.2025 yildagi 75-sonli buyruq bilan amaliyotda qo‘llanila boshlandi. Ijtimoiy samaradorligi: PZR, Pap-test va mikrobiologik tekshiruv natijalarini yagona algoritm asosida baholash bemorning virusologik, morfologik va mikrobiologik holati to‘g‘risida kompleks ma’lumot olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan integratsion tashxislash algoritmi molekulyar-genetik, sitologik va mikrobiologik tekshiruv natijalarini yagona diagnostik tizimda kompleks baholash orqali bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra differensial saralash imkonini berdi. Xulosa: molekulyar-genetik, sitologik va mikrobiologik ma’lumotlarni integratsiyalash IPV infeksiyasini izolyasiyalangan usullar bilan baholashga nisbatan klinik jihatdan axborotliroq bo‘lib, erta tashxislash va bemorlarni saralashning samarali algoritmini shakllantirdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: IPV infeksiyasining persistensiyasi va bachadon bo‘yni displaziyasi xavfini baholovchi mikrobiologik fenotip aniqlanib, Lactobacillus spp. kamayishi hamda Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ortishi qo‘shimcha klinik-laborator xavf ko‘rsatkichlari sifatida asoslandi. Ijtimoiy samaradorligi: IPV musbat reproduktiv yoshdagi ayollarda vaginal mikrobiotsenoz holatini kompleks baholash virus persistensiyasi bachadon bo‘yni epiteliysidagi sitologik o‘zgarishlarning rivojlanish xavfini prognozlash imkoniyatini kengaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: vaginal mikrobiotsenoz ko‘rsatkichlarini IPV infeksiyasining persistensiya xavfini baholovchi qo‘shimcha klinik-laborator mezon sifatida qo‘llash bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra differensial saralab berildi. Xulosa: IPV infeksiyasida Lactobacillus spp.ning kamayishi, Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ning ko‘payishi virus persistensiyasi va displastik jarayonlarning og‘irlashishi bilan bog‘liq muhim mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni kompleks tashxislash tizimida klinik-indikator sifatida qo‘llanildi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: IPV genotipi, sitologiya va vaginal mikrobiotsenoz o‘zaro bog‘liqligi asosida «IPV–mikrobiom» modeli ishlab chiqilib, Gardnerella vaginalis va Atopobium vaginae ko‘rsatkichlarining *Lactobacillus spp.*ga nisbatan vaginal disbioz indeksi (DI) taklif qilinib, DI>2,5 holatlarda yaqqol disbioz va patologik sitologik o‘zgarishlar xavfi yuqori ekanligi isbotlandi. Ijtimoiy samaradorligi: «IPV–mikrobiom» modeli va disbioz indeksini amaliyotda qo‘llash IPV musbat ayollarni xavf darajasi bo‘yicha stratifikatsiya qilish, sitologik o‘zgarishlar hali og‘ir darajaga etmagan bosqichda patologik jarayonning rivojlanish ehtimolini baholash va yuqori xavfli bemorlarni erta kol`poskopik nazoratga olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan xavf stratifikatsiyasi past xavfli bemorlarda qimmat va invaziv diagnostik muolajalarni asossiz qo‘llash ehtimolini kamaytirib, kol`poskopiya va biopsiya kabi tekshiruvlarni birinchi navbatda yuqori xavf guruhiga yo‘naltirish imkonini berdi. Xulosa: IPV genotipi, bachadon bo‘yni sitologiyasi va vaginal mikrobiota holatini yagona diagnostik modelda birlashtirish inson papilloma virusi infeksiyasining klinik kechishini kompleks baholash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish