Alimova Durdona Dilmuratovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda polipoz rinosinusitlarning tashxislash, davolash va kechishini prognozlashni takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.2.DSc/Tib837.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Aminjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Chaglar Batman, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya); Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Azimjon Mirzajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik, bakteriologik, patomorfologik, genetik va fenotipik omillarni o‘rganish asosida tashxislash va davolash algoritmlarni ishlab chiqish bilan bolalarda polipoz rinosinusitlarning tashxislash, davolash va kechishini prognozlashni yaxshilashdan iborai.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nafas yo‘llari shilliq qavatlarini himoya qilishning fundamental mexanizmlarini ilmiy asoslangan ochib berish natijasida zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida polipoz rinosinusit va uning shakllarini rivojlanish sabablari va mexanizmlari isbotlangan;
kompyuter tomografiyasida g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblash bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini berib, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, KTda g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblashning diagnostik o‘ziga xosligi 93,7%, sezgirlik - 95,0% va diagnostik samaradorligi - 94,4% isbotlangan;
bemorlarda PRSni g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab FESS usuli yordamida jarrohlik davolash uchun ilmiy yondashuv ishlab chiqilib, bunda jarrohlik vaqtida g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirish zarurligi isbotlangan;
inson organizmining individual immun xususiyatlarini va zararlangan burun yondosh bo‘shliqlarining mikroflorasini hisobga olgan holda rinosinusit assosiasiyasini shakllantirishning ilmiy mexanizmlari aniqlangan va residivlarni oldini olishning samarali usulini tanlashga differensial yondashuvning yuqori samaradorligi isbotlangan;
bolalarda polipoz rinosinusitda burun obstruksiyasi qaytalanishining oldini olishda leykotrien reseptorlari dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 16 apreldagi 16/04-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nafas yo‘llari shilliq qavatlarini himoya qilishning fundamental mexanizmlarini ilmiy asoslangan ochib berish natijasida zamonaviy tabiatshunoslik tushunchalari asosida polipoz rinosinusit, uning shakllarini rivojlanish sabablari va mexanizmlarini ochib berishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi 25.03.2024 yildagi 57-sonli buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.03.2024 yildagi 83-sonli buyrug‘i asosida bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: PRSning erta tashxisoti uchun taqdim etilgan usul tashxisot jarayonini optimallashtirish va kasallikning klinik-anamnestik, mikrobiologik, immunologik va patomorfologik xususiyatlarini sinchkovlik bilan qilingan tahliliga asoslangan davolash taktikasini tanlashga, tashxisotda invaziv usullarini zarururiyatini minimallashtirishga va bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: polipoz rinosinusitning fenotiplarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostik algoritmi bemorlarni davolashda ijobiy tibbiy nazoratni ta’minlaydi. Algoritmdan foydalanish polipoz rinosinusit bilan bemorlar sonini 70% dan 36,8% gacha kamaytirish imkonini bergan, bu esa diagnostik jarayon narxini 35% ga kamaytirdi va 52 bemorga yiliga 19 500 000 so‘m xarajatlarni tashkil qilgan. Xulosa: polipoz rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni diagnostikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm har bir bemor uchun 67 932 so‘mga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblash bilan kompyuter tomografiyasini o‘tkazish bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini bergan; olingan ma’lumotlarga ko‘ra, KTda g‘alvirsimon bo‘shliq maydonini hisoblashning diagnostik o‘ziga xosligi 93,7%, sezgirlik - 95,0% va diagnostik samaradorligi - 94,4%ni tashkil etgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 11.03.2024 yildagi 21 - I/CH-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.03.2024 yilning 26-sonli buyrug‘i asosida bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda PRSni erta tashxislash va oldini olish uchun tavsiya etilgan g‘alvirsimon labirint maydonini KT tekshiruvi yordamida hisoblash kasallikning takroriy epizodlari sonini kamaytirishi, bolalarda PRSning retsidiv kechishini tashxislash va aniqlashni yaxshilash, davolash muddatini qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 112 bemordan 106 tasida KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon labirint maydoni hisoblanib, davolash algoritmiga muvofiq davolash amalga oshirildi, bu esa kasallik epizodlarini takroriy rivojlanishini oldini olib, 1196280 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon labirint maydonini hisoblash joriy etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm har bir bemor uchun 67 932 so‘mga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda PRSni g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab FESS usuli yordamida jarrohlik davolash uchun ilmiy yondashuv ishlab chiqildi, bunda jarrohlik vaqtida g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.03.2024 yildagi 49 - I/CH-sonli buyrug‘i, OOO “HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE” tibbiyot markazi 05.03.2024 yilning 6-sonli buyrug‘i asosida bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: statsionar-poliklinika va ambulatoriya sharoitida bolalarda PRSni boshqarishning kompleks tizimini joriy etish, davolanishning barcha bosqichlarida uzluksizlikni ta’minlashga va ota-onalarning tibbiy yordamdan qoniqishini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 40ta bemorda KT tekshiruvi yordamida g‘alvirsimon bo‘shliqning maydoniga qarab, FESS usulida jarrohlik davolashda g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirildi, bu esa retsidivlar vaqtni uzaytirish yoki oldini olish va davolash kurslarini qisqartirib, 47851200 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda FESS usulida jarrohlik davolashda g‘alvirsimon bo‘shliq devorlarining bir qismini saqlab qolish orqali 3 tadan kam bo‘lmagan yirik kataklar shakllantirish har bir bemor uchun 1196280 so‘mga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: inson organizmining individual immun xususiyatlarini va zararlangan burun yondosh bo‘shliqlarining mikroflorasini hisobga olgan holda rinosinusit assotsiatsiyasini shakllantirishning ilmiy mexanizmlari aniqlanib, retsidivlarni oldini olishning samarali usulini tanlashga differensial yondashuv ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 04.03.2024 yildagi 49 - I/CH-sonli buyrug‘i, OOO “HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE” tibbiyot markazi 05.03.2024 yilning 6-sonli buyrug‘i asosida bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda PRSni erta tashxislash va oldini olish uchun tavsiya etilgan immunologik mezonlar kasallikning takroriy epizodlari sonini kamaytirishi, kasallikning retsidiv kechishini tashxislash va aniqlashni yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 68 bemordan 17tasida TNF-α rs1800629 genining G/A genotipi va TLR6 rs5743810 geni Pro/Pro genotipining assotsiatsiyalari bo‘lgan bolalar PRS retsidiviga olib keluvchi yuqori xavf guruhiga kiritilib, kasallikni prognozlash orqali bolalarda polipoz rinosinusitning rivojlanishini taxmin qilish imkonini berib, 20336760 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan kasallangan bolalarda TNF-α rs1800629 genining G/A genotipi va TLR6 rs5743810 geni Pro/Pro genotipining assotsiatsiyalari bo‘lgan bolalarda retsidiv kechishini o‘z vaqtida aniqlash va rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini berdi, bu esa har bir bemor uchun 1196280 so‘mga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bolalarda burun obstruksiyasining qaytalanishining oldini olishda leykotrien retseptorlari dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi 25.03.2024 yildagi 57-sonli buyrug‘i, Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.03.2024 yildagi 83-sonli buyrug‘i asosida bo‘limlari amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: PRS bilan kasallangan 40ta bemorda bolalarda PRSning qaytalanishining oldini olishda individual davo usullarini qo‘llashga yondashuv bolaning hayot sifatini yaxshilashi, kasallikning retsidiv shakllari sonini kamaytirishi, kasallikning prognozini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda PRSni jarrohlik usulida davolashdan keyin leykotrien retseptorlari blokatorlarini qo‘llash klinik belgilarni kamaytirish, retsidivlar sonini 3,2 barobarga qisqartirishga olib kelgan va bu 47851200 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: PRS bilan bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan so‘ng leykotrien retseptorlari blokatorlarini qo‘llash har bir bemor uchun 1196280 so‘mga budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish