Temirova Saodat Yorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gerpesvirusli infeksiya turli variantlarini shakllanishi va kechishining klinik-immunologik jihatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1PhD/Tib148.
Ilmiy rahbar: Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.30.08.2018.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nabiev Talat Abduvaxabovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gerpesvirusli infeksiya turli variantlari shakllanishi va kechishining klinik-immunologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gerpesvirusli infeksiya birlamchi aniqlanganda CD3, CD4, CD8, CD20 va IRI ko‘rsatkichlarning ishonarli kamayishi va IgA, IgM, IgG miqdorining keskin ortishiga bog‘liq immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor gerpesvirusli infeksiyada ayollarda – tuxumdon, endometriy, miometriy erkaklarda – prostata hamda umumiy – jigar, buyrak, o‘pka, to‘qima antigenlariga (TAG) nisbatan maxsus antigen bog‘lovchi limfotsitlar (ABL) ko‘rsatkichlarining ortishi aniqlangan;
kam va tez-tez qaytalanuvchi gerpesvirusli infeksiyada IL-4, IL-6 va IL-8 miqdorlari ortishi hamda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar (IL-6/IL-4, IL-8/IL-4) o‘zaro nisbati ko‘rsatkichi kamayishiga bog‘liq immunitet faoliyatining o‘zgarishi aniqlangan;
gerpesvirusli infeksiya turli ko‘rinishlarida immun tizim holati o‘zgarishlariga bog‘liq immun boshqaruv indeksi (CD4/CD8)ning kamayishi kasallik tez-tez qaytalanishining prediktori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gerpesvirusli infeksiya turli variantlari shakllanishi va kechishining klinik-immunologik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Immunologik ko‘rsatkichlarini qo‘llash asosida o‘tkir gerpesvirusli infeksiyalarning turli oqibatlarini erta bashorat qilish» nomli uslubiy tavsiyanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-r/126-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gerpesvirusli infeksiya turli variantlari shakllanishi va kechishida immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inidagi buzilishlarni erta aniqlash hamda o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
gerpesvirusli infeksiya turli variantlari shakllanishi va kechishining klinik-immunologik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi va «OPTIMED» MChJ klinikasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-d/153-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar gerpesvirusli infeksiya turli variantlari bilan kasallangan bemorlarda tashxislash va yangi immunokoregirlovchi davolash uslubini qo‘llash orqali kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.