Muxtorova Shaxzoda Ilhom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishining Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlariga ta’sirini prognozlash masalalari”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/Gr481.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Adenbaev Baxtiyor Emberganovich, geografiya fanlari doktori, professor; Egamberdieva Yulduz Xamroqul qizi, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlarining iqlimiy va meliorativ holatini baholash, SSP2-4.5 ssenariysi asosida 2021-2040 va 2041-2060-yillar uchun harorat va yog‘in sharoitining o‘zgarishini hamda mavsumiy trendni ekstrapolyasiya tahlili orqali asosiy iqlim parametrlarini prognozlash va kutiladigan o‘zgarishlarga moslashish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlari massivlar kesimida sizot suvlari minerallashuvi (3 g/l dan yuqori) va sathining (3 m dan sayoz) o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar ulushi hududiy farqlanishiga ta’siri baholanib, massivlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha beshta sinfga ajratilgan va o‘rta (1:500 000) masshtabli kartasi yaratilgan;
CMIP6 global iqlim modelining MIROC6, MPI-ESM1-2-HR va MRI-ESM2-0 iqlim modellarini va SSP2-4.5 ssenariysini o‘zaro taqqoslash hamda Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlariga moslashtirish asosida 2021-2040, 2041-2060-yillar prognoz davri uchun havo harorati va yog‘ingarchilik miqdori o‘zgarishi prognozi ishlab chiqilgan va o‘rta (1:500 000) masshtabli kartalari yaratilgan;
mavsumiy-indikatorli yondashuv va chiziqli trend ekstrapolyasiyasi usuli asosida Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlarida qish, bahor, yoz, kuz, vegetatsiya va novegetatsiya davrlari bo‘yicha 2021-2030, 2031-2040, 2041-2050 va 2051-2060-yillar uchun bosqichli iqlim prognozlari ishlab chiqilgan;
Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlarida 2060-yilga qadar ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarishi prognoz natijalari hamda o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar ulushi ko‘rsatkichi asosida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha hududiy tabaqalashgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlariga ta’sirini prognozlash masalalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlarining statistik-meliorativ ma’lumotlari asosida tuproq o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar ulushi ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan va ArcGIS Pro dasturida yaratilgan o‘rta (1:500 000) masshtabli kartasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Mirzacho‘l tumani ekin maydonlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 21-iyuldagi 05/06-02-676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash ishlarini takomillashtirish imkonini bergan;
CMIP6 iqlim modellari va SSP2-4.5 ssenariysi asosida ishlab chiqilgan 2021–2060-yillar uchun havo harorati, yog‘ingarchilik prognozlari va yaratilgan kartalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Mirzacho‘l tumani erlari uchun o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar ulushi ko‘rsatkichini oldindan baholash va sug‘orish texnologiyasini tanlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 21-iyuldagi 05/06-02-676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geografik obektlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va namoyish etish ishlarini takomillashtirish imkonini bergan;
mavsumiy-indikatorli yondashuv asosida Mirzacho‘l sug‘oriladigan erlari uchun ishlab chiqilgan mavsumlar bo‘yicha bosqichli iqlim prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida Mirzacho‘l tumani erlarida har bir mavsum uchun sug‘orish rejasi, ekin ekish grafigi va meliorativ ishlar jadvalini shakllantirishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 21-iyuldagi 05/06-02-676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er va suv resurslarini samarali boshqarish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
iqlim o‘zgarishi prognozlari hamda o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlar ulushi ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha hududiy tabaqalashgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida Mirzacho‘l tumanidagi sho‘rlanish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash hamda yuqori va past xavfli uchastkalarga mos ekin turlari jadvalini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 21-iyuldagi 05/06-02-676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish imkonini bergan.