Makulov Jasurbek Taxirjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Farg‘ona mintaqasida sel toshqinlarini tabiiy geografik jihatdan tadqiq etish va ularning profilaktikasi», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Gr424.
Ilmiy rahbar: Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharov Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11..
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Pirnazarov Ravshan Topvoldievich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Farg‘ona mintaqasida kuzatilgan sel toshqinlarini tabiiy geografik jihatlarini aniqlash va tabiiy ofatlar xavfiga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Farg‘ona mintaqasida tabiiy xavfli jarayonlar geografik tadqiq etilgan va landshaftlarning o‘zgarib borishida sel hodisalarining roli baholangan;
mintaqadagi sel hodisalarini shakllantiruvchi tabiiy geografik omillar, tasnifi va havzaviy xususiyatlari o‘rganilgan hamda hudud sel toshqinlarining intensivligi bo‘yicha rayonlashtirilgan;
sel toshqinlarining dinamik ko‘rsatkichlarini baholash orqali 2026-2030 yilllarga mo‘ljallangan prognozlar (sel chastotasining 5-7% ga oshishi) ishlab chiqilgan;
Shimoliy Farg‘ona mintaqasi sel toshqinlarini xavfi, tabiiy landshaftlarga ta’siri iqtisodiy-ijtimoiy va qishloq xo‘jaligi nuqtai nazardan baholangan, zamonaviy GAT texnologiyalari orqali turkum kartalari (1:200000 o‘rta masshtabli) (GATni qo‘llash orqali TML5, Laravel, CSS va Leaflet dasturlash platformalari kabi dasturlarda) yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Farg‘ona mintaqasida sel toshqinlarini tabiiy geografik jihatdan tadqiq etish va ularning profilaktikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Shimoliy Farg‘ona mintaqasida tabiiy xavfli jarayonlar geografik tadqiq etilgan va landshaftlarning o‘zgarib borishida sel hodisalarining roli baholangan va Shimoliy Farg‘ona mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida sel hodisalarining landshaftlarga ta’siri ilmiy asosda baholanib O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona mintaqasida vujudga kelgan landshaftlarning o‘zgarishi va tuproq degredatsiyasini bartaraf etish imkonini bergan;
mintaqadagi sel hodisalarini shakllantiruvchi tabiiy geografik omillar, tasnifi va havzaviy xususiyatlari o‘rganilgan hamda hudud sel toshqinlarining intensivligi bo‘yicha rayonlashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona mintaqasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar shimoliy Farg‘ona mintaqasida sel toshqinlarini intensivligi bo‘yicha 6 ta, shakllanishi bo‘yicha 2 ta, turlari bo‘yicha 3 ta rayonga ajratildi, landshaft va tuproq tiplariga ta’siri va himoyalanishga oid tezkor tahliliy ma’lumotlar olishga erishilgan;
sel toshqinlarining dinamik ko‘rsatkichlarini baholash orqali 2026-2030 yillarga mo‘jallangan prognozlar (sel chastotasining 5-7 foizga oshishi) ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sel toshqinlari xavfini tezkor kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona mintaqasi sel toshqinlarini xavfi, tabiiy landshaftlarga ta’siri iqtisodiy-ijtimoiy va qishloq xo‘jaligi nuqtai nazardan baholashga, zamonaviy GAT texnologiyalari orqali turkum kartalari (1:200000) o‘rta masshtabli (GATni qo‘llash orqali TML5, Laravel, CSS va Leaflet dasturlash platformalari kabi dasturlarda) yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 04-04/3-1-4131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Fargona mintaqasi sel toshqinlarini hududlarga havfini baholash hamda shu xavflarni shakllantiruvchi sel toshqinlarini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish