Abdurazakov Aziz Abdukaxarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona vodiysi daraxt va butalarining mikobiotasi (O‘zbekiston hududida)”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B433.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Yusufjon Shermatovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD 03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Haytbaeva Nodira Seytjanovna, qishloq xo‘jalik fanlar doktori, katta ilmiy xodim; Tojiboev Sharobiddin Jamolovich, biologiya fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida tarqalgan daraxt va butalar mikobiotasining tur tarkibi va taksonomik xilma-xilligini aniqlash, zamburug‘larning xo‘jayin o‘simliklar, balandlik mintaqalari va mavsumlar bo‘yicha tarqalish qonuniyatlarini ochib berish hamda ularning zamonaviy konspekti va GAT xaritalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fan uchun yangi 1 tur, O‘zbekiston mikobiotasi uchun yangi 17 tur hamda Farg‘ona vodiysi uchun yangi 22 tur zamburug‘ aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysida tarqalgan daraxt va butalar mikobiotasining GAT xaritalari tuzilgan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi daraxt va butalarida aniqlangan 251 tur zamburug‘ning zamonaviy konspekti tuzilgan;
zamburug‘larning 72 turi yangi xo‘jayin o‘simliklarda qayd etilgan hamda daraxt va butalarda uchraydigan zamburug‘ kasalliklari aniqlangan;
daraxt va butalar mikobiotasining o‘simlik oilalari va tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishi hamda mavsumiy rivojlanish qonuniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida tarqalgan daraxt va butalar mikobiotasini tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
daraxt va butalar zamburug‘larining mavsumiy rivojlanishi, o‘simlik oilalari hamda tik mintaqalar bo‘yicha tarqalishiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamkorligidagi xalqaro “GLOBAL AXBOROT MARKAZI”ga joriy etilgan (GBIF.uz, 2024-yil 5-martdagi 005-son guvohnoma). Natijada daraxt va butalarning holatini saqlab qolish, tabiiy landshaftlar va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishda zamburug‘ kasalliklariga chidamli daraxt hamda buta turlarini tanlash imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona vodiysi daraxt va butalarida uchraydigan zamburug‘larning 251 turiga mansub 623 tadan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli Toshkent mikologiya gerbariysi (TASM) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 25-yanvardagi 4/1255-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar respublika hududlarida daraxt va butalarda uchraydigan zamburug‘ kasalliklari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va monitoringni amalga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish